Maktablarning 8-sinf o’quvchilari uchun test savollari


Download 138 Kb.
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi138 Kb.
#1785498
  1   2
Bog'liq
8-sinf test baza


Maktablarning 8-sinf o’quvchilari uchun test savollari

1. Moddaga tegishli bo‘lgan xossalarni aniqlang. 1) zichlik; 2) yadro zaryadi; 3)elekron qavatlar; 4) qaynash va suyuqlanish temperaturalari; 5) izotoplar; 6)rang; 7) atom massa; 8) agregat holat


2, 3, 5, 7
1, 4, 8
3, 5, 7
#1, 4, 6, 8

2. Temir(II), temir(III), mis(II), ammoniy va alyuminiy xloridlari bo‘lgan beshta idishda eritmalar mavjud. Qaysi reaktiv yordamida ularni bir-biridan farqlash mumkin?


nitrat kislota
lakmus
sulfat kislota
# kaliy gidroksid

3. Elektronning yadroga qulashi natijasida qanday o‘zgarish kuzatiladi?


1) neytron protonga aylanadi; 2) proton neytronga aylanadi; 3) yadro zaryadi ortadi;
4) yadro zaryadi kamayadi.
1, 3
1, 4
2, 3
# 2, 4

4. Necha gramm glauber tuzidagi atomlar soni 63 g nitrat kislotadagi molekulalar soniga teng?


13,76
21,8
# 8,7
3,9

5. Alyuminiy ftoriddan alyuminiy yodidga o‘tganda galogenidlar turg‘unligining kamayishi qanday tushuntiriladi?


alyuminiy yodid va bromidlar bug‘ holatida ham dimer holatda bo‘ladi, ftoridi va xloridi esa monomer bo‘ladi
alyuminiy yodiddan alyuminiy ftoridga tomon galogenidlar molyar massasi kamayib boradi
#alyuminiy ftoriddan alyuminiy yodidga o‘tganda Al-gal oraliq masofasi ortib boradi
alyuminiy ftorid va xlorid kovalent bog‘li, bromid va yodid ion bog‘li xususiyatga ega

6. Azot(IV) oksid va alyuminiy gidroksid qanday (mol) nisbatda olinganda ulardagi kislorod atomlari soni 2:1 nisbatda bo‘ladi?


2:1
#3:1
1:1
4:1

7. Temir(III) gidroksofosfatdagi temir va fosfor atomlarining massa nisbati qanday?


2:1
1,5:1
#2,7:1
3,3:1

8. Vodorodning hajmiy ulushi 70% bo‘lgan, vodorod va kisloroddan iborat 110g aralashmadagi kislorod og‘irligini (g) hisoblang.


33
#96
77
14

9. 6,72 l (n.sh.) ammiakga qancha hajm (l, n.sh.) uglerod(IV) oksid qo‘shilganda aralashmadagi elektronlar yig‘indisi Avogadro sonidan 19,5 marta ko‘p bo‘ladi?


11,2
#16,8
20,16
13,44

10. 5,6L(n.sh.) ammiakga qancha hajm (l,n.sh.)kislorod qo‘shilganda aralashmadagi elektronlar yig‘indisi Avogadro sonidan 5,5 marta ko‘p bo‘ladi?


6,4
3,8
5,3
# 4,2

11. 22,4L (n.sh.) azotga necha gramm kislorod qo‘shilganda aralashmadagi elektronlar yig‘indisi Avogadro sonidan 22 marta ko‘p bo‘ladi?


32
7
11,2
#16

12. 700 g glauber tuzini eritib mo‘l miqdorda bariy nitrat qo‘shilganda 80% unum bilan 372,8 g cho‘kma ajratib olindi. Glauber tuzi tarkibidagi natriy sulfatning massa ulushini (%) aniqlang.


32,5
92
#40,6
59,4

13. Qaysi qatorda elementlarning ionlanish potensiali ortib boradi?


Mg; Ca; Sr; Be
#Gs; Rb; K; Na
He; Ne; Ar; Kr
Li; K; Na; H

14. Elementlarning qaysi xususiyatlari tartib raqami ortib borishi bilan to‘xtovsiz ortadi? 1) elektrmanfiylik; 2) atom massasi; 3) atom radiusi; 4) elektronlar soni; 5) ionlanish potensiali; 6) yadro zaryadi


1, 3, 5
2, 4, 6
# 4, 6
1, 5

15. D.I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalining IA guruhida yuqoridan pastga qarab tushganda quyidagi xususiyatlarning qaysilari susayib boradi?


1) elektrmanfiylik; 2)atom radiusi; 3) metallik xossasi; 4) yadro zaryadi; 5) ionlanish potensiali
1, 4, 5
#1, 5
2, 4
2, 3, 4

16. Sariq qon tuzidagi markaziy atomning oksidlanish darajasi va koordinatsion


son qiymatini aniqlang.
+3; 5
+3; 4
#+2; 6
+3; 6

17. Mis atomidagi s− va d− elektronlar sonini hisoblang.


# 7; 10
9; 10
8; 9
7; 11

18. Temir(III) ionidagi s− va d− elektronlar sonini hisoblang.


8; 3
8; 6
#6; 5
7; 8

19. Oltin atomidagi s− va d− elektronlar sonini hisoblang.


12; 29
# 11; 30
12; 30
11; 28

20. . . . ns pog‘onachadan (n − 1)d ga bitta elektron o‘tishi ro‘y beradi.


xrom, marganes va niobiyda
# mis, oltin va ruteniyda
molibden, kumush va palladiyda
texnetsiy, platina va kobaltda

21. Atomlarida elektron ko‘chish kuzatilmaydigan elementlar qatorini belgilang.


# texnetsiy, volfram
mis, niobiy
xrom, molibden
oltin, palladiy

21. Kaliy bromidning 363K dagi to‘yingan eritmasi 303K gacha sovutilganda, 120 g tuz cho‘kmaga tushgan bo‘lsa, ushbu to‘yingan eritmani (363K da) tayyorlash uchun zarur bo‘lgan kaliy bromid va suvning massasini(g) aniqlang. S(303K )=70; S(363K)=100


#400; 400
555; 245
380;630
450; 350

22. Azot(I), azot(II) va azot(IV) oksidlaridan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 20,9 ga teng. Agar aralashmadagi azot(II) oksidning hajmiy ulushi 20% bo‘lsa, undagi NO2 ning massa ulushini (%) hisoblang.


52,6
#33
30
14,4

23. 1 mol natriy bromid va kalsiy bromiddan iborat aralashmadagi brom ionini to‘la cho‘ktirish uchun 3,2 l 0,5 molyarli kumush nitrat eritmasi sarflandi. Bromidlar aralashmasining massa tarkibini (g) aniqlang.


61,8; 80
#41,2; 120
36,5; 80
51,5; 120

24. Silan va metandan iborat 11,2 l (n.sh.) gazlar aralashmasi yondirilganda 6 g qattiq modda ajraldi. Boshlang‘ich aralashmadagi metanning hajmiy ulushini (%) aniqlang.


20
60
#80
40

25. Kaliy xlorid, kaliy nitrat va kaliy permanganatdan iborat 86,9 g aralashma qizdirilganda 6,72 l (n.sh.) gaz, shuncha miqdordagi aralashmaga konsentrlangan xlorid kislota qo‘shilganda 11,2 l (n.sh.) gaz ajralsa, ushbu aralashmadagi kaliy ionining miqdorini (mol) aniqlang.


1,2
1,0
0, 6
#0,8

26. Kaliy permanganat termik parchalanishidan olingan kislorod ozonga aylantirildi va kaliy yodid eritmasi orqali o‘tkazilganda 50,8 g yod olindi. Reaksiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlarida unum 40%, uchinchisida esa 50% bo‘lsa, reaksiya uchun olingan kaliy permanganate miqdorini (mol) aniqlang.


0,6
#7,5
1,0
5,6

27. Tarkibida 0,73% xlorid kislota va 0,272% rux xlorid bo‘lgan 50g eritmaga tegishli miqdorda (mol) rux karbonat qo‘shilganda eritmadagi rux xloridning miqdori (mol) ikki marta ko‘paygan bo‘lsa, hosil bo‘lgan eritmadagi xlorid kislota miqdorini (mol) aniqlang.


#0,008
0,009
0,01
0,001

28.Faqat kuchli elektrolitlar keltirilgan qatorini tanlang.


osh tuzi, shakar, potash
glyukoza, maltoza, sulfat kislota
# ichimlik sodasi, osh tuzi, mis kuporosi
suv, osh tuzi, soda

29. Kalsiy karbonat suspenziyasi orqali yetarli miqdorda uglerod(IV) oksid uzoq vaqt davomida o‘tkazilganda, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi qanday o‘zgaradi?


o‘zgarmaydi
kamayadi
#ortadi
avval kamayadi, so‘ng ortadi

30. Qaysi moddalar jufti suvli eritmada birgalikda ion holida mavjud bo‘la oladi (gidroliz hisobga olinmasin)?


bariy xlorid; natriy sulfat
#kaliy ftorid; kumush nitrat
kumush nitrat; kaliy fosfat
kalsiy xlorid; kaliy fosfat

31. Molyarligi bir xil bo‘lgan qaysi kislota eritmasida ionlar miqdori (mol) kam bo‘ladi?


Sulfat kislota
Xlorid kislota
Perxlorat kislota
#Sulfid kislota

32. Quyidagi moddalardan qaysilari ionlarga dissotsialanmaydi?


1) rux gidroksid; 2) stronsiy nitrat; 3) mis(II)sulfat; 4) ammoniy xlorid; 5) kalsiy karbonat; 6) kaliy sulfid
1,4
2,4
#1,5
3,6

33. 1 mol elektrolit dissotsialanishidan hosil bo‘lgan ionlar miqdori (mol) ortib borishi tartibida joylashgan elektrolitlar qatorini tanlang(α=100%).


kaliy sulfat; mis(II) sulfat; alyuminiy sulfat
#natriy xlorid; kalsiy xlorid; alyuminiy xlorid
bariy nitrat; litiy nitrat; alyuminiy nitrat
natriy karbonat; kaliy karbonat; litiy karbonat

34. Natriy fosfat eritmasida 960 ta ion mavjud bo‘lsa, eritmadagi dissotsialanmagan natriy fosfat molekulalari sonini hisoblang (α =80%).


768
#60
300
240

35. Alyuminiy xlorid eritmasida 600 ta ion mavjud bo‘lsa, eritmadagi dissotsialanmagan alyuminiy xlorid molekulalari sonini hisoblang (α =75%).


200
800
150
#50

36. Alyuminiy sulfat eritmasida dissotsialanmagan molekulalar soni 50 ta bo‘lsa, eritmadagi ionlar sonini hisoblang (α =75%).


150
#750
75
200

37. Kalsiy xlorid eritmasida dissotsialanmagan molekulalar soni 60 ta bo‘lsa, eritmadagi xlor ionlari sonini hisoblang (α =90%).


540
1620
#1080
1200

38. Alyuminiy sulfat eritmasida dissotsialanmagan molekulalar soni 40 ta bo‘lsa, eritmadagi sulfat ionlari sonini hisoblang (α =80%).


160
800
320
#480

39. 0,25 molyarli 0,2 l ammoniy gidroksid eritmasidagi ammoniy ionining miqdorini (mol) hisoblang (α =2%).


0,2
0,05
0,001
0,025

40. Bir xil konsentratsiyali (mol/l) qaysi birikma(lar) eritmasida ionlar miqdori (mol) kam bo‘ladi? 1) Xlorid kislota; 2) nitrate kisota; 3) nitrit kislota; 4) sianid kislota


2
1, 2
# 3, 4
3

41. Tarkibida bir mol kalsiy gidroksid bo‘lgan eritma orqali 22,4 l (n.sh.) uglerod(IV) oksid o‘tkazilganda, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi qanday o‘zgaradi?


o‘zgarmaydi
# kamayadi
ortadi
avval kamayadi, so‘ng ortadi

42. 2,61 g qalay(IV) xlorid gidrolizidan olingan qalay(IV)oksidni K2[Sn(OH)6] holatga o‘tkazish uchun necha gramm 20%-li kaliy gidroksid eritmasi zarur bo‘ladi?


1,12
#5,6
3,2
11,2

43. Titan(II) oksid va xlorid kislota o‘zaro ta’sirlashuvida 2,24 l (n.sh.) vodorod ajralib, eritma binafsha rangga o‘tgan bo‘lsa, reaksiya uchun olingan titan(II) oksidining massasini (g) hisoblang.


18,5
#12,8
6,4
19,2

44. 100 g 36% li xlorid kislotaning 47,8 g qo‘rg‘oshin(IV) oksid bilan reaksiyasida ajralgan gazning hajmini (l, n.sh.) hisoblang.


2,24
# 4,48
8,96
6,72

45. 2 l 0,005 mol/l li natriy tiosulfat va yetarli miqdorda olingan suyultirilgan sulfat kislota aralashtirildi. Reaksiyada hosil bo‘lgan (ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng) gaz va cho‘kmaning massasini (g) hisoblang.


1,28; 3,2
0,32; 0,16
#0,64; 0,32
0,80; 0,32

46. 49 g bertolle tuzini (katalizatorsiz) yuqori temperaturada qizdirish natijasida olingan mahsulotdan kaliy xlorid ajratib olindi. Mahsulotning qolgan qismiga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir etganda hosil bo‘lgan (havoda tutaydigan) suyuq moddaning massasini (g) toping.


40,2
60,3
#30,15
58,3

47. Qaysi tuzlar faqat kation bo‘yicha gidrolizga uchraydi?


kalsiy karbonat; magniy xlorid
natriy atsetat; alyuminiy xlorid
#ammoniy xlorid; rux nitrat
bariy nitrat; kaliy sulfat

48. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3)kalsiy xlorid; 4)litiy sulfat; 5)natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid


#2, 3, 4
1, 5, 6
1, 3, 5
2, 4, 6

49. Faqat anion bo‘yicha gidrolizga uchraydigan tuzlarni aniqlang.


1) alyuminiy nitrat; 2) ammoniy karbonat; 3) litiy nitrat; 4) seziy sulfat; 5) natriy sianid; 6) kaliy sulfid
1, 3
2, 4, 5
1, 3, 6
#5, 6

50. Qaysi tuzning 0,01 molyarli eritmasida vodorod ionning konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi?


Natriy sulfat
Natriy xlorid
Natriy sulfit
#Rux xlorid

51. Ammoniy gidroksid eritmasining vodorod ko‘rsatkichi (pH ) 11 ga teng bo‘lgan 500 ml eritmasidagi ammoniy gidroksid massasini (g) hisoblang (α =5%).


0,224
0,70
#0,35
0,17

52. Xlorid kislota eritmasining vodorod ko‘rsatkichi(pH ) 3 ga teng bo‘lsa, 1L eritmada eritilgan vodorod xloridning hajmini (l. n.sh.) hisoblang (α =0,1%).


1,12
11,2
# 22,4
5,6

53. Nitrit kislota eritmasining vodorod ko‘rsatkichi pH=2 ga teng bo‘lsa, 80ml eritmadagi kislotaning umumiy massasini (g) hisoblang (α =0,2%).


#18,8
37,6
9,4
6,3

54. Sirka kislota eritmasining vodorod ko‘rsatkichi pH=3 ga teng bo‘lsa, 200ml eritmadagi kislotaning umumiy massasini (g) aniqlang (α =2%).


0,8
1,6
1,2
#0,6

55. 20˚C da tezliklari teng, koeffitsientlari 3 va 4 bo’lgan ikkita reaktsiya temperaturasi 50˚C gacha ko’tarilganda ushbu reaktsiyalar tezliklari necha marta farq qiladi?


#2,37
1,33
1,78
11,4

56. Reaktsiyaning tezligini 32 marta oshirish uchun temperaturani 30˚C dan necha ˚C ga ko’tarish kerak (γ= 2)?


60
70
#80
90

57. Reaktsiyaning tezligini 243 marta oshirish uchun temperaturani necha ˚C ga ko’tarish kerak (γ = 3)?


40
60
80
# 50

58. Boshlang’ich temperaturada reaktsiya 15 minut davomida tugaydi. SHu reaktsiya temperaturasi 40˚C gacha oshirilganda 100 sekund davomida tugaydi. Boshlang’ich temperaturani (˚ aniklang (γ = 3).


10
15
#20
30

59. Reaktsiyaning tezligini 64 marta oshirish uchun temperaturani kanchaga (˚ ko’tarish kerak (γ = 2)?


30
#60
20
70

60. 50˚C da ikkita reaktsiyaning tezligi bir xil bo’lib, ularning biri uchun temperatura koeffitsienti 2ga, ikkinchisi uchun esa 4ga teng. Qanday temperaturada (˚ ularning tezliklari 16 marta farq qiladi?


70
#90
80
60

61. Hajmi 5 L bo‘lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 0,25 minut davomida


moddaning miqdori 8,4 moldan 5,9 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligini (mol/(l· sek)) hisoblang.
2
#0,033
10
0,167

62. 40˚C da ikkita reaksiyaning tezligi bir xil bo‘lib, ularning biri uchun temperatura koeffitsiyenti 2 ga, ikkinchisi uchun esa 4 ga teng. Qanday temperaturada (˚ ularning tezliklari sakkiz marta farq qiladi?


#70
50
80
60

63. Hajmi 4L bo‘lgan idish 6 mol A gaz bilan to‘ldirildi. 30 sekund dan so‘ng idishda A gazdan 3 mol qoldi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini (mol/l·min) aniqlang.


0,025
0,75
#1,5
0,1

64. Reaksiya 20˚C da 13,5 minutda tugadi. Reaksiyani 90 sekundda tugatish uchun


temperaturani necha gradusgacha ko‘tarish kerak(γ = 3)?
30
50
70
#40

65. Reaksiyaning tezligini 81 marta oshirish uchun temperaturani 80˚C dan necha gradusgacha ko‘tarish kerak (γ = 3)?


80
100
#120
160

66. Hajmi 10L bo‘lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 1,35 minut davomida moddaning miqdori 12,4 moldan 3,7 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligini (mol/(l*sek)) hisoblang.


0,64
# 0,01
6,44
0,10

67. Boshlang‘ich temperaturada reaksiya 2430 sekund davomida tugaydi. Shu reaksiya temperaturasi 80˚C gacha oshirilganda, 30 sekund davomida tugaydi. Boshlang’ich temperaturani (˚ aniqlang (γ = 3).


50
#40
20
30

68. Reaksiyaning tezligini 1024 marta oshirish uchun temperaturani necha ˚C ga ko‘tarish kerak (γ = 4)?


40
60
80
#50

69. Boshlang‘ich temperaturada reaksiya 13 minut 20 sekund davomida tugaydi. Shu reaksiya temperaturasi 70˚C gacha oshirilganda, 100 sekund davomida tugaydi. Boshlang’ich temperaturani (˚ aniqlang (γ = 2).


50
#40
20
30

70. Hajmi 6L bo‘lgan idish 9 mol gaz bilan to‘ldirildi. 0,5 minutdan so‘ng idishda shu


gazdan 6 mol qoldi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini (mol/l·sek) aniqlang.
1/2
1
#1/60
1/40

71. Hajmi 10L bo‘lgan idish 12 mol gaz bilan to‘ldirildi. 1,5 minutdan so‘ng idishda shu gazdan 9 mol qoldi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini (mol/l·sek) aniqlang.


1/5
#1/300
1/90
1/3

72. Temperatura koeffitsiyentlari 5/3 va 7/3 bo‘lgan ikkita reaksiyaning 59˚C dagi tezligi bir xil. Temperatura 79˚C gacha ko‘tarilganda, ikkinchi reaksiya tezligi birinchi reaksiya tezligidan necha marta katta bo‘ladi?


1,24
0,51
1,58
#1,96

73. Boshlang‘ich temperaturada reaksiya 18 minutda tugaydi. Temperatura 87˚C gacha oshirilganda reaksiya 2,25 minutda tugasa, boshlang‘ich temperaturani (˚ aniqlang (γ =2).


37
47
#57
67

74. Sistemaning temperaturasi 10˚C ga ko‘tarilganda reaksiya tezligi 4 marta oshdi. Agar temperaturani 132˚C dan 92˚C ga tushirsak reaksiya tezligi necha marta kamayadi?


# 256
128
81
243

75. A+B↔C+D sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 4, 3, 2, 6 ga teng. Sistemaga B moddadan 1 mol qo‘shilgandan keyin, B va D moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang (reaksiya hajmi 1 l bo‘lgan idishda olib borildi).


2,75; 2,25
4,75; 6,75
5,25; 7,75
#3,75; 6,25

76. A+B↔C+D sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 4, 3, 2, 6 ga teng. Sistemaga B moddadan 1 mol qo‘shilgandan keyin, A va C moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang (reaksiya hajmi 1 l bo‘lgan idishda olib borildi).


2,75; 2,25
#3,75; 2,25
5,25; 7,75
3,75; 6,25

77. Geliyga nisbatan zichligi 12 bo‘lgan oltingugurt(IV) oksid va kisloroddan iborat


4mol aralashma hajmi 10L idishda reaksiyaga kirishdi. Kislorodning 25% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topsa, kimyoviy muvozanat konstantasini hisoblang.
#6,67
15
13,3
40

78. Geliyga nisbatan zichligi 7,75 bo‘lgan azot(II) oksidi va kisloroddan iborat 4 mol aralashma hajmi 10 l idishda reaksiyaga kirishdi. Kislorodning 30% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topsa, kimyoviy muvozanat konstantasini hisoblang.


13,3
6,67
#16
2,4

79. Vodorodga nisbatan zichligi 27,5 bo‘lgan oltingugurt(IV) va azot(IV) oksidlaridan iborat 8 mol aralashma hajmi 10L idishda reaksiyaga kirishib oltingugurt(VI) va azot(II)oksidlari hosil bo‘ldi. Azot(IV)oksidning 25% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topsa, kimyoviy muvozanat konstantasini hisoblang.


0,24
0,48
#0,11
0,68

80. Geliyga nisbatan zichligi 7,7 bo‘lgan azot(II)oksidi va kisloroddan iborat 4 mol aralashma hajmi 5L idishda reaksiyaga kirishdi. Kislorodning 50% reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topsa, kimyoviy muvozanat konstantasini hisoblang.


50
12,5
#25
5,6

81. 2,24 l (n.sh.) vodorod sulfid kaliy permanganat bilan sulfat kislota ishtirokida oltingugurt(IV) oksidgacha oksidlandi. Reaksiyada qatnashgan kaliy permanganat va sulfat kislota miqdorini (mol) hisoblang.


18,96; 17,64
0,1; 0,6
0,6; 0,9
# 0,12; 0,18

82. Oltin shoh arog‘i bilan oksidlanganda 30,35 g oltin(III) xlorid hosil bo‘ldi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan azot(II) oksidning hajmini (l, n.sh.) toping.


#2,24
4,48
3,36
6,72

83. Oltin shoh arog‘ida eritilganda 3,36 l (n.sh.) azot(II) oksid hosil bo‘lgan. Reaksiya natijasida olingan oltin(III) xloridning massasini (g) hisoblang.


59,2
64,3
#45,5
48,4

84. Kaliy yodid sulfat kislota ishtirokida natriy peroksid bilan reaksiyaga kirishganda 7,62 g kristall modda ajraldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang.


#2,34
3,18
1,02
3,74

85. Kaliy permanganatning sulfat kislota ishtirokidagi natriy peroksid bilan reaksiyasida 5,6 l (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiya natijasida qaytarilgan moddaning massasini (g) hisoblang.


24,2
#15,1
62,4
50,6

86. Ishqoriy sharoitda oltin(III)xlorid vodorod peroksid bilan reaksiyaga kirishganda 13,44 l (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiyada hosil bo‘lgan oltinning miqdorini (g) hisoblang.


128
85,3
76,6
#78,8

87. Oltin(III) xlorid natriy gidroksid ishtirokida vodorod peroksid bilan reaksiyaga kirishganda 98,5 g oltin hosil bo‘ldi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan gazning massasini (g) hisoblang.


6,72
19,6
# 24
17,3

88. 5%-li 204 g vodorod peroksid eritmasining ishqoriy sharoitda oltin(III) xlorid bilan reaksiyasida hosil bo‘lgan oltinning massasini (g) hisoblang.


35,6
32
#39,4
21

89. Kaliy permanganat sulfat kislota ishtirokida natriy oksalat bilan reaksiyaga kirishganda 22g karbonat angidrid hosil bo‘ldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang.


5,7
#15,8
3,16
1,96

90. 10,2 g vodorod peroksidni neytral sharoitda kislorodgacha oksidlash uchun zarur bo‘lgan kaliy permanganatning massasini (g) hisoblang.


#31,6
94,8
23,7
47,4

91. Kadmiy sulfatning 16%-li 500 g eritmasiga og‘irligi 20 g bo‘lgan rux plastinka tushirildi. Bir oz vaqtdan so‘ng plastinkani eritmadan chiqarib, quritilib tortilganda uning massasi 21,88 g ni tashkil qildi. Plastinkadagi ruxning massa ulushini (%) aniqlang.


20,5
91,4
29,4
#79,5

92. Kislotali sharoitda (sulfat kisot yetarli miqdorda olingan kaliy bixromatning 1200 g 8,3%-li kaliy yodid eritmasi bilan reaksiyaga kirishishi natijasida erkin yod ajraldi. Ushbu yodni to‘la eritish uchun 800 g kaliy yodid eritmasi sarflandi. Hosil bo‘lgan eritmadagi kaliy triyodidning massa ulushini (%) aniqlang.


15,7
16
8,7
#14,4

93. 160 ml 11,9%-li kumush nitrat eritmasiga (ρ =1,25 g/ml) massasi 10 g bo‘lgan mis plastinka tushirildi. Plastinkaning massasi 17,6 g bo‘lganda eritmadan chiqarib olindi. Eritmada qolgan kumush nitratning massasini (g) aniqlang.


15,2
17
17,6
#6,8

94. 200 ml 0,5 molyarli kumush nitrat eritmasiga og‘irligi 10 g bo‘lgan mis plastinka tushirildi. Ma’lum vaqtdan so‘ng eritmadagi kumush nitratning massasi 2 marta kamaygan bo‘lsa, plastinka massasi qanday o‘zgargan?


3,8 g.ga kamaygan
7,6 g.ga kamaygan
#3,8 g.ga ortgan
7,6 g.ga ortgan

95. 300 g 10,4%-li kadmiy sulfat eritmasiga 10 g rux plastinka tushirildi. Bir oz vaqtdan so’ng plastinkaning massasi 14,7 g ni tashkil qilsa, undagi ruxning massa ulushini (%) aniqlang.


#23,8
35,6
44,2
11,2

96. 400 g 15,6%-li kadmiy sulfat eritmasiga rux plastinka tushirildi. Plastinka massasi 9,4 g ga ortganda chiqarib olingan bo‘lsa, eritmada qolgan kadmiy sulfatning massasini (g) aniqlang.


62,4
32,2
41,6
#20,8

97. N a va Ca dan iborat 0,3 mol aralashma suv bilan ta’sirlashganda 4,48 l (n.sh.) gaz ajralgan. Eritmadagi NaOH massasini (g) aniqlang.


# 8
2
4,6
6

98. Mis kuporosi va kristall soda aralashmasi tarkibida 41,4% suv bo‘lsa, aralashma


tarkibidagi sulfat ionining massa ulushini (%) hisoblang.
80
#30,7
20
51,2

99. Magniy va magniy fosfiddan iborat 0,4 mol aralashmaga mo‘l miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirilganda 11,2 l (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Boshlang‘ich aralashmadagi magniy fosfidning massasini (g) aniqlang.


4,8
26,8
7,2
#13,4

100. 5,75 g ishqoriy metall suvda eritilganda 2,8 l (n.sh.) gaz ajralib 20% li eritma hosil bo‘lsa, reaksiya uchun necha gramm suv olingan?


#44,5
40
54,5
50


Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling