Malaka amaliyoti


-rasm. Ko’chmas mulkka oid ekspertizalarning asosiy turlari.10


Download 380.34 Kb.
bet13/15
Sana23.06.2023
Hajmi380.34 Kb.
#1651684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BBI-50 Abduqosimova Gulnoza - Hisobot

1-rasm. Ko’chmas mulkka oid ekspertizalarning asosiy turlari.10
Ekspertizaning turini ko’rib chiqishda iqtisodiy konyukturaning o’zgarishi mos ravishda tanlanishi va xo’jalik faoliyatining natijalari yomonlashuvi ham hisobga olinishi kerak.


7. Baholovchi tashkiloti tomonidan biznes reja tuzish amaliyoti
Biznes reja - bu aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha hisoblanadi. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari o’z aksini topadi. Biznes reja o’z tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 bo’limdan iborat asosiy qismga bo’linadi.
Biznes rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi:

  • loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar;

  • bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari;

  • ehtimoli bo’lgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi to’g’risida axborot beriladi);

  • marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yo’l bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni rag’batlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar);

  • mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar);

  • umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish;

  • loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja;

  • loyiha bo’yicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari ko’rsatilgan moliya rejasi;

  • loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar).

Biznes rejani ishlab chiqishda tadbirkorning o’zi ("birinchi rahbar"), firma (xo’jalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar ko’rigidan o’tkaziladi va olingan xulosalarga tayanib biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.11
Biznes-rejalarning quyidagi o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari mavjud:

  • o’zaro bog’liqlik munosabatlari bo’yicha: bunda ikkita mustaqil biznes-reja qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi va ulardan muqobil hamda yuqori daromad keltiradigani tanlab olinadi;12

  • kutilayotgan daromad bo’yicha: xarajatlarni qisqartirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va texnologiyalarni yangilash hisobiga qo’shimcha daromad olish, bozorda munosib o’ringa ega bo’lish, biznesning yangi sohalarini o’zlashtirish, ijtimoiy samara va sifatga erishish;

  • tashkiliy ishlar bo’yicha: aniq maqsadni belgilash, bozorni tadqiq yetish va yuqori imkoniyatga ega loyihalar asosida rivojlanish yo’nalishlarini ishlab chiqish.

Biznes-rejaning tarkibiy qismi:

  1. Biznes tavsifi.

  2. Biznes maqsadi.

  3. Biznesning yuridik maqomi.

  4. Ishlab chiqarish jarayonining tavsifi.

  5. Marketing yondashuvi.

  6. Moliyalashtirish rejasi.

  7. Xodimlar bilan ishlash rejasi.

  8. Ish rejasi (grafigi).

  9. Xulosa.

  1. Biznes tavsifi:

O’z biznes g’oyangizni yozing. Siz tomondan taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat turi haqida ma’lumot bering. Fikrlaringizni aniq ma’lumotlar asosida bayon qiling.

  1. Biznesning maqsadi quyidagi savollarga javob berishdan iborat:

  • Biz kimning talablarini qondirishga urinyapmiz?

  • Biz mijozlarimizning qaysi extiyojlarini qondirmoqchimiz?

  • Biz ushbu talablarni qanday qondiramiz?

  1. Biznesning yuridik maqomi:

  • Qaysi shaklda biznesingizni ro’yxatdan o’tkazasiz? Misol uchun, “mas’uliyati cheklangan jamiyat”, “oilaviy tadbirkor”, “yakka tartibdagi tadbirkor”.

  • Ushbu huquqiy maqomni tanlashingizni sababi nimada?

  1. Ishlab chiqarish jarayoning tavsifi:

  • Siz nima ishlab chiqarasiz yo qanday xizmat ko’rsatasiz?

  • Ushbu jarayon qanday amalga oshadi?

  • Ishlab chiqarishning (xizmatingizning) har bir bosqichini qisqacha bayon qiling.

5. Marketing:
- Siz qanday maxsulot ishlab chiqarasiz?
- Uning o’ziga xos xususiyatlari?
- Biznesdagi muhim hamkorlar kimlar, qaysi doiradan?
- Bozordagi ulushingiz qanday bo’ladi?
- Narx qo’yish qaysi tizimga asoslangan?
- Sotish kanali
- Qanday reklamadan foydalanasiz?
- Mijozlarga qanday qo’shimcha xizmat ko’rsatish turlarini taklif etasiz?
- Raqobatchilar tahlili
- O’z ishingizni boshlash uchun kerak bo’ladigan kapital.
6. Moliyalashtirish rejasi:
- Sotuvdan tushgan tushum hajmi qancha?
- Moliyaviy natijalar hisobi.
7. Xodimlar:
Biznesni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbar xodim boshqarishning ba’zi tamoyillarini bilishi kerak. Ko’p sohalarda biznes muvaffaqiyati xodimlarga bog’liq. Korxonada o’z ishi va sharoitidan qoniqadigan ishchilar faoliyat ko’rsatishlari kerak.
8. Ish reja
9. Xulosa.
Biznes - reja tadbirkor uchun go’yo bir ish qurolidir, aniqrog’i, kompasdir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o’z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ishning daromaddorligini qay tariqa oshirish mumkinligini ko’rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja firmaga: o’sib borishga, bozorda yangi mavqelarni qo’lga kiritishga, o’z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga, yangi mo’ljallangan amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi.
Biznes-reja quyidagi o’ta dolzarb vazifalarni yechish uchun ham zarurdir:

  • mavjud va yangitdan tashkil topadigan xususiy va aktsiyador firmalarga kredit olish uchun;

  • davlat korhonalarni xususiylashtirish bo’yicha takliflarni asoslash uchun;

  • yangi faoliyatni boshlash va firmaning bo’lg’usi yo’nalishni aniqlash uchun;

  • chetdan investorlarni jalb qilish uchun;

  • qo’shma korhonalarni tashkil qilish uchun;

  • buyurtmachi yoki xaridor bilan yirik shartnomani tuzish uchun;

  • yangi malakali xodimlarni o’z firmangizga jalb qilish uchun;

  • tovaringizni yoki xizmat turlarini chetga chiqarishni asoslash va hokazolar
    uchun.



Download 380.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling