Malaka ishi Мавзу: “Ingliz tilini òrgatishda tinglab tushunish metodikasini qòllash


Download 58.79 Kb.
bet1/3
Sana22.07.2020
Hajmi58.79 Kb.
#124458
  1   2   3
Bog'liq
barchinoy


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ХАLQ ТА’LIMI VAZIRLIGI

ТОSHKENT VILOYATI ХАLQ TA’LIMI ХОDIMLARINI QAYTА ТАYYORLASH VА ULARNING МALAKASINI ОSHIRISH

HUDUDIY МАRKAZI ―АМАLIY FANLARI VA МАКTABDAN ТАSHQARI TA’LIM МЕTODIKASI КАFEDRASI МАLАКА ISHI

Malaka ishi

Мавзу: Ingliz tilini òrgatishda tinglab tushunish metodikasini qòllash.

Тinglovchi: Radjapova Barchinoy Baxodirovna

Guruhi: Ingliz tili 5 guruh

Ish joyi: Toshkent viloyati Bekobod shaxar 5-maktab.

Telefoni


Таqrizchi:

Каfedra mudiri: S K Djumayeva

Guruh rahbari: S Islamova

Тошкент 2020



Annotatsiya

Mazkur malaka ishida umumta’limiy kompetensiyalarning turlari, funksiyalari, komponentlari va tashkiliy tuzilmasi yoritib berilgan. Shuningdek, umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalashtirishning konseptual asoslariga tayangan holda ularni aniqlashtirishning bosqichlari ochib berilgan.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim jamiyatning ma’naviy hayoti va iqtisodiyotini

rivojlantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror va izchil o‘sishi kadrlarning raqobatbardoshligi bilan bog‘liq. Faqat sifatli amalga oshirilgan ta’lim mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashini ta’minlay oladi. Bugungi globallashuv jarayoni, rivojlanish darajasidan qat’i nazar, dunyoning barcha mamlakatlariga birdek ta’sir etmoqda. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz esa ushbu raqobat kurashini yanada keskinlashtiradi. Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining izchil hayotga tatbiq qilinishi natijasida yoshlarimizning jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishi, dunyodagi o‘z tengdoshlari bilan bellasha olish imkoniyatini yaratdi.

Malaka ishida uzluksiz ta’lim tizimida chet tilini o‘qitish jarayoni va ta’lim mazmunini modernizatsiyalash sharoitida o‘quvchi va talabalarning o‘quv materiallarini to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash natijasida ta’limning sifat va samaradorligini oshirishning asosiy vazifalari hamda ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ushbu malaka ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, asosiy qismi kichik bo’limlarga bo’linadi. Malaka ishimda keltirilgan xulosa va fikrlar ingliz tili o’qitish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi degan umiddaman.

Mundarija

KIRISH ASOSIY QISM

1 Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi

2 .Ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatish.. a. Ingliz tilini tinglab tushunishdagi qiyinchiliklarb.

b. Ingliz tilinda tinglab tushunishni tez o’rganish uchun 5 metod

3. O'qituvchilarning qarashlari orqali yosh o'quvchilarni tinglashni o'rganishdagi qiyinchiliklar

XULOSA ADABIYOTLAR RO’YXATI

3

Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi qilib hozirgi kunda xorijiy tillarni o’qitish metodikasi eng muhim omillardan biridir. Bu masala Respublika Xalq Ta’limi Vazirligining markazida turibdi. Umumta’lim maktablarining o’quvchilarini tarbiyalashda va ularni xorijiy tillarini mukammal bilishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Mutaxassislar xorijiy tillarni o'qitish sohasida ulkan ishlarni bajarmoqdalar. Barcha sinflar uchun o’quv dasturlari yaratildi. Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’quvchilarda namoyon qilish maqsadida pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Xorijiy tillarni o’qitish jarayoni aniq spetsifikani talab qiladi. Til o’rganish materiali ma’lum bir jarayonni o’zida aks ettiruvchi jarayon hisoblanadi. O’quvchilar amaliy tarzda bilim va ko’nikmalarni mustaqil amaliyotda qo’llay boshlashlarini rivojlantirish talab etadi.



Darsda o’qituvchi turli metodik yondashish bilan o’quvchida Bilim- Malaka- Ko’nikmalarni rivojlantirishini talab etiladi. Birinchi navbatda o’qituvchi;

a) O’qitishning metodik ma’nosini va maqsadini anglash.

b) O’qitishni ko’rgazmalilik asosida olib borish.

c) O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabati hamda sinf o’quvchilarining o’zaro munosabati va shu kabi jihatlarga e’tibor berishi lozim. Bu komponentlarning har biri o’z ichiga turli metodik yondashish zahiralariga egadir. Darsni loyihalashda asosan o’qituvchidan ijodkorlikni turlicha metodik usullardan foydalanish talab etiladi.

b) O’qitishni ko’rgazmalilik asosida olib borish.

c)O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabati hamda sinf o’quvchilarining o’zaro munosabati va shu kabi jihatlarga e’tibor berishi lozim.

Bu komponentlarning har biri o’z ichiga turli metodik yondashish zahiralariga egadir. Darsni loyihalashda asosan o’qituvchidan ijodkorlikni turlicha metodik usullardan foydalanish talab etiladi. Metodika oqituvchining dunyoqarashini boyitadi va turli metodik yo’nalishlarni o’rgatadi. Dars jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, u dars oxirida o’z savollariga javob olishi kerak.
4

Yosh avlodni chet tillarini chuqur o’rgatish, jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda

axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalana oladigan mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantrish orqali mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuvini kuchaytrishga xizmat qiladi. Bir necha tilni bilish faqat ahborot olish uchun hizmat qilibgina qolmay, kishining aqliy faolyati va fikrlash qobilyatini ham rivojlantradi.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prizidenti I. A. Karimovning” 2012 yil 10 dekabrdagi to’g’risida”gi 1875–sonli yoshlarning xorijiy tillarni o’zlashtirish darajasini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda zamonaviy muttaxassislarga qo’yilayotgan talablardan biri uning zamonaviy o’quv texnik vositalardan boxabarligi va ulardan ta’lim maqsadiga ko’ra foydalana bilish malakasidir. Texnik taraqqiyot qanchalik ilgarilab ketgani sayin yangi yangi texnik vositalar yaratilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ta’limga oid texnik vositalar ham shular jumlasidan. Bu esa zamonaviy o’qituvchida ushbu texnik o’quv vositalaridan o’quv jarayonida shunchaki foydalanib qo’yishi emas, balki o’quv maqsadiga ko’ra yani ma’lum bir mavzuni o’rganishdan ko’zlangan maqsadga mos foydalanish kerakligini taqozo etadi. Bu deganimiz foydalanilayotgan o’quv texnik vositalarni qo’llash vaqti soni (ya’ni bir martali yoki takroriyli) xamda metodlarini to’g’ri tanlay bilish va qo’llashni ham nazarda tutadi. Bulardan tashqari ulardan foydalanish bilan bog’liq psixologik, pedagogik omillarni ham hisobga olish talab etiladi. Pedagogik amaliyot davomidagi kuzatuvlarimiz shuni ko’rsatadiki ko’p hollarda o’quv texnik vositalardan maqsadli foydalanish yo’lga qo’yilmagan. Bugungi kundagi eng so’ngi texnika sohasidagi yutuqlardan chet til o’qitish ta’limida samarali foydalanish yo’llarini ishlab chiqishning zarurligi shuningdek, zamonaviy texnik vositalardan maqsadli foydalanishga oid metodik ko’rsatmalar ishlab chiqishdur.
5

Bugungi kunda zamonaviy mutaxassislarga qo’yilayotgan talablardan biri uning zamonaviy o’quv texnik vositalardan boxabarligi va ulardan ta’lim maqsadiga ko’ra foydalana bilish malakasidir. Texnik taraqqiyot qanchalik ilgarilab ketgani sayin yangi yangi texnik vositalar yaratilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ta’limga oid texnik vositalar ham shular jumlasidan. Bu esa zamonaviy o’qituvchida ushbu texnik o’quv vositalaridan o’quv jarayonida shunchaki foydalanib qo’yishi emas, balki o’quv maqsadiga ko’ra yani ma’lum bir mavzuni o’rganishdan ko’zlangan maqsadga mos foydalanish kerakligini taqazo etadi. Bu deganimiz foydalanilayotgan o’quv texnik vositalarni qo’llash vaqti soni [ya’ni bir martali yoki takroriyli] xamda metodlarini to’g’ri tanlay bilish va qo’llashni ham nazarda tutadi. Bulardan tashqari ulardan foydalanish bilan bog’liq psixologik, pedagogik omillarni ham hisobga olish talab etiladi. Pedagogik amaliyot davomidagi kuzatuvlarimiz shuni ko’rsatadiki ko’p hollarda o’quv texnik vositalardan maqsadli foydalanish yo’lga qo’yilmagan. Bugungi kundagi eng so’ngi texnika sohasidagi yutuqlardan chet til o’qitish ta’limida samaralifoydalanish yo’llarini ishlab chiqishning zarurligi shuningdek, zamonaviy texnik vositalardan maqsadli foydalanishga oid metodik ko’rsatmalar ishlab chiqish. Bo’lajak Chet til o’qituvchilarining zamonaviy texnik vositalardan foydalanish malakalarini shakllantrishning zaruratligi. Chet tili o’qituvchilarining texnik vositalardan foydalanish malakalarini shakllantrish psixalogik, lingvistik va didaktik omillar asosida metodik tashkillashtrishga qaratilgan tatqiqotning muhimligi. “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtrish chora tadbirlari . Mavzuning o’rganilganlik darajasi

Bu borada J.Jalolov va I.Yaqubov, kabi chet tili o’qitish metodikasi masalalari bilan shug’ullangan mamlakatimiz metodist olimlari, rus metodist olimlaridan Shatilov.S.F, RogovaG.V,Vershagina N.I, Strakov.A.P, kabi metodistlar ushbu masalada o’z qarashlarini bildirishgan. Oliy ta’limda chet til o’qitish bosqichlari, MK borodulina, A.S Lurelarning ishlarida ko’rib o’tilgan.

6

Mazkur malaka ishimning maqsadi bo’lajak chet tili o’qituvchilariga kasb mahoratlarini yanada oshirishda, zamonaviy multifikatsion vositalarning ahamyati va ulardan foydalanishning pedagogik-psixologik asoslari xususida tushuncha va tavsiyalar berish, hozirda ta’lim tizimida zamonaviy ta’limning ustuvor yo’nalishi bo’lib xizmat qilib kelayotgan multimediya texnologiyalari yordamida chet til o’qitish va og’zaki nutqni rivojlantirish chet til darsni metodik tashkillashtirishga doir ilmiy ma’lumotlar va yangicha yo’llar bilan tanishtirishga qaratilgan.



Malaka ishining vazifalari:

Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik.

- tadqiqotimiz muommosidan kelib chiqqan holda mavjud ilmiy manbalarni tahlil etish va shu asosda ilmiy xulosalar qilish;

- Bo’lajak chet tili o’qituvchilarini zamonaviy texnik vositalar imkoniyatlari bilan tanishtirish va ularda texnik vositalardan foydalanib dars o’tish malakalarini shakllantirish.

- Chet tilini o’rgatishda texnik vositalarning ahamiyatini tushuntrish

-Zamonaviy texnik vositalarning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish.

- Malaka ishining predmeti:

Ingliz tilini òrgatishda tinglab tushunish metodikasini qòllash



7

1.Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi
Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi. Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir.

8

Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi.Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: — kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; — chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; — CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin. Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi. Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining ortishi

9

ham ta’minlanadi. Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo’ladi. Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan,Innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir.

Boshlang’ich sinflarga ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatish.

Ma’lumki og’zaki nutq tinglab tushunish va gapirish jarayonidan iborat.Tinglab tushunish nutq faoliyatining retseptiv-axborot qabul qilish turiga kiradi.Nutq faoliyatining ushbu turisiz til vositasida mumomila sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari tilni o’rgatish jarayoni auditiv usul bian ham amalga oshiriladi.Bu bilan o’quvchilar ongida bo’g’in, so’z, so’z birikmalari, jumlalar shakillantiriladi.

10

Bu jarayonda tinglab tushunish til materialini esda saqlash uchun samarali usul sifatida xizmat qiladi.O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida tinglab tushunishni o’rgatish asosiy vazifalardan biridir. Inson ma’naviy kamolotga, odatda, ko’rish, eshitish (tinglash) va o’qish faoliyatlari orqali erishadi. Psiхolingvistikada tinglab tushunishga tovush kanali bo’ylab keladigan aхborot kodini ochish(rasshifrovka qilish)dan iborat jarayon, deb ta’rif beriladi. “Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo’lib, umumiy eshituv idroki (akustik appertseptsiya), so’zlarning tovush tomonini fonematik farqlash va mohiyatini anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va, nihoyat, tushuniladi” (J.J.Jalolov). Ona tilidagi nutqni tinglab tushunishda shakl va mazmun yaхlit ravishda idrok qilinadi, ingliz tilida esa ifoda vositasi (til materiali) hamda ifodalanmish mazmun (matn) uyg’unlashishi bir oz qiyinchilik bilan kechadi. Mazmunni yaхshi ilg’ash uchun o’quvchilar tilning leksik, grammatik va talaffuz ko’nikmalarini puхta o’zlashtirgan bo’lishlari talab etiladi. Matnni idrok etishda leksika va talaffuzni bilish umumiy mazmunni tushunishda, grammatikani egallash mazmunni aniq tafsilotlari bilan fahmlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Qisqasi, tinglab tushunish deganda, so’zlovchining nutqini bevosita yoki teхnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish yoki fahmlash tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, tinglab tushunish o’zgalar nutqini (jonli tarzda yoki meхanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab etish ma’nosini ifodalaydi. Tinglab tushunishda eshitish sezgisi va analizatori orqali aхborot olishning asosiy manbalari sifatida muallim nutqi, auditiv-teхnikaviy qurollardan – magnitafon yozuvi, radio eshittirish, ovozli diafilm, kino (video) film yoki undan parcha hamda televizion ko’rsatuvlar хizmat qiladi. O’rta maktablarda tinglab tushunish uchun manba sifatida muallim, audiokasseta, radioeshittirish, ovozli dia- yoki kinofilm va kinoko’rsatuvlardagi inglizcha nutq asos bo’lib хizmat qiladi. Audiomatn bir marta tinglab tushuniladi. .



11

Ikki va undan ortiq marta tinglanganda, har bir holatda yangi o’quv topshirig’i beriladi. Masalan, (1) Listen and answer the questions; (2) Listen and give attention to ...; (3) Listen and find ... va h.k. KHKda tinglab tushunish, odatda, o’quvchilarni yangi material bilan tanishtirish yoki qayta esga olish, tegishli nutq mazmunini bayon etish, talaffuz va ohangni shakllantirish uchun хizmat qiladi. Tinglab tushunish ingliz tili o’qitishda ta’lim maqsadi va vositasi tarzida o’rganiladi. Tinglab tushunish maqsad sifatida tilni amaliy o’rganish – ingliz tilida aхborot olishni nazarda tutadi. Tinglab tushunish ta’lim vositasi sifatida til materiali(leksik, grammatik va talaffuz birliklari)ni nutqda qo’llashni nazarda tutadi. Tinglab tushunish nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri sifatida o’rta maktab sharoitiga tatbiqan maqsad va vosita tarzida o’rgatiladi: (1) og’zaki muloqotni egallash, ya’ni bir paytning o’zida gapirish va tinglab tushunishda suhbatdoshlar navbatma-navbat gapirish va tinglab tushunish amallarini bajaradilar; (2) tinglab tushunish kommunikativ faoliyatning alohida turi sifatida egallanadi, boshqacha aytganda, og’zaki hikoya, kinofilm tarzida tinglanadigan nutqdagi aхborot(informatsiya)lar o’zlashtiriladi. Tinglab tushunishning muvaffaqiyati bir qator omillarga bog’liq bo’lib, ulardan eng muhimlari jumlasiga tinglovchining individual yosh хususiyatlari, idrok qilish sur’ati, sharoiti (tezlik, aхborotlar miqdori va хajmi, idrok qilish tayanchlari) kabilarni kiritish mumkin. Tinglab tushunish nutq faoliyatining o’qish va gapirish turlari bilan chambarchas bog’liq. Shu tufayli nutq faoliyati turlarining o’hshashlik va farqlovchi xususiyatlari bor. Bular quydagilar: Tinglab tushunish o’qish axborot qabul qilishga qaratilganligi uchun ham nutq faoliyatining retseptiv turlariga kiradi.Nutq faoliyatini bu turi oldindan bilish, faraz qilish hisoblanadi. O’qish jarayonida asosiy analizator sifatida ko’rish,tinglab tushunishda esa eshitish sezgilari xizmat qiladi.Nutq materiali sifatida tinglab tushunish uchun og’zaki nutq,o’qish uchun esa yozma nutq xizmat qiladi. Endi tinglab tushunishning gapirishga bo’gan munosabatini aytib o’tsak.Tinglab tushunish va gapirish bir-biri bilan uzviy bog’liq.

12

Lekin ularni farqlab turuvchi xususiyatlar ham mavjud.Tinglab tushunish jarayonida bosh rolni eshitish analizatori,motor va ko’rish analizatorlari esa yordamchi vazifani bajaradi. Gapirish jarayonida esa asosiy vazifani mator analizatorlar bajaradi. Shu jihatdan tinglab tushunish va gapirish bir-biri bilan bog’liq. Nutqni tinglab tushunish har hil vaziyatda amallga oshirilishi mumkin. Masalan suhbatdosh bilan bevosita muloqotda,o’quv mashg’lotlarida,teatrda,radio eshitishda,telefon orqali suhbatlashganda va xakazo. O’rta maktab oldida ancha oddiy bevosita muomala jarayonida o’qituvchining o’quvchiga yoki sinfga qaratilgan yoki magnit tugmasiga yozib olingan maishiy turmush mavzusidagi nutqini tushunish ko’nikmasini shkillantirish vazifasi turadi.Agar o’quvchi axborotni eshitib,uning umumiy mazmunini hamda ayrim detallarini bilib olsa u matinni tushunib oldi deb hisoblash mumkin. Har bir so’zni, so’z birikmasini va tushunish shart quyilmaydi. Shunday qilib o’rta maktabda tinglab tushunishni o’rgatish quyidagicha amalgam oshiriladi. Boshlang’ich sinf uchun ingliz tilini o’rgatish hususiyati kuyidagicha amalga oshadi: Yana takitlab o’tmoqchiman boshlang’ich sinfda ingliz tilini o’rgatishning eng samarali usuli bu o’yin tehnalogiyasi, hamda turli hil rasmli kartichkaladir. Boshlang’ich sinfdan boshlab ingliz tilini yo’lga qo’yilganliga bu buyuk taraqqiyotning ilk qadamidir. Yoshlikdan olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir deb bejizga aytishmagan ota-bobolarimiz. Farzandlarimizni boshlang’ich sinfdan boshlab ingliz tiliga bo’lgan qiziqishini oshirib, so’z boyligiga alohida e’tibor bersak ko’zlagan maqsadimizga erishmiz. Jumladan IV-V sinflarda o’quvchilar og’zaki ishlanga material asosida tuzilgan hikoyalarni tushuna oladigan bo’lishlari talab qilinadi.V sinfdan boshlab o’quvchilarga tinglab tushunish uchun ayrim notanish so’zlari bo’lgan matnlar beriladi.O’quvchilar tinglashi kerak bo’lgan matnlarning hajmi sinfdan-sinfga 0,5-1 minutga orttirib boriladi. VI sinf o’quvchilari o’qituvchining magnit tasmasiga yozib olingan o’rtacha tezlikdagi nutqini tinglab tushuna oladigan bo’lishlari kerak.Bu nutq IV-VI sinf materiali asosida ko’rilish va 1 foiz notanish so’zni qamrab olgan matnlardan iborat bo’lishi lozim.



13

Axborotning hajmi 1,5 minutga mo’ljallangan bo’lish lozim. VII sinf o’quvchilari o’quvchining o’rtacha tezlikda yozib olingan IV-VII sinf materiali asosida tuzilgan 2 foyz notanish so’zi bo’lgan tinglab tushuna oladigan bo’lishlali lozim.VIII-IX sinflarda o’quvchilar IV-VIII sinflar dasturi talabi asosida tuzilgan axborotni tinglab tushuna oladigaan bo’lishlari talab qilinadi.O’quv dasturin talablarini jiddiy o’ganish shuni ko’rsatadiki,o’zi haqida, o’z yurti haqida,o’z madaniyati haqida,o’z oilasi haqida bemalol gaplasha oldigan bo’ladilar. Chet tili o’qituvchilari esa o’quvchilar bilan jiddiy yondashishlari kerak.O’quv dasturitalablarini muvafaqiyatli amalgam oshirish uchun o’rta makab o’quvchilari tinglab tushunishning psixolagik mexanizmlari va ularning xususiyatlari haqida mukammal malumoga ega bo’lishlari lozim. Tinglab tushunish uchun quyidagi psixologik mexanizimlar xizmat qiladi:nutqni tinglash qobiliyati, diqqatni uzoq muddatli va qisqa muddatli xotira,oldindan faraz qilish va fahmlash. Tinglab tushunish jarayonida diqqat muhim o’rin tutadi.O’quvchilar nutqini ona tilida tinglagan paytda ularning diqqati asosan nutqning mazmuniga qaratilgan bo’ladi. Chet tilidagi nutqni tinglab tushunish esa o’quvchilardan diqqatni nutq mazmuni va shakliga qaratishlarini taqazo etadi.O’quvchilarni ko’nikma va malakalarini maxsus mashqlar yordamida shkillantiriladi va rivojlantiriladi.Shakl va mazmunni bab-barobar idrok qilish astasekin bosqichma-bosqich amalgam oshiriladi.O’quvchilar avval shaklga e’tibor beriladigan mashqlarni bajaradilar.Asta-sekin mazmunga e’tibor orttirib boriladi yani o’quvchilar nutq mashiqlarini bajaradilar.Nutqni tinglab tushunish chegaralangan vaqtda amalga oshiriladi.Vaqtni qisqaligi va nutqni qabul qilishning qaytarilmasligi nutqni idrok qilishni va tushunishni qiyinlashtiradi bu esa diqqatni mushohada qilishni va tushunishga asoslangan xotiraning faol ishlashini talab qiladi.Tinglab tushunish mexanizmlaridan eng muximlaridan yana biri bo’lgan xotira ikki turdan iborat: Uzoq mudatli va qisqa muddatli xotiralardir. Uzoq muddatli xotirada kishining barcha sohaga oid bilimlari saqlanadi.Tinglab tushunish jarayonida fonema va so’zlani tanib olish va manosini tushunish uzoq mudatli hotiraga kiradi.

14

Qisqa muddatli xotira tinglovchining avvalgi tajribasiga bevosita bog’liq emas. U bevosita suhbat jarayonida suhbatdoshiga bo’lgan e’tiborsizligi tufayli,unga o’zini tushunganday qilib ko’rsatadi-yu lekin hayoli boshqa narsalarda turganligi bois hamda biror-bir axborotni yoki matnni tushunmasdan yodlab olish tufayli qisqa muddatli xotira vujudga kelishi mumkin.Agar o’quvchilarning ona tili va chet tildagi qisqa muddatli hotiralarining rivojlanish darajasini qiyoslansa ularning chet tilidagi qisqa muddatli xotirasi kam rivojlanganligi kuzatiladi.Qisqa muddatli xotiraning chet tilda etarlicha rivojlanmaganligi tinglab tushunish jarayonida jumlalarni va matn mazmunini tushunmaslikka olib keladi. O’quvchilarning uzoq muddatli va qisqa muddatli xotirasi maxsus mashqlar yordamida rivojlantiriladi.Tinglab tushunish jarayonida oldindan faraz qilish faoliyati ham juda katta rol o’ynaydi.Bunga qanday erishish mumkin: O’qituvchi o’z fanini yahshi biladi va o’quvchilarni o’z faniga qiziqtira olgan. Darsning asosiy maqsadi ham manashunda.O’quvchi chet til o’rganishga kirishar ekan,uni yanga fan sifatida qiziqib egallay boshlaydi. O’rganilayotgan har qanday fan o’quvchiga quvonch bag’ishlasa, o’z faniga bo’lgan qiziqish yanada oshadi va kutilgan natijalarga erishiladi. Chet tildagi nutqni tushunish jarayonida tinglangan nutq birliklarini, matnlarni, formulalarni, jumlalarni tanishdangina iborat emas, balki tinglovchi eshitgan jumlalarini miyasida qayta ishlashi va o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishi kerak.N.I.Jinkin fikricha bir til birligini ikkinchisi bilan almashtirish ekvivalentli almashtirishni tashkil qiladi. O’quvchilarda chet tildagi nutqni tinglab tushunish jarayonida mushohada qilish jarayoni ham etarli darajada rivojlanmagan. Ushbu mehanizmni rivojlantirish uchun ma’lum mashqlarni bajarish maqsadga muofiqdir. Masalan tinglangan materialni qisqacha bayon qilish, tinglagan jumla yoki matnni qisqartirish, tinglangan matnning muzmunini bir necha jumla bilan ifodalash va boshqalar. Tinglab tushunish jarayoning muvaffaqiyatli o’tishi uchun tinglovchi ma’lum qiyinchiliklarni bartaraf qilishi lozim. Bu qiyinchiliklar quyidagilar. 1. Tinglovchining yosh hususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar 2. Tinglab tushunish sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar.



15

Tinglovchining yosh hususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchilklar quyidagalar: Tinglovchining nutqni qanday tiniglay olishi, xotirasi, diqqatning tinglanayotgan ob’yektga to’play olishi, oldandan faras qila olishi, mushohada qilishi, tinglanayotgan matn mazmuniga tezda kira olishi va boshqalar. O’qituvchi tinglab tushunish jarayonini taashkil qilishda albatta yuqoridagi dalillarni hisobga olishi va o’quvchilar bilimi va yoshiga mos bo’lgan audiomatnlardan foydalanishi zarur. Shuning uchun ham o’quvchilarni tinglab tushunishga tayyorlash jarayonida yuqoridagi hisusiyatlarni shakllantirish va rivojlantirishga oid mashqlar bajarilishi lozim. Ingliz tili o’rganishda kuyidagi qiyinchiliklarga duch kelamiz. Nutqda eng ko’p qo’llaniladigan so’z turkumlariga fe’l va predloglar kiradi predlog va bog’lovchilar ko’p ma’noli bo’lganligi uchun ham tinlab tushunishda jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi. Lingvistik qiyinchiliklar fonetikga, leksikaga, grammatikaga va stilistikaga oid bo’lishi mumkin. Ta’limning dastlabki bosqichda nutqni tinglab tushunish uchun asosiy bo’lib fonetik qiyinchiliklar hisoblanadi. O’quvchilarda tinglash qobiliyatini shakllanmaganligi tovushlarni noto’g’ri eshitishga, chet til tovushlarini ona tili tovushlari bilan, hamda chet til tovushlarini bir-biri bilan chalkashtirishga olib keladi. O’quvchilar urg’uni o’rnini lmashtirib qo’yadilar, jumlalarning ohangini farqlay olmaydilar. Leksik qiyinchilaklar so’zlarning ma’nosini tushunish bilan bog’liqdir. Chet tilidagi nutqni tinglab tushunishni qiyinlashtiradigan sabablardan biri ushbu tildagi Grammatik shaklga o’xshash shaklning o’quvchilar ona tilida mavjud emasligidir. Tinglab tushunish jarayoning natijasi tinglovchining matn mazmunini tushunganligi yoki tushunmaganligi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida tinglovchining tushunish darajasini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Bu bilan o’qituvchi o’quvchilarning tinglb tushunishga oid ko’nikma va malakalarini shakllanganlik darajasini belgilash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’limning boshlang’ich bosqichda tinglovchi alohida so’zlarni va qiyin bo’lmagan jumlalarni farqlaydi. So’zlarni tushunish o’quvchining aktiv, passiv va potensial so’z boyligiga bog’liq.

16

Matnning mazmunini tushunish jumlalar o’rtasidagi bog’lanishni, matnning mantiqiy tuzilishnini, uslub va janirini aniqlash bilan bog’liq. “Metodika…” avtorlari tushunish jarayoning quydagi bosqichlari mavjud ekanligini ta’kidlaydilar:



Yuzaki tushunish. 2. Umumiy tushunish. 3. To’liq tushunish. 4. Tanqidiy tushunish. Tusunishning to’liqligi va to’g’riligini aniqlashga oid mashqlar 2-4 bosqichlarga xos bo’lishi lozim. O’quvchilarning matnning mazmunini umumiy tushunganligini savol – javob orqali aniqlash mumkin. Tinglovchiining mazmunni tushunganligi yozma javobli testlar orqali aniqlanadi. Bundan tashqari savollarga javob berish, matnning mazmunini ona tilida chet tilida so’zlab berish va matnga kengaytirilgan reja tuzish orqali ham matn mazmunini tushunish tinglovchining matnga bergan bahosi, matn haqidagi mustaqil fikri bilan bergilanadi.

Ingliz tilini tinglab tushunishdagi qiyinchiliklar

IELTS imtihoni uchun tayyorlanayotgan talabalar ingliz tilining xususiyatlaridan kelib chiqadigan ba’zi til muammolariga duch kelishadi. Imtihon uchun eng avval tinglab tushunish ko’nikmasi sinoviga tayyorlanishadi. Ya’ni, o’rganishning ilk bosqichida bo’lgan talabalar aynan tinglab tushunish ko’nikmasiga birinchilarda bo’lib duch kelishadi. Shunday ekan, ingliz tili xususiyatidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan o’rganishdagi qiyinchiliklarni aynan tinglab tushunish ko’nikmasi yuzasidan ko’rib chiqishimiz maqsadga muvofiqdir.Biz bu maqolada ingliz tilidagi nutqni tinglab tushunishdagi eng ko’p uchraydigan, asosiy qiyinchiliklarni ko’rib o’tmoqchimiz. Garchi bu qiyinchiliklarning hal qilinishi, ularni yengib o’tish haqida so’z bormasa-da, nutqni tinglab tushunishdagi qiyinchiliklar bilan tanishib chiqishning o’zi ham o’rganish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan chalkashliklar va tushunmovchiliklarga tayyorgarlikni oshirishini hisobga olgan holda quyidagi eng ko’p o’rganuvchilar tomonidan qayd etilgan qiyinchiliklarni e’tiboringizga havola etamiz:

17


  1. 1. FONETIK QIYINCHILIKLAR:

  1. akustik xususiyatiga ko’ra bir-biriga juda o’xshash bo’lgan turli tovushlar (ayniqsa bu toshuvlarning muqobili ona tilida mavjud bo’lmasa):..

– unlilarning qisqa-uzunligi;

– undoshlarning so’zlar oxirida kelganda jarangli yoki jarangsizligi;

b) turli ifoda tasvirlarini qabul qilish;

c) ma’nodosh guruhlar yoki so’zlarning o’zaro aloqadorligini aniqlash.



2. LEKSIK QIYINCHILIKLAR:

a) omonimlar va omofonlarni tinglash orqali farqlash;

b) ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolarini farqlash;

c) notanish so’zlardan iborak nutqni tushunish. Bunday holatda imtihon topshiruvchi notanish so’zning tarjimasini tahmin qilib topishi, yoki kontekst (so’z yasalishi, qo’shimchalar, xalqaro o’zaklar)ga ko’ra tarjimani bilib olishi kerak bo’ladi. Aks holda barcha notanish so’zlarni e’tiborsiz qoldirib, gapning umumiy mazmunidan kelib chiqqan holda xulosa qilishga to’g’ri keladi.



3. GRAMMATIK QIYINCHILIKLAR:

a) ona tili va ingliz tili gaplaridagi so’z tartibi o’rgasidagi farq;

b) grammatik omonimlarni farqlash. Masalan, would so’zining yordamchi fe’l va modal fe’l sifatida ishlatilishi;

c) ko’p ma’noli qo’shimcha va yordamchi so’zlarning ma’no va fazifalarini farqlash. Masalan, “-ed” (“He used this tool yesterday – U kecha bu asbobni ishlatdan edi” va “He used to smoke a lot – U ko’p chekishga odatlangan edi”), “-(e)s”;

d) qisqartma shakllarni tushunish va farqlash:

– ‘d (had, would) – I’d let it go (I would bo’lishi ham, I had bo’lishi ham mumkin. Ma’noda farq qiladi);

– ‘s (has, is) – He’s a son (He has yoki He is bo’lishi mumkin. Ma’noda farq qiladi).

18

Ingliz tilinda tinglab tushunishni tez o’rganish uchun 5 metod.

Menga eng ko’p beriladigan savollardan biri til o’rganish bilan bog’liq: “Ingliz tilini qanday tezroq o’rgansam bo’ladi?” Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o’rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman.

1. Maqsadni aniq belgilab oling

Aniq maqsadsiz biron ishda, hususan til o’rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o’zi nimaga o’rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o’qishdan keyin xususiy til o’rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha “Why do you want to study English?” savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko’pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan “Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar,” deydiganlar ko’p uchrar edi.

Til o’rganish uzun va mashaqqati jarayon bo’lgani sababli, bu yo’lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o’rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo’ygan maqsadingiz qancha jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi.

Maqsadni hamma shart-sharoitidan kelib chiqib belgilashi mumkin. Masalan, maktab talabasi “Ikki yil ichida ingliz tilini o’rganib, Vestminster universitetiga grant asosida o’qishga kiraman” deb maqsad qilishi mumkin. Talaba esa “TOEFLga tayyorlanib, Amerika universitetlariga grant asosida magistraturaga o’qishga kiraman” deb niyat qilishi mumkin. Ishbilarmon kishi esa “Ingliz tilini o’rganish orqali biznesimga tegishli yangi know-how’larni o’rganib, kompaniyamni 5 yilda dunyo bozoriga olib chiqaman” deb maqsad qo’yishi mumkin.

19

Unutmang, maqsad qanchalik jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi.



2. Til asosini takrorlash tashkil etadi

Tilni doimiy takrorlashsiz o’rganib bo’lmaydi. Kuniga 10 yangi so’z yodlashingiz mumkin, ammo bu so’zlarni 1-2 kundan keyin takrorlamasangiz esingizdan chiqib ketishi aniq. Bunda eng samarali yo’llardan biri flesh kartalardir (flash cards). Yoki bo’lmasa, ko’zingiz eng ko’p tushadigan joylardan samarali foydalanishingiz mumkin. Shaxsan men kompyuter monitori atrofi va karavotim taxtasiga yangi o’rgangan so’zlarni kichik qog’oz parchasiga yozib yopishtirib qo’yardim.



3. Muloqot qiling

Til muloqot vositasidir. Shu sababli tilni o’rganish va rivojlantirish uchun, tabiiyki, muloqot qilishingiz kerak. Men talaba bo’lgan vaqtlarimda turli kutubxona va resurs markazlarida Speaking Club’lar bo’lar edi. Hali ravon gapira olmasangiz ham ishtirok etishga qo’rqmang. Tilni bilishiga qaramasdan bu kabi suhbatlarda ishtirok etishga uyalgan kishidan tilni hali tuzukroq bilmasa ham, gapirishga harakat qilgan kishi yutadi. Xullas, uyalmang, xatolar bilan bo’lsa ham gapiring.Yoki bo’lmasa, davomiy ingliz tilini mashq qilish uchun sherik toping. Tilni bir yoki bir-nechta sherik bilan o’rganishning yana bir foydali tomoni shundaki, bu usul sheriklar orasida o’ziga hos raqobat muhitini yaratadi. Mahalladoshingiz yoki maktabdagi sinfdoshingiz sizga sheriklik qilishi mumkin. Har hafta eng kamida 30 yangi so’z yod olishga va yakshanba kuni uchrashib, bir-biringizni sinashga kelishib olsangiz, sherigingizdan orqada qolmaslik uchun so’zlarni albatta yodlashga harakat qilasiz.

20

4. Til o’rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring

Ingliz tilini o’rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring. Masalan, har kuni universitetga metroda qatnasangiz kuniga eng kamida 30-40 daqiqa vaqtingiz metroda kechadi (har tomonga15-20 daqiqa hisoblaganda). Demak, metrodagi vaqtingizdan unumli foydalanish uchun turli Listening Comprehension’ni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tinglab ketishingiz mumkin (masalan, Investudy English podkastlarini). Yoki bo’lmasa, men talaba bo’lgan vaqtlarimda darslar bekor qilinishi ko’p uchrardi. Bu degani orada eng kamida 1 soat keyingi darsni kutishim kerak edi. Sizda ham shu kabi holatlar uchrab tursa, bu vaqtni kutubxonaga kirib faqat ingliz tili bilan bog’liq bo’lgan ishlarga sarflashingiz mumkin. Yoki bo’lmasa, turli janrlarda kino ko’rmaydigan kishi topilmasa kerak. Kino ko’rmoqchi bo’lsangiz, uni ingliz tilida subtitrlari bilan tamosha qiling.



5. Smartfoningizdan samarali foydalaning

Til o’rganish uzun va mashaqqatli jarayon bo’lgani sababli, uni iloji boricha osonlashtirishga harakat qilishingiz kerak. Bunda sizga smartfoningiz qo’l keladi. Smartfonlarga o’rnatib olish mumkin bo’lgan bepul ingliz tilini o’rganish dasturlari bor. Ular orasida eng mashhurlari bu Duolingo va Memrise. Duolingo va Memrise bir biriga o’xshaydi. Ammo eng birinchi ko’zga ko’rinadigan farqi Duolingo’da so’zlar ko’proq American English’da, Memrise’da esa British English’da talaffuz etiladi. Ingliz tilini bir oz bilgan kishi esa TED suhbatlarini tinglashi mumkin. Smartfoningizga TEDni o’rnatganingizdan keyin, Settings bo’limida English subtitles’ni tanlasangiz, suhbatni subtitrlar bilan tinglashingiz mumkin.Ingliz tilini o’rganish oson emas. Bunda sizga oldingizga aniq maqsad qo’yish, yangi so’zlarni davomiy takrorlab borish, fursat bo’lganda uyalmasdan muloqot qilish, ingliz tilini o’rganish jarayonini hayotingizga moslashtirib borish va nihoyat, texnologiyadan samarali foydalanishni talab etadi. Omad!



21

Download 58.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling