Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi o`rtasida ish haqi darajasining differentsiatsiyasi mundarija: kirish I bob. Ish haqi tushunchasi va uning mohiyati


Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi va uning istiqbollari


Download 217.18 Kb.
bet10/15
Sana15.03.2023
Hajmi217.18 Kb.
#1272375
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
15 full KORXONANANING ISH XAQI TIZIMI TAXLIL QILISH , REJALASHTIRISH

2.2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi va uning istiqbollari
Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoѐn bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi. U ishchi kuchi talab va taklifiga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi ѐki kamayishiga qarab o‘zgaradi. SHunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik ѐki takli ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi. Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar
Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi
bandlikning shakllanishida etakchi rol o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi.2
Ishchi kuchi ham bozor iqtisodiyotida oldi-sotdi ob’ekti bo‘lganligi sababli mehnat bozorida unga talab va taklif vujudga keladi.
Ishchi kuchining bozor narxi ish xaqi bo‘lib, bu yollanib ishlovchilarga ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab to‘lanadi.
Ishchi kuchiga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi. Ishchi kuchiga talab boshqa sharoitlar o‘zgarmasa, ish haqi darajasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ish xaqi yuqori bo‘lsa, unga talab qisqaradi, agar u pas bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga, yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi narxda pullashga xarakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham ishchi kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha sarfni mexnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning tejalishiga ham olib keladi.
Ish haqi xarajatlar tarzda foydaga ta’sir etishi orqali ishchi kuchiga talabni o‘zgartiradi.

Download 217.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling