Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobot


Jismoniy shaxslarga beriladigan uy-joy qurilishi, rekonstruksiya qilish va uy joy sotib olish uchun kredit berish


Download 0.81 Mb.
bet14/15
Sana22.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1377192
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
amaliyot

Jismoniy shaxslarga beriladigan uy-joy qurilishi, rekonstruksiya qilish va uy joy sotib olish uchun kredit berish

1

Mahsulot nomi

YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISH VA REKONSTRUKSIYA QILISH UCHUN IPOTEKA KREDITI

2

Kredit turi

modulli ipoteka krediti

3

Mijoz

18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan doimiy ish joyi daromadlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

4

Mijozning to’lov qobiliyatiga qo’yilgan talab

Qarz oluvchining bir oylik o’rtacha daromadi (barcha kreditlar bo’yicha bir oylik to’lovlar chegirib qolinganda) ajratiladigan ipoteka krediti bo’yicha bir oylik o’rtacha to’lovlarning 30 foizdan kam bo’lmasligi shart

5

Maqsadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bitta oilaga mo‘ljallangan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditini o‘z kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotlarini yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarga bosqichma-bosqich o‘tkazish yo‘li bilan ajratish. (4-bosqichda) 1 bosqich 20%gacha, 2 bosqich 50%gacha,
3 bosqich 80%gacha, 4 bosqich 100%.

6

Miqdori

327,25 mln. so‘mgacha

7

Muddati

240 oygacha

8

Imtiyozli davr

6 oygacha

9

Boshlang‘ich badal

Yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 26 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida boshlang‘ich badal sifatida qarz oluvchining mablag‘lari, mavjud qurilish materiallar va bajarilgan qurilish-montaj ishlari

10

Yillik foiz stavkasi

18%

11

Taʼminot

uy-joy garovi

12

Taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami

pasport (ID karta), shakllantirgan boshlang‘ich badalni tasdiqlovchi hujjat, kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari, yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun Davlat xizmatlari markazidan olingan ruxsatnoma

13

Birgalikda qarz oluvchi

qarz oluvchining daromadlari yetmagan taqdirda uchtagacha birgalikda qarz oluvchilar olinishi mumkin

14

Talab etiladigan ish staji

oxirgi 3 oy ishlagan bo‘lishi shart

15

Muddati o‘tgan to‘lovlarning undirilishi tartibi

kreditning muddati kelgan qismini qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilar) banklarda ochilgan bank kartasidan akseptsiz tartibda mablag‘lar yechib olinadi

16

Kredit bo‘yicha xizmatlar

- Kredit hisobvarag‘ini ochish, kredit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish, garov ta’minotini rasmiylashtirish, garov ta’minotini garovdan chiqarish yoki qisman chiqarish, monitoring o‘tkazish, kredit qoldig‘ini boshqa bankka sotish, kredit byurosidan olingan ma’lumotlar, garov reyestriga yozuv kiritish, kredit bo‘yicha oylik abonent to‘lovi, ochiq kredit liniyalaridan foydalanmagan kredit summasi uchun – BEPUL.
- Mijozning talabiga asosan kredit shartnomasiga o‘zgartirish
kiritish – kredit qoldig'ining 0,1 foizi (500 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda)

17

Moliyalashtirish manbasi

Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan



XULOSA
Men ushbu malakaviy amaliyot davrimni “Ipoteka bank” ATB Angren filialida o’tadim. Ipoteka-Bankning maqsadi o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi deb hisoblayman. Amaliyotimni o’tashda “Ipoteka bank” ATB xodimi 1-darajali mutaxassis Xaydarova Ma’mura yaqindan yordam berib, ustozlik qildi. Men u inson orqali kreditni shakllantirish, kredit turlarini, kredit delosini boshlang’ich shakillantirishni va u deloni umumiy bazaga biriktirishni, mijozlarga xizmat ko’rsatish, takliflar berishni, bank sistemasi haqida bilimlarimni oshirdim.
“Ipoteka bank” ATB xodimlar jamoasi bilan bo’lgan davrimda ularning ishlash jarayonlari o’zaro muloqot va munosabatlari menda yaxshi taasurot qoldirdi. Amaliyot o’tagan vaqtimda men bank sohasida ko’plab bilimlarga ega bo’ldim.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling