Malakaviy amaliyot xisoboti
BANK MABLAG‘LARI, MOL-MULKI VA KREDIT RESURSLARI
Download 1.42 Mb.
|
Agrobank
- Bu sahifa navigatsiya:
- BANKNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI NAZORAT QILISH
BANK MABLAG‘LARI, MOL-MULKI VA KREDIT RESURSLARI
Bankning o‘z mablag‘lari: ustav sarmoyasidan; zaxira fondidan; taqsimlanmagan foydadan; Bank kengashi qaroriga ko‘ra shakllantiriladigan boshqa fondlardan hosil bo‘ladi. BANKNING HISOBI VA HISOBOTI Bank buxgalteriya hisobini yuritadi hamda davlat boshqaruvining tegishli organlariga moliyaviy hisobotni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hisobotlarni taqdim etadi. Bank axborotning majburiy oshkor etilishini qonun hujjatlarida belgilangan hajmda, muddatlarda va tartibda amalga oshiradi, shuningdek o‘zi tomonidan emissiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lgan axborotni e’lon qiladi. Bank Bank faoliyati davomida shakllanadigan hujjatlarning lozim darajada hisobga olinishi, saqlanishi va undan foydalanilishini ta’minlaydi. Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddat mobaynida hujjatlarning saqlanishini ta’minlaydi. Bank hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlash uchun beriladi. BANKNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI NAZORAT QILISH Bankning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish Umumiy yig‘ilish tomonidan 7 a’zodan iborat etib saylanadigan Taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Taftish komissiyasi a’zolari ayni bir vaqtda Bank kengashi a’zolari bo‘lishi, shuningdek Bank boshqaruvi organlarida boshqa lavozimlarni egallashi mumkin emas. Taftish komissiyasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan majburiyatlar halol bajarilishi uchun javob beradilar. Taftish komissiyasining ish tartibi va uning vakolatlari Umumiy yig‘ilish tomonidan tasdiqlanadigan Bankning Taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi. Taftish komissiyasi o‘tkazilgan taftish to‘g‘risidagi xulosani Umumiy yig‘ilishga taqdim etadi. Bankning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) uning moliyaviy yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha, shuningdek Taftish komissiyasining tashabbusi, Umumiy yig‘ilish, Bank kengashining qarori yoki Bank aksiyadorlarining talabi bo‘yicha amalga oshiriladi. . Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling