1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O‘zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankning bo‘linmasi sifatida O‘zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
|
1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Mahkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan holda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O‘zbek aksionerlik tijorat bank “Uzagroprombank” tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
|
1993 yil – mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki“ bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo‘shma banki ta’sis etildi.
|
1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo‘lib nominal qiymati 1000 so‘mlik bo‘lgan 100 mln so‘mlik aksiyalarni chiqarldi.
|
1995 yil - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldag №294-sonli qaroriga asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyanerlik tijorat banki " Paxta Bank" tashkil etildi.
|
1997 yil - "Paxta Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikasiyalar hamjamiyati a’zoligiga qabul qilindi.
|
1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo‘jaligini kreditlash assosasiyasining (APRAKA) a’zosi bo‘ldi.
|
1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo‘jaligini kreditlash Xalqaro Konfederasiyasi (KIKA) ning teng huquqli a’zosiga aylandi.
|
2000 yil - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasini jalb etish bo‘yichabitm imzoladi.
|
2001 yil - "Paxta Bank“ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
|
2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
|
2003,2004,2007,2008,2009 – Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetasi va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O‘zbekiston respublikasida “Yil banki" sifatida tan olindi.
|
2007 yil - "Paxta Bank" O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo‘lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to‘liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo‘ldi.
|
2008 yil - Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha banklararo tanlovda “Eng yaxshi emitent bank" nominasiyasi bo‘yicha Paxtabank 1 – o‘rin sohibi bo‘ldi.
|
2009 yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
|
2010 yil - Kichichk biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
|
2013 yil -Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyalari jalb qilinishi bo‘yicha shartnoma imzolandi.
|