Malakaviy amaliyot xisoboti
BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Download 1.42 Mb.
|
Agrobank
- Bu sahifa navigatsiya:
- BANKNING USTAV KAPITALI
BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Bank quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida O‘zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida mustaqil ravishda yoki yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida filiallar, shuningdek uning tashqarisida sho‘ba banklar, filiallar va vakolatxonalar tashkil etish; o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘z manfaatlarini himoya qilish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun ittifoqlarda, uyushmalarda va boshqa birlashmalarda qatnashish; Bankning filiallari va boshqa bo‘linmalari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish shartlari va tartiblarini tasdiqlash, depozitlar va beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini, jismoniy va yuridik shaxslarga Bank muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun vositachilik haqi miqdorini belgilash; shartnoma asosida depozitlar va kreditlar shaklida boshqa banklarning mablag‘larini jalb etish va mablag‘larni boshqa banklarda joylashtirish; tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va korrespondentlik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish; barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Bank tasarrufida qoladigan sof foyda hisobidan zaxiralar va fondlar tashkil etish; qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish; moliya va xo‘jalik organlarida korxonalar va tashkilotlar manfaatlarini ularning ishonchnomalari bo‘yicha ifodalash; BANKNING USTAV KAPITALI Bankning ustav kapitali aksiyadorlar olgan bank aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Bankning ustav kapitali 263.523.498.200 (ikki yuz oltmish uch milliard besh yuz yigirma uch million to‘rt yuz to‘qson sakkiz ming ikki yuz) so‘m bo‘lib, quyidagilardan iborat: Bankning ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Bankning ustav kapitalini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish va yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi va bank ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar bank Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling