Malakaviy bitiruv ishi kirish qismi ikkita bob, besh paragraph va xulosa qismlaridan tashkil topgan


Download 1.14 Mb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#212807
  1   2   3   4   5
Bog'liq
malaka ishi


Annotatsiya

Malakaviy bitiruv ishi kirish qismi ikkita bob, besh paragraph va xulosa qismlaridan tashkil topgan.

Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, amaliy ahamiyati va ilmiy – tadqiqot ob’yekti ko’rsatib berilgan.

Malaka ishida shu mavzuni tanlashdan maqsad kimyo ta’lim tizimida fanlararo aloqadan foydalanish bo’yicha uslubiy tavsiya va xulosalar ishlab chiqish ekanligi yoritilgan.

Ishning birinchi qisida o`rta maktab kimyo kursini o`qitishda fanlararo aloqadan foydalanishning nazariy asoslari bayon etilgan. Kimyoviy muvozanat mavzusiga oid bilimlar ketma- ketlikda tushuntirib berilgan. Muvozanat konstantasi va uning mohiyati formulalar orqali ochib berilgan.

Uning ikkinchi qismi esa, maktabga kimyo kursini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan va kimyoviy muvozanatga oid masalalar yechish usullaridan foydalanishning uslubiy asoslari bayon etilgan. Bundan tashqari kimyo ta’limida fanlararo, xususan matematika fani va fizika fanlariga aloqadorligi ko’rsatib berilgan.Dars ishlanmalardan misollar keltirilgan.

Malakaviy bitiruv ishining xulosa qismida esa, uni bajarish jarayonida olingan ilmiy uslubiy xulosalar va natijalar bayon qilingan.

M U N D A R I J A

KIRISH…………………………………………………………………

1.Kimyoviy muvozanat haqida tushuncha……………………….

2.Muvozanat konstantasi va uning mohiyati…………………………

3.Kimyoviy muvozanat mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalar…

4.Kimyoviy muvozanat mavzusi bo’yicha dars ishlanma……………

5. Kimyoviy muvozanat mavzusiga oid masalalar yechish metodikasi …

XULOSA va tavsiyalar……………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………..…



KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-avgustdagi PQ-4805 sonli qarorida ko‘rsatib o‘tilganidek,

O’rta maktab ta’lim tizimida kimyo kursini o’qitishning sifati va samaradorligini oshirishda fanlararo aloqadan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida maktab ta’limida ta’lim va tarbiyani birga qo’shib olib borish haqida quyidagi fikrlarini bayon qilgan: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” deb ta’kidlagan.

Kimyo fanini o’qitishni hozirgi zamon talabi darajasiga ko’tarish masalasi uni boshqa predmetlar bilan izchil bog’lab olib borishni talab qiladi.

O’qituvchi o’z predmeti materiallarini o’rgatish bilan birga o’quvchilarning boshqa fanlardan olgan bilim malakalariga tayanishi, o’quvchilarga barcha fanlar o’rtasida o’zaro bog’lanish borligini ko’rsatish va ularga boshqa fanlardan olingan ma’lumotlaridan foydalana bilishni o’rgatishi, ularning fikrlash qobiliyatlarini aktivlashtirish, bilimlarini chuqurlashtirish lozim.

Kimyo o’qitishni boshqa fanlarga mustahkam olib boorish uchun o’qituvchilarning o’zi boshqa fan programmalarini yaxshiroq bilishi o’quv masalalarini boshqa predmet o’qituvchilari bilan birga hal qilishi lozim.

O’quvchilar boshqa fanlardan olgan bilimlariga tayanib, kimyo bilimlarini mustaqil o’rganishga kirishadilar. Shu tarzda uyushtirilgan darslar jonli o’tadi.

O’quvchilarning boshqa predmetlarning o’rganishdagi mas’uliyatini ham oshiradi.

Predmetlararo aloqadan foydalanilgan holda ayrim masalalarni bir – biriga bog’lab bayon etish maktab programmasini o’rganishni yengillashtirishga yordam beradi. O’quvchilarning har xil fanlardan olgan bilimlarini bir butun kompleksga bog’lash bu bilimlardan hayotda foydalanishga yordam beradi hamda o’rganilayotgan predmetlarga bo’lgan qiziqishni uyg’otadi.

Ushbu malakaviy bitiruv ishi kimyo kursini o’qitish jarayonida fanlararo aloqalardan foydalanish masalalariga bag’ishlangan.

Biz bu ishni bajarish jarayonida ta’lim tizimida fanlararo aloqadan foydalanish masalalariga bag’ishlab nashr qilingan ko’plab ilmiy, uslubiy adabiyotlarni o’rganib chiqdik va shu asosida kimyo ta’lim tizimida fanlararo aloqalardan foydalanish uslublari bo’yicha o’z fikr va mulohazalarimizni bayon qildik.

Kimyo ta’limda fanlararo aloqadan foydalanish uslublariga bag’ishlab hozirgi kungacha o’zbek tilida nashr qilingan ilmiy - uslubiy ishlarning kamligi tanlangan mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.

Ishning amaliy ahamiyati shundaki kimyo kursini o’qitishda fanlararo aloqadan foydalanish o’quvchilarning kimyo fanini chuqur o’zlashtirishlariga yordam beradi.

Kimyoviy muvozanat haqida tushuncha

Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama –qarshi yo’nalishda boradi, ya’ni reaksiya boshlangan vaqt o’tgandan keyin bu mahsulotlar bir-biriga o’zaro ta’sir etib , qisman, dastlabki moddalarga aylanadi, natijada reaksiya olib borilayotgan idihda reaksiya mahsulotlar bilan bir qatorda dastlabki moddalar aralashmasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga bir yo’nalishda boradigan jarayonlar ham uchraydi.

Bunday jarayonlarni reaksiya uchun olingan moddalarning hammasi batamoman reaksiya mahsulotiga aylanadi.Bu ko’rib o’tilgan birinchi jarayonlarni qator jarayonlar, ikinchisi esa qaytmas jarayonlar deb ataladi. Demak , ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradigan jarayonlar qaytar jarayonlardir Nazariy jihatdan har qanday qaytmas jarayonni ham ma’lum sharoitda qaytar tarzda boradigan jarayon deb qaraymiz, lekin amalda esa faqat bir yo’nalishda boradigan reaksiya mahsulolarni reaksion muhit doirasidan chiqib ketadigan hollarda ( gaz ajralib chiqqanda , cho’kma tushganda, amalda dissotsialanmaydigan moddalar hosil bo’lganda ) va dastlabki moddalardan biri nihoyatda mo’l miqdorda olinib , qarama-qarshi jarayonning biri yo’nalishi tamomila to’xtatib qo’yilgan hollardagina yuz beradi. Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradi, ya’ni reaksiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi, birmuncha vaqt o’tgandan 7

keyin bu mahsulotlar bir-biriga o’zaro ta’sir etib, qisman, dastlabki moddalarga aylanadi,

natijada reaksiya olib borilayotgan idishda reaksion mahsulotlar bilan bir qatorda dastlabki moddalar aralshmasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga faqat bir yo’nalishda boradigan jarayonlar ham uchraydi. Bunday jarayonlarni reaksiya uchun olingan moddalarning hammasi batamom reaksiya mahsulotlariga aylanadi. Bu ko’rib o’tilgan birinchi jarayonlarni qaytar jarayonlar, ikkinchisi esa qaytmas jarayonlar deb ataladi. Demak, ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradigan jarayonlar qaytar jaryonlardir.

Nazariy jihatdan har qanday qaytmas jarayonni ham ma’lum sharoitda qaytar tarzda boradigan jarayon deb qarash mumkin, lekin amalda esa faqat bir yo’nalishda boradigan reaksiya mahsulotlari reaksion muhit doirasidan chiqib ketadigan hollarda (gaz ajralib chiqqanda, cho’kma tushganda, amalda dissotsilanmaydigan moddalar hosil bo’lganda) va dastlabki moddalardan biri nihoyatda mo’l miqdorda olinib, qarama-qarshi jarayonning bir yo’nalishini tamomila to’xtatib qo’yilgan hollardagina yuz beradi.

Demak, teskari jarayonni tabiiy yoki sun’iy ravishda istisno qilinishi natijasida reaksiya oxiriga qadar bora oladi. Bariy xlorid eritmasiga natriy sulfat eritmasi quyilganda bariy sulfat cho’kmasining tushishi, natriy karbonat eritmasiga xlorid kislota ta’sir ettirilganda karbonat angidrid gazining ajralib chiqishi va boshqalar kimyoviy qaytmas jarayonlar uchun misol bo’la oladi. Bariy sulfatning cho’kishi amalda qaytmas jarayondir, chunki, bariy sulfat oz bo’lsada, suvda eriydi. Lekin, bertole tuzining parchalanishi yoki qo’rg’oshin azidning parchalanishi odatdagi sharoitda mutlaqo qaytmas jarayonardir.

Gazsimon muhitda boradgan qaytmas reaksiyalardan biri , vodorod va yodning birikishini ko’rib chiqamiz. Bu reaksiyani o’rganish uchun shisha sharga vodorod va yod solib shisha idishning og’zi berkitilgandan keyin, uni qaynab turgan oltingugurt bug’iga (448 C) tutilgan va o’sha holatda qoldirilgan. Bu reaksiyada vodorod va yod bug’laridan vodorod yodid hosil bo’ladi, ammo dastlab teskari reksiyaning tezligi nolga teng bo’ladi, chunki, hali vodorod yodid hosil bo’lgani yo’q. Vaqt o’tishi bilan vodorod yodidning miqdori kamaygan sari to’g’ri reaksiya tezligi ham kamayadi. Nihoyat, bir qancha vaqtdan keyin ikkala reaksiya tezligi ham ortib boradi. Vodorod va yodning miqdori kamaygan sari to’g’ri reaksiya tezligi ham kamayadi. Nihoyat bir qancha vaqtdan keyin ikkala reaksiya tezligi bir-biriga teng bo’lib qoladi. Sof HJ solingan boshqa shisha sharcha HJ parchalansa ham xuddi shunday qarama-qarshi tomonga boradigan reaksiya tezliklari tenglashishi kuzatiladi. Shu paytdan boshlab, 3 ta komponent (vodorod, yod va HJ) ga ega bo’lgan reaksion aralashmaning tarkibi o’zgarmay qoladi. Demak, sistemada kimyoviy muvozanat holati qaror topadi.

Kimyoviy muvozanat holatida vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, shuncha miqdor yangisi hosil bo’ladi. Shuning uchun kimyoviy muvozanat dinamik (haraktdagi) muvozanat hisoblanadi. U quyidagi uch belgiga ega:

1. Kimyoviy muvozanat holatidagi reaksion sistema (aralashma) tarkibi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.



8

2.Muvozanatdagi sistema tashqi ta’sir tufayli muvozanat holatidan chiqarilsa, tashqi ta’sir yo’qotilgandan keyin u yana o’sha oldingi muvozanat holatiga qaytadi: agar tashqi ta’sir davom etaversa, shu sharoitga mos bo’lgan yangi muvozanat holati qaror topadi.




3.Qaytar reaksiya mahsulotlarini o’zaro reaksiyaga kiritish yoki dastlabki moddalarni bir-biriga ta’sir ettirish yo’li bilan (ya’ni qarama-qarshi yo’llar bilan) muvozanat holatiga erishish mumkin.


Muvozanat konstantasi va uning mohiyati

 Vodorod yoddan vodorod yoddid hosil bo’lish reaksiyasini N2+J2=2HJ ning tezligi reaksiya uchun olingan moddalar konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsional bo’ladi:



Bu yerda k-to’g’ri reaksiyaning tezlik konstantasi, [H],[J] vodorod va yodning moyar konsentratsiyasi. Vodorod yodidning hosil bo’lishi bilan teskari jarayon boshlanadi; uning  tezligi vodorod yodid konsentratsiyasiga proporsionaldir. 

=k [HJ], bu yerda k-teskari reaksiyaning tezlik konstantasi [HJ]-vodorod yodidning molyar konsentratsiyasi. Vaqt o’tishi bilan kamayib, ortiib boradi; muvozanat vaqtida to’g’ri va teskari jaryonlarning tezligi tenglashadi. U holda 

= bo’lib sistema kimyoviy muvozanat holatiga keladi. Demak, kimyoviy muvozanat harakat to’xtamaydi, chunki bu holat bir-biriga qarama-qarshi borayotgan ikki jarayon tezliklarini tenglashish holatidir: = bo’lsa








:

Bu tenglama [H], [J] va [HJ] reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning muvozanat konsetarasiyasi (ya`ni H va J nig reaksiyaga kirishmay qolgan konsentratsiyalari bo’lsa, HJ



9

ning muvozanat haror topganida hosil bo’lgan konsetrasiyasidir.) quyida ifoda:  

qiymati muvozanat konstantasi nomi bilan yuritiladi. Demak, N2 + J2 = 2HJ muvozanat konstantasi; bilan ifodalanib, bu tenglama ayni sistema uchun massalar ta’siri qonunini aks ettiradi. Agar sistemada aA+bV=cC+dD tenglamasi bilan tasvirlanadigan muvozanat holati haror topsa, uning konstantasi tenglamasi bilan ifodalanadi. Bu ifoda massalar ta`siri qonunining umuiy ko’rinishi bo’ilb, quyidagicha tariflanadi.


  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling