Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yichahisobo t Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yichahisobot
Download 9.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqMalakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yichahisobo t-fayllar.org
I. Ish jarayonida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavf.
a) Quyidagilar oqibatida kelib chiqadi: 1. Ћimoya to’siqlarining nosozligi yoki mavjud bo’lmasligi: 2. Detal yoki asbobning mustahkam o’rnatilmaganligi. 3. Kesuv asboblar nosozligi yoki o’tmaslashib qolganligi. 4. Ћarakat uzatuvchi tasmani stanok ishlab turgan vaqtida o’rnatish olish. 5. Elektr jihozlari nosozligi, xususan yerga ulashning noto’g’ri bajarilganligi. 6. Ish o’rnidagi tartibsizlik. b) quyidagi oqibatlarga olib keladi: 1. Qo’l va barmoqlarning jarohatlanishi. 2. Bilak suyagining sinishi. 3. Soch yoki boshqa a’zolarni o’rab ketishi. 4. Mo’rt metallarga ishlov berishda chiqqan uchqundan jarohatlanish. II. Ish boshlangunga qadar quyidagilar bajarilishi kerak: 1. Maxsus ishchi kiyim to’g’ri kiyilishi; a) yeng uchidagi tugmani qadab olish, uni bog’ich bilan bog’lamaslik. b) sochlarni bosh kiyim tagiga olish. 2. Himoya moslamalari mavjudligi va ishonchliligi, stanok korpusining yerga ulanishi to’g’riligini tekshirish. 3. Stanokni erkin holatda ishlatib ko’rish. 4. Asbob va namunalarni tegishli taglik yoki moslamada muayyan tartib asosida joylashtirish; 5. Ishlov beriladigan namuna yaroqliligini tekshirish ko’rish; 6. Keskich va ishlov beriladigan materialni mustahkam o’rnatish; 7. Stanok ishini erkin yuritib sinab ko’rish, ishga tushirish qutisi sozligini tugmachalar bosish va richaglarni harakatlashtirish yo’li bilan tekshirish. Ish vaqtida 1. Keskichni ishlov beriladigan namunaga bir tekis yaqinlashtirish, qirindi chiqishini oshirib yubormaslik kerak. Stanokdagi detalni egov yoki qattiq tutqichga o’rnatilgan qum qog’oz bilan tozalash. Tutqich saqlash gardishiga ega bo’lish, ish vaqtida qo’l bilan tutib turilishi kerak. 2. Stanokni to’xtatishdan oldin keskich namunadan uzoqroqqa olinadi. Gayka va bolt kallaklariga mos keluvchi kalitlardan foydalanish. Ishlov beriladigan sim stanokdan chiqib turmasligi kerak. Tarmoqda elektr toki uzilsa, darhol stanokni ishdan to’xtat, tugmasini bosib qo’y. 3. Jarohatlanishning ldini olish maqsadida quyidagilar ta’qiqlanadi: - boshni patron yoki ishlov berilayotgan namunaga haddan ziyod yaqin egish; - stanokning aylanayotgan qismlari ustidan buyumlarni uzatish va olish; - stanokka suyanish yoki o’tirib olish, unga asboblarni qo’yish; - stanok ishdan to’liq to’xtamagunga qadar ishlov berilayotgan detal o’lchash, moylash, tozalash va qirindilarni olish; - kesuvchi asbob yoki ishlov beriladigan detalni latta yoki boshqa buyum bilan sovitish; - stanok ishi patronni qo’l bilan ushlab to’xtatish; - stanokni o’chirmagan holda qoldirib ketish; - ishlov berilayotgan detalni ushlash yoki tutib turish; - boshqa xalaqit beruvchi ish yoki suhbatga berilish. IV. Ish tugaganidan so’ng 1. Stanok ishchi qismlarini dastlabki holatiga qaytarish, motorni o’chirish. 2. Stanokda qolgan qirindilarni tegishli asboblar bilan tozalash. 3. Stanokni artish, moylash, asbob va himoya vositalarini tartibga keltirish, o’qituvchi yoki navbatchiga topshirish.. 4. Amaliyot davomida bajarilgan omillar bayoni Biz amaliyot davomida o'zimizning soxa ya'ni mashinasozlik texnologiyasi bilan bog'liq stanok va qurilmalarda ishlashni o'rgandik. Parmalash dastgohida yo'nib kengaytirish ishlarini qildik. Teshik ochish dastgohida detallarga teshik ochdik va ishlov berdik. Stanoklarni boshqarishni o'rgandik va bir qancha detallar yasab, ularga ishlov berdik. Xulosa Xulosam o'rnida shuni aytmoqchimanki "Navoiy IES" aksiyadorlik jamiyatida men o'zim bilmagan ko'plab yangi ma'lumotlar va ishlarni o'rgandim. Texnika xavfsizligi qoidalari va ishni muhofaza qilish bo'yicha kerakli yo'l-yo'riqlarni o'rgandim. "Navoiy IES" AJ xodimlari har bir savolimizga individuval tarzda yondashdilar va o'rgatdilar. http://fayllar.org Download 9.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling