Malakaviy loyiha ishini bajardi: Toshket viloyat Angren shaxar 30 dmtt anarboyev Alisher Maxkamovich
Ovoz sozlash mashqlarining turlari va klassifikatsiyasi
Download 0.52 Mb.
|
Qo\'shiq kuylashga o\'rgatish faoliyatida ovoz sozlash mashqlaridan (2)
2. Ovoz sozlash mashqlarining turlari va klassifikatsiyasi
Mashq - bu bilim olishning asosiy vositasi. Bundan tashqari musiqa mashg’ulotlarida har bir ovozni turlarga ajratib, tovush ko’lami va tusiga qarab bas, bariton, tenor, alt, soprano kabi nomlanadi. Ularga atab maxsus asarlar va mashqlar yaratiladi. Bolalar ovozini aniqlash, ovoz imkoniyatlari tembr, ovoz tusi, tovush ko’lami, o’tish pardalari va boshlang’ich parda primar tonning jarangi kabi belgilar yig’inidisiga ko’ra aniqlanadi, shu sababli ovoz sozlash ishi ovoz va musiqiy imkoniyatlar bilan tanishtirishdan boshlanadi. Tembr - ovoz rangi bo’lib u yumshoq-qo’pol, barxatli-keskin, jarangdor-hasta, shirin turlarga bo’linadi. Tovush ko’lamini mashqlarda aniqlash mumkin: milliy ohanglardan tuzilgan mashqlar orqali ovozni bosqichma-bosqich yuqori pardalarda va pastki pardalarda ayttirish kerak. Ovoz ko’lamini belgilashda o’tish pardalari orqali aniqlanadi. O’tish notalari, jarangi, bosh va ko’krak rezonatorlari hajmi ovoz turini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ovoz imkoniyatlari bilan tanishishda va ovoz ko’lamini belgilashda erkin va tabiiy jarangga ega bitta yo bir nechta tovushni almashtirish mumkin. Bu jarang primar jarang, ya’ni gapirgandagi pardadir. Ovoz tembri va turi ularda yaxshi namoyon bo’ladi. Tabiiy tembrni aniqlash - pedagogning birinchi galdagi vazifasi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni kuylashga o’rgatishda asosiy vazifalar quyidagilardir::
Ovoz sozlash mashg’ulotlarida odatda ovoz apparatini qizitish ko’nikmalarini shakllantiradigan va rivojlantiriladigan mashqlar bajariladi. Cholg’u asbobi jo’rligisiz kuylash, turli tovushlarni takrorlash orqali bajarish mumkin misol uchun: “yorey”, “voyey” yoki oddiy “o” orqali. So’zlar orqali bajarish ham mumkin: buning uchun ovoz mashqini bajarayotgan bolalarga o’zi yaxshi biladigan bir qo’shiqni turli ohanglarga solib kuylatish va boshqichma-bosqich yuqoriga hamda ovozi yetganicha pastki tovushlarida ham ayttirish kerak. Bu asosan ovoz ko’lamini kengaytirish uchun yaxshi yordam beradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling