Malakaviy loyiha ishini bajardi: Toshket viloyat Angren shaxar 30 dmtt anarboyev Alisher Maxkamovich


Download 0.52 Mb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1183762
  1   2   3
Bog'liq
Qo\'shiq kuylashga o\'rgatish faoliyatida ovoz sozlash mashqlaridan (2)


Mavzu: Qo'shiq kuylashga o'rgatish faoliyatida ovoz sozlash mashqlaridan foydalanish (to’plam)
MALAKAVIY LOYIHA ISHI
Malakaviy loyiha ishini bajardi: Toshket viloyat Angren shaxar 30 DMTT Anarboyev Alisher Maxkamovich
Malakaviy loyiha ishi rahbari: Durdona Amanova Kaxramonovna
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
RE’JA:

Kirish.
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qo’shiq kuylashga o’rgatishning ahamiyati
  • Ovoz sozlash mashqlarining turlari va klassifikatsiyasi
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qo'shiq kuylashga o'rgatish faoliyatida ovoz sozlash mashqlaridan foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar.

  • Хulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

Loyiha ishi rahbarining xulosasi
Kirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mutaxassisligining eng murakkab mashg’ulotlardan biri sanaladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qo’shiq kuylashni o’rgatishning o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud bo‘lib, musiqa o’qituvchilaridan mashaqqatli mehnat va mahorat talab etiladi. Musiqa mashg’ulotlarida bolalarga qo’shiq kuylashni o’rgatishdan avval, ovoz sozlashning naqadar muhimligini tushuntirish bilan birgalikda, ovoz sozlashning qulay usullarini ham o‘rgatish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Ushbu malakaviy loyiha ishimizda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qo’shiq kuylashga o’rgatishda ovoz sozlash mashqlari” haqida keltirilgan ma’lumotlar musiqa yo‘nalishida tahsil berib kelayotgan pedagoglar va tarbiyachilar uchun foydalidur.
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qo’shiq kuylashga o’rgatishning ahamiyati
Qo’shiq kuylash bolalarni musiqaga faol jalb etishning eng asosiy shaklidir. Qo’shiq kuylash bolalarda qo’shiqchilik madaniyatining rivojlanishiga, ularning umumiy va musiqiy rivojiga ichki dunyosining tarbiyasiga, dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Qo’shiqning ifodasi ijrosi bolalarning hissiy ta’sirchangligini o’stirib, musiqiy obrazlarni yanada chuqurroq tushunishlariga, ularda musiqiy did va ehtiyojlarning shakllanishiga yordam beradi. Qo’shiq kuylash har bir bola uchun estetik hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar va badiiy ehtiyojlarni ifodalashning oddiy va tabiiy yo’lidir.
Qo’shiqda estetik tarbiyaning ikkita ta’sirchan vositasi so’z va musiqa birlashadi. Qo’shiq o’rgatish jarayoni doimiy vokal mashqlar aytishni va kuyni diqqat bilan tinglashni, uni to’g’ri qaytarish va eslab qolishni talab etadi. Shuning uchun u umumiy musiqiy tarbiyaning eng ommaviy, ta’sirchan vositasidir. Birgalikda kuylash bolalarni bir ijodiy jamoa qilib birlashtiradi. Jamoaviy qo’shiq kuylashda ovoz va eshituv xususiyatlari turlicha rivojlangan bolalar birlashadilar, bu esa o’ziga ishonchi kam bo’lgan, uyatchan bolalarni ham ijodiy ishga jalb etadi. Qo’shiq kuylash tufayli bolalarda metodik, garmonik his – tuyg’ularini his etish, sof intanatsiya faol rivojlanadi, kuylash apparati mustaxkamlanadi, nafas rivojlanadi, qomat to’g’rilanadi, qon aylanish yaxshilanadi. Bu bolalarning jismoniy o’sishga ham ijobiy ta’sir etadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling