Malakaviy loyiha ishini bajardi: Toshket viloyat Angren shaxar 30 dmtt anarboyev Alisher Maxkamovich


Download 0.52 Mb.
bet3/3
Sana10.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1183762
1   2   3
Bog'liq
Qo\'shiq kuylashga o\'rgatish faoliyatida ovoz sozlash mashqlaridan (2)

Q, G’, H, X,
    • Ovoz sozlash mashqlarini bajarishda dastlab undosh tovushlarni uch turga bo’lib olamiz:
    • 1. Ichkaridan talaffuz etiladigan- Bu tovushlarga unli tovushlarni qoshish orqali eng murakkabi og’iz ichkarisidan talaffuz etiladigan haflardan boshlansa maqsadga muvofiqdir. Qog’oz, qalam, qarg’a kabi so’zlarni qo’pollikka yo’l qo’ymasdan yuqori va pastki pardalarda kuylash, imkoniyatiga qarab.

K, G, J, Sh, R
    • 2. Halqumda yoki og’iz markazida talaffuz etiladigan haflar-Ikkinchi navbatda og’iz markazidan taraladigan tovushlar uchun so’zlar topish kerak misol uchun: Kelib gulzorimga, jamoling koray ey yor va hokazo. Bu tovushlarni ham butun ovoz ko’lami orqali bosqichma-bosqich milliy ohanglar orqali aylantirish mumkin.

B, V, D, Z, S, L, M, P,
    • 3. Old tishlar hamda lab orqali talaffuz etiladigan tovushlar- Uchinchi turdagi tovushlarda: bedavo, salomat, chust kabi so’zlar orqali turli mashqlar bajarilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Mashqlar qilishning birinchi bosqichida bu tovushlar turlariga qarab alohida ayttirish kerak. Chunki o’xshash tovushlar Q-K, G-G’, Sh-Ch kabilarni bir-biri bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Bularning farqini aniq kuylagandan so’ng aralash so’zlar orqali talaffuz mashqlarini bajarish mumkin.

Ovoz sozlash mashqlari odatda, Yevropadan kirib kelgan hamda o’z faoliyatimizda ko’p foydalanamiz. Ulardan ovozini qanday ishlatish, yuqori pardalarni ijro qilganda qanday harakat qilishni o’rganishadi. Buni salbiy va ijobiy oqibatlari bor albatta: ijobiy tomoni shundaki - xalqimizning, shinavandalarning qulog’iga yaxshi tarbiyalangan ovozdan bahra olish barobarida bolalar ovoz ishlatish ilmini chuqur o’rgangan holda qo’shiq aytishadi. Salbiy tomoni esa Yevropa ohanglarida mashq qilish natijasida o’zining tabiiy bo’lgan, rostmana o’zbekona ohanggini yo’qotib, begona musiqalarga ergashib, oqibatda esa yangi yaratilayotgan qo’shiqlarining musiqasi ham horijniki bo’lib qolmoqda. Bizga esa bu qo’shiqlar horijdan o’g’irlangandek tuyulaveradi.
Bundan tashqari Yevropa ovoz sozlash mashqlari jarayonida uchramaydigan va aynan bizning milliy musiqa yo’nalishida mavjud bo’lgan bir mashq borki u ham bo’lsa ritmik ya’ni doira usulini ovozda qo’llash
Bugungi kunda ovoz sozlash mashqlarining maqom ohanglari asosida yaratilishi muhim vazifadir. Misol uchun maqomlarning hanglari yoki namudlardan (Namud - ko’rinish, birorta maqomning ma’lum musiqiy qismining boshqa maqomdagi ko’rinishi),1 maqom avjlaridan (avj - bastakorlar tomonidan yaratilagan ma’lum musiqiy ko’rinish bo’lib, maqomlarning kulminatsion qismlarida ishlatiladi)2 tuzilgan mashqlar. Jumladan Ushshoq namudini ijrochilik nafasini kengaytirish uchun “o” harfini kuylash orqali mashq sifatida ishlatish mumkin.
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni qo'shiq kuylashga o'rgatish faoliyatida ovoz sozlash mashqlaridan foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar
Nafas olish yengil shovqinsiz (burun va sal ochilgan og’iz orqali) bo’lishi lozim. Nafas soniyasining ulushida go’yo tutib qolinadi, va shu “yashirin” nafasda kuylay boshlanadi. Nafasni juda tejab, nafas olish muttassilligini saqlashga urinish kerak (xuddi havo olishda davom etayotgandek).
Bu tovush tayanchini sezish imkonini beradi. Yanada chuqur nafas olish uchun bolaga o’zi sevgan gul atirini sekin hidlashini tasavvur qilishni aytish lozim. Bu usul ko’plab ustoz san’atkorlar amaliyotidan o’rin olgan. Ovoz sozlash mashqlari ichidagi ushbu mashqni asta-sekin rivojlantirish va mustahkamlash kerak.
Oldinda turgan vazifalarni o’zlashtirish uchun mashg’ulot boshlanishdagi kayfiyat, bolaning kuylashga tayyorligi va ijodiy holatga kira olishi katta ahamiyat kasb etadi. Faol bo’lmagan, shashti past yosh bolada yuqori natijaga erisha olmaydi.
XULOSA
Kuylash, ashula aytish amaliyotning bir turi sanaladi. Ovoz sozlashga o’qitish ko’p jihatdan bolalaik ovozini hosil qilish, amaliy kasbiy ko’nikmalarini takomillashtirshdan iborat bo’ladi. Kuylashga o’rgatishda ovoz apparati a’zolari kuylovchilik vazifalariga maxsus moslashtiriladi. Bolalar ovozlari jarang ruhiyati haqidagi tasavvurlar musiqiy - mazmunli ifodalilik bilan belgilanadi va ovoz apparati ishiga ta’sir etadi.
Ovozni “boshqariladigan” qilish, uni, itoatkor asbobga aylantirish uchun ovoz hosil qilish apparatining barcha qismlari ustida tizimli, dasturli mehnat talab qilinadi. Ovozni tabiyalashda mashqlarni saralab ijodiy yondoshish va to’g’ri qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh bolalar bilan tanishayotgan har bir pedagog “Qaysi mashqlardan boshlash kerak?” degan savol ustida o’ylanadi. Hamma vaqt ham birdan javob berib bo’lmaydi. Ko’pincha bu bolaga qaysi mashqlarni qay ketma-ketlikda berish kerakligini belgilash uchun o’qituvchidan katta kuzatuvchanlik va vaqt talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rajabov I. “Maqomlar masalalariga doir” T.: 2018 y. 2. Matyakubov Sh “An’anaviy xonandalikda o’qitish uslubiyati” T.: 2015 y. 3. Мatyakubov Sh. “Ansambl ijrochiligi uslubiyati” T.: 2022 y. 4. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Dasrslik. Toshkent. Yangi avlod asri. 2019. 304 b.
5Mirzaeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Ma’ruzalar matni. Toshkent. 2020. 48 b.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling