Malakaviy pedagogik amaliyotdan kundalik hisobot
Download 52.44 Kb.
|
Документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy pedagogik amaliyotdan talabalar uchun eslatma
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTDAN KUNDALIK HISOBOT_____________________________________________________________ (talabaning ismi-sharifi) Fakultet ___________________________________________________ Kurs, guruh __________________________________________________ Ta’lim yo‘nalishi ____________________________________________ ____________________________________________________________ 20____/____-o‘quv yili Malakaviy pedagogik amaliyotdan talabalar uchun eslatma Malakaviy pedagogik amaliyot o‘quv jarayonining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning maqsadi o‘rta va oliy o‘quv tizimida yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, talabalar tomonidan olingan nazariy pedagogik bilimlarni amaliyotga tatbiq etish hamda ularda amaliyot o‘tiladigan o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muasssasalarining tajribalariga asosan o‘qitish mahoratini shakllantirishdir. Malakaviy pedagogik amaliyotga o‘quv rejasida belgilangan nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan o‘tgan talabalar qo‘yiladi. Malakaviy pedagogik amaliyot quyidagilarni qamrab oladi: O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muasssasalarining tajribali o‘qituvchilarining darslariga muntazam qatnashish yo‘li bilan darsni tashkil etish malakasiga ega bo‘lish (passiv amaliyot); O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muasssasalarining tomonidan belgilangan rahbar o‘qituvchi nazorati ostida fanning faoliyat ko‘rsatayotgan dasturi asosida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni qamrab olgan holda darslar o‘tkazish (aktiv amaliyot); Amaliyot rahbari nazorati ostida tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish orqali tarbiyaviy ishlarni tashkil etish malakasiga ega bo‘lish; - Maktab, litseyning o‘quv-uslubiy hujjatlari bilan tanishish. Talaba malakaviy pedagogik amaliyotga borishdan oldin tegishli kafedradan dastur va kundalikni olishi, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bilan tanishishi, kerakli maslahatlarni olishi zarur. Amaliyot davrida talaba quyidagilarga amal qiladi: amaliyot dasturida belgilangan barcha topshiriqlarni bajaradi; amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasining ichki tartib-qoidalariga, muassasa rahbarining buyrug‘i va murabbiyning ko‘rsatmalariga bo‘ysunadi; ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik bazasi bilan tanishadi; ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy hujjatlari, jumladan, o‘quv rejasi, guruh rahbari rejasi va boshqa tegishli hujjatlar bilan tanishadi va ular bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi; ta’lim muassasasi o‘qituvchilari darslarini kuzatadi va o‘z xulosalarini beradi; biriktirilgan o‘quv guruhida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va davomati bilan tanishadi, mutaxassisligi bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Amaliyotda o‘tkaziladigan barcha o‘quv-tarbiyaviy ishlar kalendar-tematik rejada ko‘rsatilishi kerak. Amaliyot davomida talabalar 20 ta darsni kuzatishlari va 8 ta aktiv dars o‘tkazishlari lozim. Amaliyot tugagandan so‘ng talaba 3 kun ichida tegishli kafedraga umumiy hisoboti va kundalik hisobotini ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan berilgan tavsifnoma (taqriz) bilan birga topshiradi. Amaliyotda belgilangan rejani bajarmagan va salbiy taqriz olgan talabaga “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi. Tanishdim: ________________________ talabaning imzosi Download 52.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling