Malakaviy va bitiruv oldi amaliyotini о‘tkazish
1. AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Download 383.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Дастур 2022 йил
5 1. AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI Malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti о‘quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. U “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boyicha)” bakalavr ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv rejaga muvofiq belgilangan. Amaliyotga talaba о‘quv rejasiga binoan ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada himoya qilinadi. Ushbu kurs talabalariga ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash va ishlab chiqarishda yangi bilimlarni shakllantirish hisobiga kelgusi mutaxassislik fanlarini о‘rganishning mohiyatiga yetib borish hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib ishlab chiqarish amaliyoti quyidagi vazifalarni bajaradi: Talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash. Korxona va uning tashkiliy tuzilmalari bilan tanishish. Korxonadagi mehnatni tashkil etish jarayonlari va mehnat muhitini о‘rganish. Korxonada mehnat jamoasi va komandani shakllantirishning amaliy kо‘rinishlarini о‘rganish. Korxona faoliyatini rejalashtirish hamda prognozlashtirish jarayonini kuzatish. Korxonaning maydoni, binolari, ularning joylashuvi, korxonadagi resurslar xarakati, ishlab chiqarish tsexlarining ketma-ketligini о‘rganish. Korxonada boshqaruvni tashkil etilganlik darajasini о‘rganish va unga baho berish. Korxonada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kо‘rsatkichlarini kelib chiqishi va yuritilishini о‘rganish tahlil qilish. Korxonada ishlab chiqarish strukturasini boshqarish jarayonlarini tahlil qilish. Korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini baholash. Korxonaning kadrlar siyosati va mehnatga haq tо‘lash jarayonlarini tashkil etilishini о‘rganish. Iqtisodiyot ta’lim yо‘nalishi boyicha talabalarining malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq. Talaba amaliyot davrida korxona faoliyati, tarixi, tashkiliy masalalarini qoshimcha ravishda о‘rganadi. Download 383.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling