Malakaviy va bitiruv oldi amaliyotini о‘tkazish


Download 383.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana16.06.2023
Hajmi383.17 Kb.
#1494407
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Дастур 2022 йил




 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
 
 
 
 
Malakaviy va bitiruv oldi amaliyotini о‘tkazish 
bо‘yicha 
“Iqtisodiyot” (sohalar va tarmoqlar bo‘yicha) 
ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun 
 
 
AMALIYOT DASTURI 
 
 
 
 
 
 
Farg‘ona – 2022 



 



Ushbu amaliyot dasturi 5230100 ”Iqisodiyot” ta’lim yo'nalishi talabalariga 
malakaviy amaliyotini o'tashda uslubiy yordam sifatida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar: prof. Muminova E.A. 
dots. Axunova Sh. N.
Taqrizchilar: i.f.d. prof. Bo‘taboyev M.T. (FarDU)
Fakultet O‘quv-uslubiy Kengashi raisi:
i.f.n.dots. M.Ashurov 
Uslubiy ko‘rsatma Farg‘ona politexnika instituti
“Iqtisodiyot” kafedrasi uslubiy seminarida 
muhokama qilingan. 
bayon № __ ___ ___ ______ 
Uslubiy ko‘rsatma Farg‘ona politexnika instituti
“Ishlab chiqrishda boshqaruv” fakultetining
O‘quv-uslubiy Kengashida ma’qullangan 
bayon № __ ___ ___ ______ 
Uslubiy ko‘rsatma Farg‘ona politexnika instituti
O‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan
va chop etishga tavsiya etilgan 
bayon № __ ___ ___ _______
 



KIRISH 
 
О‘quv jarayoni zamonaviy talablar hisobga olingan holda «Iqtisodiyot» 
(tarmoqlar va sohalar bо‘yicha) ta`lim yо‘nalishida о‘qiyotgan talabalarning 
malakaviy va bitiruv oldi amaliyotini о‘tkazish boyicha uslubiy kо‘rsatmalar yangi 
о‘quv rejasi hamda Davlat ta`lim standartlari asosida ishlab chiqildi. 
Malakaviy va bitiruv oldi amaliyot Davlat ta’lim standartlari va «О‘zbekiston 
Respublikasi Oliy ta`lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi 
Nizomi»ga asosan tashkil qilinadi. 
«Iqtisodiyot» (tarmoqlar va sohalar boyicha)” ta’lim yо‘nalishi talabalari 
о‘qish davrida egallagan nazariy bilimlarini takomillashtirish va amaliy jihatdan 
takomillashtirishda tashkilot va korxonalarda о‘tkaziladigan amaliyotning о‘rni 
muhim sanaladi. Amaliyot о‘tayotgan talaba nafaqat ishlab chiqarish faoliyati yoki 
xujjatlari bilan balki, ishlab chiqarishdagi norasmiy kommunikatsiyani ham guvohi 
bо‘ladi. Shuningdek, tashkilotning ijtimoiy-tashkiliy ishlarida ham faol ishtirok 
etishi talab etiladi. Bu bilan uning mehnat muhiti va munosabatlarini anglashi 
yengillishadi. 
Ushbu amaliyot dasturida kо‘rsatilgan amaliyot turlarini har birining 
yakunida talaba tomonidan hisobot tayyorlanadi va himoya qilinadi. Hisobotining 
mazmuni va himoyasining sifatiga qarab uni amaliyotni о‘tashiga baho beriladi.
Mazkur amaliyot dasturlari tо‘plami О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim 
tо‘g‘risida”gi Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy 
ta’limning Davlat ta’lim standarti: 230000 – Iqtisod ta’lim sohasining Davlat ta’lim 
standarti”, О‘zbekiston respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 
yil 24 avgustdagi 603-sonli, 2018 yil 25 fevraldagi 744-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan va amalga kiritilgan “bakalavriat ta’lim yо‘nalishining malaka 
talablari” va о‘quv rejalar asosida ishlab chiqildi. 

Download 383.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling