Malayziya Federatsiyasi
Download 1.15 Mb.
|
1489724639 65829
Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN)da uchinchi va butun dunyoda yigirma to‘qqizinchi o‘rinda turadi. 1970-yillarda mamlakat iqtisodi yerosti boyliklarini qazib olish va qishloq xo‘jaligiga asoslangan edi. 1980-yillardan ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga o‘tildi, sanoat tarmog‘i keng rivojlandi. 1997 yilgi Osiyo iqtisodiy inqirozidan so‘ng Malayziya qo‘shnilariga nisbatan juda tez tiklandi.
Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i xalqaro savdodir, keyingi o‘rinda ishlab chiqarish turadi. Katta miqdordagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni, jumladan, neftni eksport qiladi. Elektronika va axborot texnologiyalarini eksport qilish bo‘yicha ham yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Elektron chiplar va maishiy konditsionerlar eksporti bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda. 2002 yili mamlakat o‘z koinot dasturini ishga tushirdi. Avtomobil sanoati ham rivojlangan, “Proton” belgisi ostida yengil mashinalar ishlab chiqariladi. Sayyohlik xizmati yuqori darajada taraqqiy topgan. Bu tarmoq chet el valyutasini olib kirish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi va mamlakat iqtisodiyotining yetti foiziga egalik qiladi.
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling