Malekulyar kinetik nazariyasi asoslari
Download 0.65 Mb.
|
kamol kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Asosiy qism 2.1 Akademik Litseylarda “Molekular fizika” bo’limining mazmuni va uning nazariy taxlili. Molekular-kinetik nazariyaning asoslari.
- Molekular-kinetik nazariyaning yaratilishi.
- Abu Rayxon Beruniy o’z asarlarida moddalar mayda zarralardan tuzilganligi, ular orasida tortishish kuchi mavjudligi haqida mulohaza yuritgan.
- J.Maksvellning
- Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi
- 2.3 Akademik Litseylarda “Molekular fizika” kursini mazmuni va o’qitish metodikasini takomillashtirish .
- Dars mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
- Mashg’ulotining texnologik kartasi
- Mashg`ulotning borishi Asosiy atamalar va tushunchalar
Mavzu: Akademik litseylarda “Malekulyar kinetik nazariyasi asoslari “ mavzusini o`qitish metodikasi Reja:
I. Kirish II.Asosiy qism 2.1 Akademik Litseylarda “Molekular fizika” bo’limining mazmuni va uning nazariy taxlili. 2.2 Akademik Litseylalarda “Molekular fizikani” o’qitish 2.3 Akademik Litseylarda “Molekular fizika” kursini mazmuni va o’qitish metodikasini takomillashtirish. III.Xulosa I.Kirish O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin barcha sohalarda iqtisodiy, ijtimoiy, ta`lim, siyosiy barcha sohalarda tub isloxatlar amalga oshirildi.Bu ishlar albatda davlatimiz prezidenti I.A.Karimov boshchiligida olib borildi. Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining amaliy jixatdan yangi me'yoriy-xuquqiy poydevori yaratildi. Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari uchun yuqori malakali pedagog va muxandis-pedagog kadrlar tayyorlash, ularni saralash, attestatsiyadan o'tkazish, boshqaruv kadrlar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash bo'yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi
Modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: 1. Moddalar molekula (atom)lardan tashkil topgan. 2. Modda molekula (atom)lari to’xtovsiz va tartibsiz harakat qiladi. 3. Modda molekula (atom)lari bir-birlari bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi
Molekular-kinetik nazariyaning yaratilishi ko’p asrlik tarixga ega. Qadimgi Yunonistonning buyuk mutafakkiri Demokrit tabiatdagi barcha narsalar bo’linmas zarralar – atomlardan tashkil topganligini birinchi bo’lib aytgan. Uning ta’limotiga ko’ra, atomlar eng mayda, bo’linmas va o’zgarmas, moddiy zarralar bo’lib, fazoda doimo har tomonga harakat qiladi. Sharqning buyuk allomasi Abu Rayxon Beruniy o’z asarlarida moddalar mayda zarralardan tuzilganligi, ular orasida tortishish kuchi mavjudligi haqida mulohaza yuritgan. Rus olimi M.N Lomonosov moddalarning tuzilishi va xossalarini molekulalarning harakati va o’zaro ta’siri asosida tushintirgan. Turli davrlarda yashab ijod etgan olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari asosida ingliz olimi J.Maksvellning 1859-yildagi, avstriyalik olim L.Bolsmanning 1868-1871-yillardagi, amerikalik olim J.Gibbsning 1901-yildagi kashfiyotlari natijasida bosqichma-bosqich modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasi yaratildi. Molekulyar fizika va issiqlik hodisalarini o`rganish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega‚ hamda issiqlik texnikasini va ma`lum texnik xususiyatlarga ega bo`lgan materiallarni yaratish sohasidagi fan va texnikaning quyidagi ulkan yutuqlarini namoyon qiladi: —issiqlik hodisalarini bilish mumkinligi va ularga xos xususiyatlar haqidagi ilmiy tasavvurlarni solishtirish; —makro va mikro kattaliklar orasidagi sabab va oqibatli bog`liqliklarni ehtimoliy-statistik xarakterini ochib berish; —o`rganilayotgan nazariya qonun va tushunchalarini tadbiq etish chegaralarini aniqlash; —olamni hozirgi zamon tabiiy ilmiy manbalarini vujudga kelishi va rivojlanishida molekulyar kinetik nazariyani ulkan rolini ko`rsatib berishni o`z ichiga oladi. Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi: P = n tenglamaning o’ng tomonini 2 ga ko’paytiraylik va bo’laylik, natijada quyidagi formula hosil bo’ladi: P = n Ideal gazning bosimi hajm birligidagi gaz molekulalari o’rtacha kinetik energiyasining uchdan ikki qismiga teng. Temperatura jismning issiqlik holatini miqdor jihatdan aniqlaydigan fizik kattalikdir. “Temperatura” lotinchada “holat’ degan ma’noni bildiradi. Temperaturaning mumkin bo’lgan eng past qiymati – 273,160C gat eng. Temperaturaning bu qiymati absolyut nol temperatura deyiladi. Kelvin tomonidan 1848-yida taklif etilgan absolyut temperatura shkalasi Kelvin shkalasi deb ataladi. Kelvin shkalasi bilan ifodalangan temperatura T bilan belgilanadi va Kelvin (1 K) hisobida ifodalanadi. Kelvin shkalasi bo’yicha temperatura birligi qiymati Selsiy shkalasidagi qiymatga teng, ya’ni 1K = 10C. Kelvin shkalasi bo’yicha T temperatura bilan Selsiy shkalasi bo’yicha olingan t temperatura orasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalangan:
Akademik litseylarida “Molekulyar fizika”ni o`qitishda o`quvchilarni maktabda ya`ni 6- va 9-sinflarda olgan boshlang`ich tushunchalarini yanada rivojlantirish maqsadida‚ ya`ni oddiydan boshlab murakkabga qarab o`qitilishini nazarda tutib‚ talabalarning boshlang`ich bilimga ega bo`lganini bilganholda “Molekulyar fizika” fani o`qitiladi. Akademik litseylarda o’quvchilar o‘zlari tanlagan yo’nalish bo’yicha bilimlarini oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o’zlashtirish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Aniq fanlarga yo’naltirilgan akademik litseylarda fizikaning “Molekulyar fizika” bo’limi ham maktab va kasb-hunar kollejlariga jumladan tabiiy fanlarga yo’nalgan akademik litseylarga nisbatan kengroq va chuqurlashtirib o’tiladi.Ko’proq bu bo’limda masalalar yechishga e’tibor qaratiladi. “Molekulyar fizika”bo’limi olamning hozirgi zamon fizik manzarasini o’rganishda fundamental o’rinni egallaydi, chunki barcha moddalar atomlar va mayda zarralardan tashkil topgan, ular uzluksiz harakatda bo’lib,uzoq masofalarda tortishishadi,bir biriga juda yaqin kelsa itarishadi. Akademik litsey fizika kursida “Molekulyar fizika “ alohida o’rin egallaydi,chunki moddalarning tuzilishi va xossalari asosida ilmiy dunyo qarashi shakllantarish,fizika o’qitishning asosiy vazifalaridan biridir.Moddalarning ichki tuzilishi masalasi ximiya, biologiya,astronomiya va boshqa fanlarga ham singib ketgan. Molekulyar fizikani o’qitishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish yo’llari quyidagicha bo’ladi. Bo’limga taalluqli bilimlar sistemasi yaxlit,mantiqan zid bo’lmagan va fizika kursi bilan shunday ichki bog’lanishga ega bo’lishi lozimki,bu bo’limning g’oyalari butun kurs bo’yicha izchil va keng qo’llanib,olamning fizik manzarasini shakllantirishda zamin bo’lib xizmat qiladi.Bo’limning strukturasi shunday bo’lishi kerakki,o’quv materiallarini induktiv va deduktiv bayon qilishda o’quvchilar,ilmiy bilishning molekulyar kinetik, statistik va termodinamik metodlarini birgalikda qo’llashning afzalliklarini o’rishi, o’quvchilar bu metodlarning o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga amalda tadbiq qila oladigan malakaga ega bo’lishlari, hamda molekulyar fizikaning amalda qo’llanilishining ilmiy asoslarini tushuntirishlari kerak. Akademik litseylarda “Molekulyar kinetik nazariya” mavzusini o’qitishda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Fizika o’qitishning birinchi bosqichida har xil agregat holatdagi moddalarning xossalarini tushuntirishda, molekulyar-kinetik tasavvurlarni rolini oshirish nazarda tutiladi. Fizika o’qitishning ikkinchi bosqichida molekulyar fizikani o’rganishda izchillik tamoyilini amalga oshirish; birinchi bosqichdagi sifat jihatdan tushuntirishlarni ikkinchi bosqichda, miqdoriy qonuniyatlar darajasiga olib chiqish. Ikkinchi bosqichda o’quv materialini umumlashtirish, ya’ni uni shunday tanlash va o’qitish kerakki, diqqatni molekulyar fizikaning asosiy tushunchalari, qonunlari va metodlarini o’rganishga keng ko’lamdagi issiqlik hodisalari va jarayonlarini “Molekulyar kinetik nazariya” asosida umumlashtiririshga jalb qilish. Dinamik vastatistik qonuniyatlarning mohiyatini, olamning moddiyligi va birligi g’oyasini, modda tuzilishi va mikrojarayonlarni bilish mumkinligini yoritish asosida talabalarda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish Hozirgi o’tish davrida milliy dasturda aytilganidek, ta’lim taraqqiyotining rivoji maqsadida o’rta maxsus bilim yurtlari akademik litseylar va o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari tashkil etildi. 9 yil davomida maktabda o’quvchilar umumiy tayanch ma’lumotlarini olsalar, o’rta maxsus bilim yurtlarida ular o’zlari tanlagan yo’nalishi bo’yicha bilimlarini oshirishda va oliygohlarga kirish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan fanlardan saboq olish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar
Akademik litseylarida molekulyar fizikani o’qitishni takomillashtirishning quyidagi yo’llari mavjud; — bo’limga tegishli bilimlar tizimi yaxlit, mantiqan zid bo’lmagan va fizika kursi bilan shunday ichki bog’lanishga ega bo’lishi lozimki, bu bo’limning g’oyalari butun kurs bo’yicha izchil va keng qo’llanib, olamning fizik manzarasini shakllantirishda zamin bo’lib hizmat qilsin; — bo’limning tarkibi shunday bo’lishi kerakki, o’quv materiyalini induktiv va deduktiv bayon qilishda o’quvchilar, ilmiy bilishning statistik va termodinamik metodlarini birgalikda qo’llashning afzalliklarini ko’rsin. Ular bu metodlarni o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga amalda tadbiq qila oladigan malakaga ega bo’lishlari, hamda molekulyar fizikani amalda qo’llanilishining ilmiy asoslarini tushunishlari kerak; — molekulyar fizikaning tushunchalari, qonunlari va nazariyalarining talqini va rivojlanishi, hozirgi fizika fanida ularni tushunish bilan aynan bir xil bo’lib, ularni o’rgatish, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishning oldiga qo’yilgan maqsadga erishishga imkon yaratishi zarur. Dars mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Mashg’ulotining texnologik kartasi
Mashg`ulotning borishi Asosiy atamalar va tushunchalar: molekulyar kinetik nazriya, izоjаrаyonlаr, izоtermik, izоbаrik, izохоrik . Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling