Maltusning iqtisodiy ta’limoti
Download 20.88 Kb.
|
Maltusning iqtisodiy ta’limoti
Maltus «doktrinasi»
Tugulishni kamaytirish uchun u nikox yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafakalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi. Maltus bu tankidlardan xulosa chiqarib, 1820 yilda o‘z asarini qayta ishlab chikdi va unda o‘z fikrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa ystiga dam -badam yogilib turadigan va axolini ulimga maxkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb xisoblashdan voz kechdi va kechirim suradi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib utdi, ammo u o‘zining bosh fikridan kaytmadi. Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik jixatdan noto‘g‘ri edi, chunki xech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat xayotida qullaniladi, vaxolangki insonlar usimlik va xayvonot dunyosidan farqli ularok, faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chikadilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Maltus progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochikdan-ochik soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma’lumotlar AQShning XVIXVIII asrlardagi axoli o‘sishiga nisbati sifatida keltiriladi, bu mamlakat axolisining asosan Yevropa axolisining emmigratsiyasi xisobiga ko‘payganligi xaqidagi «arzimas» fakt esa xisobga olinmagan (tabiiy o‘sishi bor, emmigratsiya bor). Maltus iqtisodiyotining bir qancha boshqa masalalari bo‘yicha ham o‘z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, foyda va realizatsiya bo‘yicha g‘oyalari dikkatga sazovardir. Maltus o‘z masalalarini xal etishda d. Rikardoning g‘oyalariga qarshi chikdi va bunda A.Smitdan foydalanadi. Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mexnat bilan aniklanadi. Maltus g‘oyasining «Yangiligi» shu «kimmat ulchovi»ni izoxlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mexnat uni ishlab chiqarishga ketgan mexnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mexnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatkich tirik va jonsiz mexnat plyus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi bunda qiymatning xosil bo‘lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga kuchiriladi, iste’mol qiymati esa almashuv qiymati bilan korishtirilib yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish xaqidan tashqari foydani ham to‘lashi kerak, deb uylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal qo‘shimcha deb xisoblanadi. Foyda mexnatdan ajratib kuyiladi, ya’ni kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovarni o‘z qiymatidan ortiqka sotish tufayli payda bo‘ladi, noekvivalent ayriboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g‘oyalariga kaytish ro‘y beradi, qiymatning xosil bo‘lishida mexnatning roli ikkinchi darajali qilib ko‘rsatiladi. Maltus g‘oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Xozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlardagi og‘ir axvolni tushuntirishda bu olimning qarashlariga asoslanish mumkin. Ayniqsa janubiy koreya davlatining rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 1950-60 yillarda axoli o‘sishi yiliga 3% ni tashqil etgan paytda, iqtisodiy rivojlanish past bo‘lgan bo‘lsa, 90- yillarda axolining o‘sishi 1%ga tushgan paytga kelib, iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham axolining o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish muammolarini xal etishda bu olimning ba’zi g‘oyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mayda ishlab chiqaruvchi nazariyotchilar kapitalizmni, to‘g‘rirogi yirik ishlab chiqarish tomonidan xar tomonlama keng o‘rganilishi iqtisodiy bilimlar tarixida bu maktabning munosib urnini belgilab berdi. S.Sismondi va uning g‘oyalari sanoat inqilobi, kapitalizmning nixoyatda tez sur’atlarda rivojlanish davrida birinchilardan bo‘lib, shu jamiyat iqtisodiy negizini va ijtimoy tuzumini taxlil qilishda o‘z aksini topdi. Kapitalizmning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jixatlari ham ochib berildi P.J. Prudonning mayda ishlab chiqarish g‘oyalari Fransiyada va G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng yoyildi. Prudon qarashlarida ham ikkiyoklamalilik va fikrlar korishmaligini uchratishimiz mumkin. Shunday bo‘lsa ham Prudonizm g‘oyalaridan kapitalizmni islox qilish to‘g‘risidagi fikrlardan xozir ham sotsial isloxotchilik ayrim ko‘rinishlari keng foydalanmoqdalar. XU111 asr oxiri -X1X asr o‘rtalarida klassik iqtisodiy maktabga muqobil iqtisodiy g‘oyalar paydo bo‘la boshladi va xozirgacha davom etmoqda. Bunday bo‘lishning birinchi sababi dialetik rivojlanish bo‘lsa, ikkinchidan klassik maktab g‘oyalari ham, ya’ni bozor iqtisodiyoti tamoyillarining bekamu-kust emasligida, shart-sharoitga qarab u yoki bu tamoyilning amaliy ta’siri xar xil bo‘lishidadir. Download 20.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling