Ma’lum bir tilga xos tovushlar
Download 13.5 Kb.
|
LEKSIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- LEKSIK MA’NO.
2 savol Ma’lum bir tilga xos tovushlar shu tilning fonetik tizimini, so‘zlar leksik tizimini tashkil etadi. Bir tildan ikkinchi tilga o‘zlashgan so‘z ayrim hollarda shu tilning fonetik tizimiga - talaffuz me’yorlariga moslashadi. Masalan, o‘zbek tiliga rus tilidan kirgan ayrim so‘zlar o‘zbek tili talaffuz me’yorlariga moslashgan: чайник-choynok, поднос-patnis. Aksincha, o‘zbek tilidan rus tiliga o'zlashgan so‘zlar rus tilining talaffuz me’yorlariga bo‘ysungan: qorovul — караул, karvon — караван, bozor -базар. 3savol LEKSIK MA’NO. Lug’aviy birlikning mazmun plani ikki hodisadan-lug’aviy ma’no va stilistik (emotsional-ekspressiv) bahodan tarkib topadi. Lug’aviy ma’no leksemaga nisbatan leksik ma’no deb, frazemaga nisbatan frazeologik ma’no deb yuritiladi. Leksemani gavdalantirgan tovushlar tizimining voqelikka nisbatan beriladigan lug’aviy mazmuniga (nimadir nomlashiga, ifodalashiga) leksik ma’no deyiladi. Masalan, kuz leksemasi yoz bilan qish orasidagi faslni nomlaydi, oq leksemasi qoraning ziddi bo’lgan rangni bildiradi, to’rt leksemasi uch bilan besh orasidagi butun miqdorning nomi bo’lib xizmat qiladi: so’zlamoq, uxlamoq leksemalari ma’lum harakat va holatni anglatadi. Download 13.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling