Ma’lumki, adabiy til muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlashtirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli


Download 14.82 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.82 Kb.
#1590448
Bog'liq
maqola 1

Ma’lumki, adabiy til muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlashtirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng adabiy tilni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor ya’nada kuchaydi. Keyingi yillarda ayniqsa ta’lim sohasining bosh bo’g`ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimiga ahamiyat siyosat darajasiga ko’tarildi. Prezidentimizning 2019 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Yurtboshimiz Sh.Mirzoyev o’z ma’ruzalaridan birida quyidagi fikrlarni ta’kidlab o’tadi “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir”. 1


Bolaning nutqining paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganish nafaqat psixologiya nuqtai nazaridan dolzarb, balki shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Nutq kommunikativ faoliyat tarkibidagi tarkibiy element, bu esa o'z navbatida bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Aloqa va nutq orqali bola insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi xazinasidan ma'lumot olishni o'rganadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning og'zaki monologik nutqini rivojlantirish maktabda muvaffaqiyatli o'qitish uchun asos yaratadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga boʻlgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi - bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirish muhim va qiyin vazifadir. Ushbu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish ham bolalarni yaqinlashib kelayotgan maktabga tayyorlash uchun, ham boshqalar bilan qulay muloqot qilish uchun zarurdir. Bolalar nutqini rivojlantirish boʼyicha yurtimiz va MDH davlatlari pedagoglari qator izlanishlar olib borishganki, xususan, R.Inogʼomova, L.Moʼminova, V.Gerbova, M.Konin, G.Lyamina, O.Ushakovalarning pedagogik xazinasidan foydalanib MTTda nutq oʼstirish ishlarini mazmunli tashkil etish mumkin.
Til ijtimoiy hodisa bo’lganligi uchun ham u kishilarda mustaqil holda mavjud boladi. Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa boglashi jarayonida vujudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog‘langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish.
Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‘ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so‘zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so‘z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o‘sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o ‘z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o‘ziga qarata aytilgan nutqni, so‘zlar ma’nosini tushuna boshlaydi.
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so‘zlar va so‘z shakllarini o‘zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o ‘rtasidagi o ‘zaro bog'liqlik haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlami yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Axloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur.Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z maʼnosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi.Og‘zaki nutqni o‘stirish bo'yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalami o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini ona tilini o‘rgatishda multimediali taʼlim texnologiyalarini tatbiq etish ham juda muhim sanaladi. Media ta’lim nima? Media ta’lim interfaol, bolaga individual ta’sir etadigan usul sifatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media ta’lim bolani mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatadi.0 ‘quv xonalariga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internet olib kirilmoqda. Bulaming barchasi media ta’lim nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.Media ta’limning asosiy mazmuni mediamadaniyat (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) tilini, uning tarixini bilish, tushunishdir Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.
1. Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tayyorlanadi hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foydalaniladi.
2. Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola kattalar kabi kompyuterda ishlashga qodir emas.
Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.
3. Bilvosita dialog - virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi va bola mashqlarni, kompyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyorlov guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar asosida olib boriladi. Yangi mashg‘ulotlarni o‘rgatishga qaratilgan, tekshiruvchi - sinovchi, majmuaviy «sayohat yoki «ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.
Mashg‘ulotning komyuterli o‘yin shakli.Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro ‘parasi ga joylashtiradi.Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga chiqaradi. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. O‘rganilgan material mustahkamlanadi. Bolalarning mashg‘ulot davomida olgan bilimi baholanadi. Oʻrganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladii. Multimedia texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Kompyuterli mashg'ulotlarning aksariyati birlashgan mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilarning kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emasligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham bolaning kompyuterda shug‘ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali oraliq bosqichi o‘tkaziladi.Mutaxassislaming fikricha, insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolari yordamida qabul qilingan ma’lumotni besh marotaba ko‘p eslab qolish mumkin. Sababi - eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to‘g ridan-to‘g‘ri xotiraga o‘tadi va saqlanadi.[2 ]Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida maktabga tayyorlov guruhi bolalarini savod chiqarishga tayyorlash, elementar matematik bilim berish va atrof-olamni o‘rganish, ta’lim o‘yinlari yo‘nalishlari bo‘yicha, quyidagilar qayd etilgan: nutq o‘stirish bo‘yicha nutq-tovush madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, nutqning garmmatik tuzilishini shakllantirish, lug‘atni boyitishni jadallashtirish, matematika bo‘yicha son-sanoq, miqdor, shakllar, fazoviy tasavvurlar, vaqt haqida tasavvur hosil qilish. Ta’limiy o‘yinlar bo‘yicha rangni top (ranglarni to‘g‘ri ajratish), shaklini top (doira kvadrat, uchburchak va boshqa shakllar), halqalarning shakli va ranglari bo‘yicha o‘yinlar, tabiat bilan tanishtirish bo‘yicha gulzorga ekskursiya, paxta dalasiga sayohat, kabutar singari qushlarni kuzatish, ularning xususiyatlari va farqi, havo va uning xossalari bilan tanishtrish, suv va uning xususiyatlari bilan tanishtirish kiradi.
Shunday qilib, maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterli ta’limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun mashg’ulot shakli, mazmuni, o‘tkazish metodikasi va baholash mezonini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba’zi MTMlarda kampyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun, MTM sharoitida kompyuterdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg’ulot mobaynida multimedia texnologiyasidan foydalanganda u yoki bu materialni o‘rganishda vaqtni tejash hisobiga ta’lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.

1. Adilova S. Multimedia va ulami ta'lim jarayonida qo‘llash // Pedagogik



ta'lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 20-21.

31 M aktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari uchun o ‘quv m odullari
3-modul: Bosh shaxsini rivojlantirishga y o‘naltirilgan ta'lim . T-2012 y.
Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling