Ma’lumki, jamiyat ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, individlar, tabaqalar, sinflar birlashuvidan, jipslashuvidan tarkib topar ekan, uni boshqarish uchun ma’lum siyosatni olib borishni taqozo etadi


Download 42.55 Kb.
bet5/5
Sana22.03.2023
Hajmi42.55 Kb.
#1286670
1   2   3   4   5
Bog'liq
ijtimoiy siyosat

-uzviylikdir. Bu hususiyatning mohiyati shundan iboratki, siyosiy munosabatlar qanday sharoitda, qanday ko’chlar tomonidan olib borilishidan qat’iy nazar, to’xtovsiz davom etadi. Tarixiy taraqqiyotning biron-bir bosqichida bu munosabatlarning batamom to’xtab qolganligi amaliyotda uchramaydi. Turg’unlik yillarida ham siyosiy munosabatlar to’xtamagan.
Siyosiy munosabatlarning uzluksiz davom etishi obyektiv hodisadir. Bu munosabatlar tezroq yoki sustroq rivojlanishi, siyosiy taraqqiyotga ko’chli yoki ko’chsiz ta’sir qilishi mumkin. Ammo bu hol siyosiy munosabatlarning uzluksizligini inkor etmaydi. Ana shu uzluksizlik asosida siyosiy munosabatlarning rivojlanishi davom etadi. Siyosat subyektlari o’rtasida keskin qarama-qarshiliklar ro’y bergan sharoitda ular orasidagi siyosiy aloqalar to’xtab qolishi, hamkorlik munosabatlari tushkunlikka yuz tutishi mumkin. Ammo siyosat subyektlarining fuqarolar bilan bo’lgan siyosat munosabatlari hech qachon to’xtamaydi va ular ayrim ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar asosida uzluksiz davom etadi. Siyosiy munosabatlardagi uzluksizlik qanchalik barqaror bo’lsa, bu jamiyatning umumiy rivojlanishiga shunchalik ijobiy ta’sir etadi.
Siyosiy munosabatlarga hos bo’lgan yana bir hususiyat uning asta-sekinligidir. Bu hususiyat ham obyektiv hodisadir. Shu sababdan ham siyosiy munosabatlarni sun’iy ravishda tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin emas. Bu munosabatlar jamiyat hayotida ro’y beradigan o’zgarishlarning borishiga muvofiq holda rivojlanib boradi.
Ammo siyosiy munosabatlarning asta-sekinlik bilan borishini mutlaq ma’noda tushunmaslik lozim. Ba’zan ayrim yoki bir guruh mamlakatlarda siyosiy munosabatlarning oqimi tezlashishi, boshqa mamlakatlarda esa sekinlik bilan davom etishi mumkin. Bunday tezlashish hodisasi, odatda siyosiy hokimiyatlar o’zgarganda, jamiyat hayotida keskin siyosiy muammolar kelib chiqqanda, davlat bilan boshqa siyosat subyektlari o’rtasida qarama-qarshiliklar ko’chayganda ro’y beradi. Bunday sharoitda mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan siyosatning turli subyektlari hukmron siyosiy ko’chlar tomonidan olib boriladigan siyosiy yo’lga o’z munosabatlarini bildirib, voqealarning borishidan o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanishga harakat qiladilar.
Siyosiy munosabatlarning rivojlanishi o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Buning uchun siyosat subyektlarining faol harakat qilishlari, ularning siyosiy munosabatlarining samarali borishiga yordam beradigan tamoyillarga qat’iy amal qilishi ahamiyatlidir. Bunday tamoyillarga quyidagilar kiradisiyosiy munosabatlarda tomonlarning manfaat va maqsadlari bilan hisoblashish, bu munosabatlarni o’zaro ishonch va teng huquqiylik asoslarida olib borish, siyosiy munosabatlarda ro’y beradigan mojarolarni o’zaro kelishuvlar asosida hal etish, zuravonlik, duk-pupisalar qilishdan voz kechish, boshqalarga o’z hukmini o’tkazishga yo’l quymaslik singari tamoyillarga amal qilish zarur. Siyosat subyektlari o’z faoliyatida bu tamoyillarga og’ishmay amal qilgan taqdirdagina siyosiy munosabatlarda samara yuqori bo’ladi.
Siyosiy munosabatlarning rivojlanishida siyosat subyektlarining bir-biriga hukmini o’tkazmaslikka, o’zaro munosabatlarda yetilgan muammolarni o’zaro kelishuvlar asosida hal qilishga intilishlari katta ahamiyatga egadir. Mustaqil O’zbekiston davlatida siyosatning barcha subyektlari o’zaro munosabatlarda tomonlarning manfaatlarini e’tiborga olishga, bir-birlari bilan ishonchli aloqalar o’rnatishga intilmoqdalar, bir-birlarining ichki ishlariga aralashish, siyosiy aloqalarni olib borishda o’zaro ishonchsizlik singari hollar uchramaydi.
Ma’lumki, ziddiyatlar har qanday taraqqiyotning, shu jumladan jamiyat siyosiy rivojlanishining ham harakatlantirunchi ko’chi, ichki manbai hisoblanadi. Ammo ziddiyatlar bilan birga siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlarda qarama-qarshilik hodisasi ham bo’ladi. Agar ziddiyatlar orqali siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlarda rivojlanish ro’y bersa, qarama-qarshilik orqali esa tushkunlikka yuz tutiladi. Demak, ularning harakati turlicha oqibatlarni keltirib chiqar adi.
Siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlarda amal qiladigan ziddiyatlarga quyidagilar kiradi: siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlardagi muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar; siyosatning turli ziddiyatlar; siyosatning alohida subyektlari bilan fuqarolar o’rtasidagi ziddiyatlar; siyosiy jarayon va siyosiy munosabatlar nazariyasi bilan amaliyoti o’rtasidagi ziddiyatlar. Bunda kurinib turibdiki, siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlarda bo’ladigan ixtiloflar ijtimoiy hayotning ichki ziddiyatlari, siyosatni amalga oshirishga qaratilgan xatti-harakatlar, ko’rsatma va tavsiyalar bilan turli ijtimoiy guruhlar manfaatlari o’rtasidagi, shuningdek, siyosatning subyektlari o’rtasidagi manfaatlarning nomuvofiqliklaridan kelib chiqar ekan. Siyosat bunday ziddiyatning kelib chiqishi sababini oldini olishi, mamlakat aholisining turli ijtimoiy guruhlari, tabaqalari va qatlamlarining manfaatlarini uyg’unlashtirishi zarur.
Agar siyosiy jarayonlarda mavjud bo’lgan muammolarni hal qilish davrida mavjud imkoniyat hisobga olinmay harakat qilinsa, unda ziddiyat harakati oqibati jihatidan avvalgisidan keskinroq bo’lgan muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Yoki aksincha, zarur imkoniyatlar yetilishidan samarali foydalanish katta ijobiy holatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, O’zbekiston davlati olidida mustaqilikka erishgandan so’ng davlat suvereniteti asoslarini yaratish asosiy siyosiy muammolardan biri bo’lib qoldi. Buning uchun asosiy imkoniyat respublika Konstitusiyasini ishlab chiqish va qabul qilishdan iborat edi, so’ngra davlat ramzlari – Bayrog’i, Gerbi, Madhiyasiga, davlat tiliga hamda mustaqil ichki va tashqi siyosatga ega bo’lishi lozim edi. Bu esa O’zbekiston Respublikasida mavjud ziddiyatlar harakatidan to’g’ri foydalanish orqali yuqoridagi imkoniyat voqelikka aylantirildi.
Siyosat subyektlari bilan fuqarolar o’rtasidagi ziddiyat ayniqsa, davlat bilan fuqarolar o’rtasida yaqqol ko’zga ko’rinadi. Masalan, ayrim mamlakatlarda ro’y berayotgan fuqarolik urushlari, ko’cha namoyishlari, norozilik mitinglari bunga misoldir.
Siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlardagi ziddiyatlar yo’qolib ketmaydi, ular bu sohadagi muammolarning hal qilinishiga qarab yangidan paydo bo’laveradi va shu tariqa bu sohada rivojlanish, taraqqiyotga erishib borilaveradi.
Download 42.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling