Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnik salohiyatga EGA bo‘lib, uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to‘g‘ri keladi


Download 21.98 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi21.98 Kb.
#1554341
  1   2   3
Bog'liq
YASHIL IQTISODIYOT(1)


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnik salohiyatga ega bo‘lib, uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, respublikadagi quyosh nuridan energiya ishlab chiqarish salohiyati yiliga 525-760 mlrd. kVt.s. ni tashkil etadi. Buning sababi, mamlakatimizda quyoshli kunlar yiliga o‘rtacha 320 kunni va faol quyosh nurlari 3000 soatni tashkil etadi.
Shu bilan birga, O‘zbekistondagi shamol energetikasining hisobiy salohiyati 500 GVtni yoki amaldagi energotizimdan 30 barobar ko‘p bo‘lgan quvvatli qurilmalarni joylashtirish imkonini beradi.
O‘tkazilgan tahlillar iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlashda o‘zaro bog‘liq muammolar va ehtiyojlar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi iqtisodiyotning resurslarga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda hamda issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.
Avvalambor, "yashil" iqtisodiyot haqida to‘xtalsak. "Yashil" iqtisodiyot atamasi 1990 yillar boshidan iste’molga kirib kelgan bo‘lib, bu insoniyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘un o‘zaro ta’sirni qo‘llab-quvvatlaydigan va bir vaqtning o‘zida har ikkala ehtiyojni birday qondirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni anglatadi.
Xalqaro hamjamiyatda "yashil" iqtisodiyot Strategiyasiga insoniyat rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik, energetik, oziq-ovqat va iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan asosiy yechim sifatida qaralmoqda.
O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shilishi munosabati bilan issiqxona gazlarini qisqartirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarni zimmasiga oldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi doirasida 2019 yil uchun qabul qilingan davlat dasturining 250-bandida mazkur Strategiya ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o‘tish Strategiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash, "yashil" iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqishlar belgilangan.
Shu bilan bir qatorda, Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish;

  • ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish va yalpi ichki mahsulot uglerod sarfi hajmini kamaytirish;

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;

  • 100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;

  • sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash, energiya samaradorligini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat jarayonlaridan yanada keng foydalanish hisobiga ularning barqarorligini ta’minlash;

  • energiya samaradorlik va ekologik jihatdan yaxshilangan tavsiflarga ega motor yoqilg‘isi va avtotransport vositalari ishlab chiqarishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, elektr transportini rivojlantirish;

  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40 foizgacha oshirish;

  • yerlarning tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishish;

  • asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishishdir.

Anjumanda, shuningdek, O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya ko‘mitasi, mas’ul vazirliklar va idoralar, NNT vakillari ishtirok etishdi. Ular ham o‘z navbatida, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi mavjud salohiyat, "yashil" iqtisodiyot - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili, "yashil" iqtisodiyot sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni va xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlarini jalb qilish, issiqxona gazlari ajralishini monitoring qilish, hisobot berish va tekshirish (MRV) tizimini, shuningdek iqlim monitoringi tizimini joriy etishdan kutilayotgan natijalar kabi mavzulardagi taqdimotlari orqali Strategiya mohiyatini batafsil yoritib berishdi.
Bundan tashqari, har bir yo‘nalish bo‘yicha respublikada mavjud salohiyat, maqsadli ko‘rsatkichlar erishish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar, rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar hamda kutilayotgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir so‘nggida ta’kidlanganidek, Strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi iqtisodiyotning energiya samaradorligini orttirish borasida boshqaruvni yaxshilashga, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishga, issiqxona gazlarining ajratmalarini kamaytirishga, «yashil» energiyadan foydalanishni ta’minlashga va iqlim barqarorligiga erishishga xizmat qiladi.
Bugun Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish Strategiyasining (PQ-4477, 04.10.2019 y.) mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Download 21.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling