Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnik salohiyatga EGA bo‘lib, uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to‘g‘ri keladi


Download 21.98 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi21.98 Kb.
#1554341
1   2   3
Bog'liq
YASHIL IQTISODIYOT(1)

YASHIL IQTISODIYOT -
atrof-muhitni muhofaza qilish, issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish va resurslardan samarali foydalanishni o'z ichiga olgan iqtisodiy model.

Yashil iqtisodiyot nima?


Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasida o‘tkazilgan “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030” (P4G) ikkinchi xalqaro sammitidagi nutq so‘zladi. Unda davlatimiz rahbari: “Bugungi kunda ona tabiatning o‘zi bizga yo‘llayotgan ogohlik qo‘ng‘irog‘iga beparvo bo‘lmasligimiz kerak. Afsuski, iqlim o‘zgarishlari tobora kuchayib bormoqda. Biz yashayotgan Markaziy Osiyoda so‘nggi 30 yilda o‘rtacha yillik harorat taxminan bir darajaga ko‘tarildi. Mintaqamizdagi asosiy daryolarning havzasi va biologik xilma-xillikning qisqarib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bug‘lanish darajasini oshiradigan gazlar va atmosferaning keng miqyosda ifloslanishi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Bugungi kunda “yashil taraqqiyot” borasidagi maqsadlarga erishish uchun mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali bo‘lishi kerakligiga hech kim shubha qilmayapti. Boshqa choramiz ham yo‘q”, deb ta’kidladi.
“Yashil taraqqiyot”ga erishish uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimiz va uni rivojlantirishimiz lozim bo‘lmoqda. Shu tufayli mamlakatimizda bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun yashil iqtisodiyotni rivojlantirish lozim. Bugungi kunda “Yashil iqtisodiyot”ning o‘zi nima, degan savol tug‘iladi. Mazkur maqolada ushbu savolga javob berishga harakat qilamiz.
Yashil iqtisodiyot iqtisodiyot fanlarining bir yo‘nalish sifatida o‘tgan asrning oxirida paydo bo‘ldi. Mazkur iqtisodiyot tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lib, uning bir yo‘nalishi hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot tushunchasi iqtisodiy fanlar va falsafaning ko‘plab boshqa sohalaridagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladigan tabiat va jamiyat bilan bog‘liq ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit iqtisodiyoti, resurslarga asoslangan iqtisodiyot, aholining rivojlanishi, feminizm iqtisodiyoti kabi yashil siyosat bilan bog‘liq iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi.
Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi.
Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘paytirib borish lozim.

Download 21.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling