Ma’lumki, suvga to‘yingan gruntlar qatoriga namlik darajasi


Download 92.34 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi92.34 Kb.
#1556854
1   2
Bog'liq
11-ma\'ruza (2)

Asosiy hisobiy holatlar. Vaqtda cho‘kishlarni hisoblashda quyidagi hisobiy holatlar eng katta amaliy diqqatga sazovor bo‘lib, ular uchun cho‘kishlar to‘la turg‘unlashgan sharoitda zichlovchi kuchlanishlarning epyuralari 5.4-rasmda keltirilgan.
0 holat yuqorida ko‘rib chiqilgan grunt qatlamining yaxlit yuk ta’sirida bir o‘lchovli zichlanish masalasiga mos tushadi.
1- holatda siquvchi zo‘riqishlar chuqurlikning ortishiga qarab uchburchak qonuniga muvofiq kuchayib boradi. Bu holat suvga to‘yingan gruntning yangi to‘kilgan (masalan, yuvilgan) qatlami o‘z og‘irligi ta’sirida zichlanishiga mos keladi.



5.4-rasm. Quyidagi holatlar uchun zichlovchi kuchlanishlarning epyuralari:
a – 0; b – 1; v – 2

2- holatda tashqi bosim siquvchi zo‘riqishlar chuqurlikning ortishiga qarab uchburchak qonuniga muvofiq pasayadi. Bu holat N.A.Sitovichning monand qatlam usulida qabul qilingan poydevor o‘qi bo‘ylab qo‘shimcha zo‘riqishlar epyurasi turiga mos keladi.


5.5-jadvalda bu holatlarning har biriga o‘z hisobiy sxemalari uchun shu yo‘l bilan olingan N ko‘rsatkichining zichlashuv darajasi U qiymatlari har xil bo‘lgan sharoitdagi qiymatlari keltirilgan. Endi oldingi paragrafda keltirilgan metodlarning birortasi bilan yuqorida s deb belgilangan pirovard turg‘unlashgan cho‘kishni aniqlasak, ko‘rsatilgan holatlarning har biri uchun bu cho‘kishning istalgan vaqt t dagi ulushini hisoblab topishimiz mumkin. Buning uchun zichlashuv darajasi U ni berib, pirovard cho‘kishning unga mos tushuvchi ulushini aniqlash lozim:
(5.18)
So‘ngra N qiymati bu zichlashuv darajasiga mos bo‘lgan holda cho‘kish kattalikka yetuvchi vaqtni topish kerak.
Shu tariqa U ning turli qiymatlari uchun hisoblashlarni amalga oshirib, 5.4-rasm (b)da ifodalanganga o‘xshash vaqtda cho‘kishlarning egri chiziqlarini tuzish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, U 1 bo‘lsa, yechim ma’noga ega bo‘lmaydi (ya’ni N  ), shu sababli cho‘kishlarni hisoblash amaldagiga mos tushuvchi zichlashuv darajasining oxirgi bosqichi U 0,95 hisoblanadi.
Bundan tashqari, shuni eslatib o‘tish lozimki, yuqorida keltirilgan yechimlar suv filtratsiyasi bir tomonlama yuz bergan holda bir jinsli zamin uchun o‘rinlidir.
Download 92.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling