Маълумки, Ўзбек тилшунослигида сўз маъноси ва унинг тараққиёти муаммоларига бағишланган қатор ишлар юзага келади
Holat bildiruvchi sifat leksemalarning ma’no tarkibi masalalari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida nomlovchi birliklaming tadqiqi
3.4. Holat bildiruvchi sifat leksemalarning ma’no tarkibi masalalari
Har qanday tilda bo’lganidek o’zbek tilida ham har bir so’z boshqa so’zlarga nisbatan alohida, mustaqil birlik sifatida namoyon bo’ladi. Tilning lug’at boyligini sistema, tizim sifatida o’rganish esa so’zni alohida birlik sifatida emas, balki butunning o’zaro bog’liq, ajralmas qismi sifatida o’rganishni talab qiladi. Semasiologik izlanishlarda so’zlar muayyan leksik-semantik guruh (LSG)larga ajratiladi. Bunda so’zlarning ma’nosi bilan bir qatorda ularning struktural-etimologik xususiyatlari, boshqa
so’zlar bilan birikuvchanlik imkoniyatlari ham inobatga olinadi. Har bir LSG tarkibiga kiruvchi so’zlar bir markaziy so’z atrofiga birlashadi. Boshqa so’zlarda esa ana shu markaziy (dominant) so’z ma’nosi yanada konkretlashadi, uning differentsial va integral semalariga aniqliklar kiritiladi. O’zbek tilshunosligida so’zlarni ana shunday usulda komponent (uzviy) tahlil qilishga SH. Rahmatullaev, I.Qo’chqortoev, R.Rasulov, I.Abdurahmonov, R.Yunusov, M.Narzieva, M.Nishonova kabi qator olimlar munosib hissa qo’shganlar. Maьlumki, tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan har xil o’zgarishlar, hayotdagi turli xil insoniy munosabatlar kishi xarakteriga, uning ruhiyatiga ta’sir etmay qolmaydi. Ana shu tashqi ta’sir
kishi ruhiyatida har xil holatning vujudga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Inson ruhiyati juda serqirra bo’lib, u shodlik g’azab, xafalik loqaydlik kabi turli holatlar majmui sanaladi. SHundan kelib chiqib, tilimizdagi ruhiy holat ifodalovchi sifat leksemalarni (SL) bir qator turlarga ajratish mumkin. Mualliflar hamkorligida yaratilgan «O’zbek tilining nazariy grammatikasi» (morfologiya) nomli asarida holat bildiruvchi sifat leksemalarda inson, hayvon va jonsiz predmetlarga xos quyidagi belgilar, holatlar mavjudligini taьkidlaydi: a) tabiiy holat belgisi: chaqqon, mo’min, go’zal dadil ;
62
b) jismoniy holat belgisi: ko’chli, paxlavon, chapdast, alpqomat, nimjon; v) ruhiy holat belgisi: xursand, tajang g’amgin, alamdiyda, qo’rqmas; g) iqtisodiy holat belgisi: badavlat, boy, qashshoq, gado, kambag’al; d) tozalik belgisi: ozoda sof ,
notinchlik belgisi: sokin, tinch osuda, osoyishta, bezovta; j) pishiqlik belgisi: xom, go’l, pishiq, puxta, omonat; 3) sirtqi qism belgisi: silliq, g’adir-budir, g’ijim, tekis, tep-tekis. O’zbek tilidagi holat bildiruvchi SLlarning ma’no tarkibini quyidagicha 9 LSGga ajratish mumkin: 1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifat leksemalar. Bunday sifatlar kishi ruhiyatidagi davriy yoki oniy lahzalarni, muayyan bir harakat yoki holatdan mamnunlikni turli shakllarda aks ettiradi. Bunday sifatlarning barchasi semantik jihatdan bir nuqtaga LSG ga birlashadi: xursand, mamnun, xushxol, xushnud, xurram quvnoq, shodmon, shod, xushchaqchaq, masrur kabi SLlar shular jumlasidandir. Xursandlik ifodalovchi bunday SLlar orasida «xursand» leksemasi uslubiy jihatdan betaraf bo’lib, dominant leksema sanaladi, uning dominantlik xususiyati «O’zbek tilida sinonimlarining izohli lug’ati»da ham ta’kidlab ko’rsatilgan. Bu leksema og’zaki va yozma nutqda, adabiy tilning turli vazifaviy uslublarida keng qo’llanadi: Mendan xursand hamma ko’ngildan,/ Agronom qiz,-
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling