Маълумки, Ўзбек тилшунослигида сўз маъноси ва унинг тараққиёти муаммоларига бағишланган қатор ишлар юзага келади
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida nomlovchi birliklaming tadqiqi
shodon
va gulgun /Mehnatkash yigitday kulib turibdi (E.Vohidov); Bu go’zallik quvnoq hayotni / Qalbing bilan sezasan biroq (SHukrullo) 64
Ba’zan poetik nutqda
xursandlik ruhiy
holati insonga
tegishli bo’lgan
narsa va
predmetlarni sifatlash orqali ham
ifodalanadi: Rubobim tori ikkidur: /Biri quvnoq biri mahzun /Ki baytim satri xushdur: Biri dilxush biri dilxun (E.Vohidov). 2. Xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar. . Bunday SLlar ham tilimizda keng tarqalgan bo’lib, ular qatoriga g’amgin, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang kabilar kiradi. Bu LSG tarkibiga kiruvchi leksemalarning qo’llanishida farqli holatlar ham ko’zga tashlanadi. Jumladan, xafa, g’amgin, xomush,
dilgir kabi
SLlarning belgini
ifodalash darajasi bir xil
bo’lsa, xafa,
g’amgin, xomush
so’zlari kishining yuz-ko’zidan ifodalanib turadigan g’amginlik holatini bildirishga xizmat qiladi,
g’ash leksemasi esa insonning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari bilan bog’liq
holatni aks
ettiradi: Nimadan ko’ngling g’ash, nimada darding / Xoy kichik qishloqning jajji bolasi? (M.Ali). Badiiy uslubda
qo’llanuvchi, kishining ruhiy holatini yuksak ko’tarinki shaklda ifodalashga xizmat qiladigan g’amnok leksemasi ham xafalikni ifodalovchi LSG
tarkibiga kiradi:
Yig’la... Duv to’kilsin vataning uchun /G’amnok jodu ko’zlaringdan nur (SHuhrat); Kurtakni uyg’otib so’yladi g’amnok... /Gullar g’unchasini etdi chok- chok (Zulfiya). SHu
LSG tarkibiga kiruvchi
so’zida
belgi darajasi ancha kuchli
bo’lib, u insonning umidsizlikka tushgan, tushkun holatini ifodalaydi:
(P.Qodirov. Uch ildiz). Bu leksema
ayrim hollarda 65
mavhum tushunchalarga nisbatan ham qo’llanadi: Oppoq kechalarda murg’ak dil aro / Ro’yobga chiqmog’in kutgan orzular / Butun barg yozdimu yam-yashil va yo /Ma’yus xotiraga aylandi ular? (M.Ali)
Shu LSG
tarkibiga kiruvchi, fors-tojik tilidan
o’zlashgan diltang
leksemasi insonning xafalik holati
juda kuchli darajada ekanligini, yuragi siqilgan holatini bildiradi: Jo’nar bo’ldim men bundan diltang / Yo’llarimga qarab qolding sen (A.Oripov). Ma’lumki, ko’z yoshi to’kish insonning ortiq darajada xafa ekanligini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan harakatdir. Insonning ana
shu ko’z yoshi to’kish, yig’lash holati tilimizda giryon SLsi
orqali ham
ifodalanadi. Fors-tojikcha bu leksema biroz eskirgan, arxaik xarakterga ega bo’lib, asosan poetik nutqqa xoslangandir: Men uning ortidan yugurdim giryon / Nogox ayriliqdan ko’zlarim yoshlab (A.Oripov). SHuningdek, poetik nutqda kishining nihoyatda qattiq azob chekkanligi, qattiq ruhiy iztirobda ekanligi xunibiyron SLsi orqali ifodalanadi: Nega qoshlari
3. G’azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar. Bunday LST qatoriga g’azabnok qinli, darg’azab, g’azabli kabilar kiradi. Ular orqali insonning tevarak- atrofdagi voqea- hodisalar, predmetlar, odamlar xatti-harakatidan noroziligi tufayli yuzaga kelgan kuchli ruhiy holati ifodalanadi: Ba’zan yozayotgan o’qlar bemisol /
4. Ijobiylik yoki salbiylik semasi to’g’ridan to’g’ri ifodalanmaydigan holat bildiruvchi sifat leksemalar. tilimizda cog’, sergak hushyor, lol , mudroq, loqayd kabi SLlar ham ruhiy holatni ifodalovchi alohida LSG qatorini tashkil etadi. Lekin bu leksemalar anglatgan ma’nosidai salbiylik yoki ijobiylik semasi to’g’ridan-to’g’ri aks etmaydi: Koyinaman o’zimdan o’zim /Kezinaman gumon
66
loqayd-u mudroq (M.Ali). Bundan ko’rinadiki, badiy nutq muallifning o’zi bayon qilayotgan fikrlariga, tasvirlanayotgan shaxsga bo’lgan ijobiy yoki salbiy munosabati holat bildiruvchi sifat leksemalar yordamida ifodalanadi. Xullas, tilimizda kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalovchi SLlar bir necha LSG qatorini tashkil etadi va ular fikrni obrazli ifodalash, emotsional- ekspressiv semalarni aks ettirish imkoniyatlari nihoyatda keng ekanligini ko’rsatadi. Ba’zan bayon qilinayotgan fikrning tinglovchi yoki o’quvchi ruhiyatiga ta’sir etishi, ijobiy yoki salbiy ma’noga ega bo’lishi harorat bildiruvchi SLlarning mavhum otlar bilan yonma-yon qo’llanishi orqali ifodalanadi: Jilmayib qaramoq
Umuman olganda, tilimizda insonga xos xatti-harakat, holatlarning predmet xaroratini bildiruvchi SLlar vositasida ifodalanishi keng tarqalgan. Masalan, sovuq
kabilar: Peshonamdan ajab/Sovuq ter keldi (U.Nosir). Keltirilgan misolda sovuq leksemasi predmetning haroratini emas, balki insonning ruhiy holatini ifodalash uchun xizmat qilgan. Predmetning harorati ba’zan xo’l-quruqlikni bildiruvchi SLlar yordamida ham ifodalanadi: Yayrab-yayrab kuldim, o’ynadim / Namxush-namxush saharlarda men (M..Ali); O’rmon, o’tloqlarning isin keltirgan / Namxush daryo yeli naqadar yumshoq! (SHukrullo). Bu o’rinda namxush sifat leksemasi salqin o’rnida kelib, harorat darajasini obrazli tarzda ifodalashga xizmat qilmoqda. Ba’zan matnga bog’liq holda aslida suvga nisbatan qo’llanuvchi, qo’lni kuydiradigan darajada issiq ma’nosini beruvchi qaynoq SLsi havo haroratini ifodalashga ham xizmat qiladi: Dimog’imga go’yo Sergeyning / Urar edi qaynoq
67
Qaynoq leksemasi suv belgisi sifatida qo’llanganda belgining eng kuchli darajasi tushuniladi. Boshqa predmetdarga nisbatan qo’llanganda esa, bu belgi semasi ancha susayadi: Qani qo’lingni ber ey qardosh diyor/ O’zbek yigitining qaynoq kafti bu (A.Oripov). Keltirilgan misollarda qaynoq nafas, qaynoq kaft kabi qo’llanishlarda o’zaro aloqa, semantik bog’lanish mavjud. Quyidagi misollarda esa qaynoq leksemasi butunlay boshqacha ma’no semasiga ega bo’lgan: Bu kun mardonavor qo’ymoqda qadam / Qaynoq hayot zavqi oldinda hali (E.Vohidov); Daladagi bu qaynoq hayot/Havasiga bog’ladi qanot (H.Olimjon) 5.Kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalovchi sifat leksemalar. Tilimizda kishining yashash darajasi holatini ko’rsatuvchi kambag’al, faqir, qashshoq, bechora, yo’qsil miskin, yetim, mushfiq, musofir, boy, badavlat, davlatmand, zangin kabi bir qator SLlar mavjud. Ma’lumki, kishilarning jamiyat boyligidan oladigan ulushi, yashash uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlardan baxramand bo’lish darajasi ularning turmushi har xil bo’lishga olib keladi. Insonning moddiy boyliklardan qanchalik bahramand bo’lishi uning hayotiy ahvolini ko’rsatuvchi asosiy mezon sanaladi. Bu holat kishining hayotiy ahvolini ifodalovchi sifatlar LSGi yordamida ifodalanadi. Ba’zan kishining hayotiy ahvoli to’g’ridan-to’g’ri emas, balki narsa va predmetlarni tasvirlash orqali ham ko’rsatilishi mumkin:
(M.Ali). Keltirilgan bu misolda shoir boy do’konni tasvirlash orqali kishilarning yashash tarzi juda yaxshi, yuksak darajada ekanligini ta’kidlashga intilgan edi. Ba’zan boylik darajasini ko’rsatuvchi sifat leksemalar muallif istagiga bog’liq holda poetik nutqida tasvirlanayotgan kishiga nisbatan ham qo’llanadi. Masalan, Bechora / Farib bo’lib / Yakka/ Ul qolgan.... / Qarol yurib / Ko’p ezilan / Sag’ir Yosh umr... (U.Nosir). 68
Bundan ko’rinadiki, badiy nutq muallifning o’zi bayon qilayotgan fikrlariga, tasvirlanayotgan shaxsga bo’lgan ijobiy yoki salbiy munosabati holat bildiruvchi sifat leksemalar yordamida ifodalanadi. 6. Predmetning harorat belgisini bildiruvchi sifat leksemalar. Bunday SLlar predmetga nisbatan qo’llanilganda xaroratning uch xil darajasini, ya’ni sovuqlik iliqlik yoki issiqlikni ifodalashga xizmat qiladi: Sovuq marmar toshni siypalab
Harorat bildiruvchi SLlar iqlimga, havoga nisbatan qo’llanilganda belgi, harorat semasi aniq ifodalanadi: SHabnam shovillaydi bog’lar qo’ynida / Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar (A.Oripov); Bukun derazamni ochdimu yoqar / Yuzimga urildi salqin shabboda.. (E.Vohidov); Salqin havo asta kuyar lab /Oppoq betlariga ko’chada (U.Nosir). 7. Tozalik-ifloslik holatlarni ifodalovchi sifat leksemalar. Tilimizda bir qator SLlar predmetning tozaligi yoki iflosligini ko’rsatishga xizmat qiladi hamda alohida LSG qatorini hosil qiladi, Masalan: Ko’k chambarga o’ralgan ko’zgu / tiniq qo’llar atrofda guyo (SHukrullo); Osmon tiniq, charaqlar yulduz / Oppoq nurda daryo va o’rmon (SHukrullo), Keltirilgan har ikkala she’riy parchada ham tozalik ozodalik ta’kidlash maqsadida tiniq SLsi qo’llangan. Dastlabki misolda tiniq leksemasi suvning tozaligini, uning xar xil iflos narsalardan holi ekanligini ta’kidlashga xizmat qilgan bo’lsa, keyingi misolda bu leksema -osmonning tozaligi, musaffoligi, unda birorta ham bulut yo’qligini tasvirlash uchun vosita bo’lgan. SHuni ham inobatga olish lozimki, SLlar tozalik-ifloslik semalarini ko’proq ko’chma ma’noda qo’llanish orqali namoyon etadi. Masalan: G’am soyasi tushdi ishq bilan / Lim-lim to’la pok yuragimda (E.Vohidov). 8. Predmetning yangilik-eskilik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar. Tilimizda yangi, eski, ko’hna, uvada, juldur kabi bir qator SLlar narsa yoki predmetlarning yangi yoki eskilik holatini bildirishga xizmat qiladi. SHuni 69
ta’kidlash lozimki, A.Hojiev lug’atida juldur, uvada SLlarining o’zaro ma’nodoshligi ta’kidlangani holda, bu LSG qatoriga kiruvchi churuq leksemasi tushib qolgan. «Izohli lug’at»da esa so’zlashuv tiliga xos churuq SLsining izohida «eski, eski-tuski, juldur, uvada» so’zlaridan foydalanilgan. Keltirilgan LSG qatoriga mansub churuq eski-tuski, uvada, juldur SLlari ko’proq buyumlarga nisbatan qo’llaniladi: juldur kiyim; eski-tuski latta, uvada ko’rpacha, churuk to’n kabi. SHu LSG qatoriga kiruvchi yangi, eski, ko’hna SLlarining ma’no ko’lami, qo’llanish darajasi yuqoridagilarga qaraganda birmuncha keng va umimiyroqdir. Bu sifat leksemalarini churuq eski-to’ski, uvada, juldur leksemalari o’rnida qo’llash har doim ham ko’zlangan natijani beravermaydi. Badiiy nutqda biror predmetning juda eskiligini ta’kidlash maqsadida juldur yoki churuk SLlari o’rnida eski yoki ko’hna so’zlarini qo’llash mumkin, lekin bunday qo’llanish o’sha predmetning, masalan kiyimning eskiligi haqida umumiy tasavvur bersa-da, bu kiyimning asosiy belgilari - yirtiq-yamoqligi, ilma-teshikligi haqida aniq ma’lumotlar bera olmaydi. Xuddi ana shunday qo’shimcha semalar juldur, uvada, churuk leksemalari orqali reallashadi va shu asosda poetik matn mazmuniga aniqlik kiritiladi. Masalan: Uvada kamzulda billur tug’maday / Bulutlar ortidan boqadi yulduz (A.Oripov). 9. Tinch va notinchlik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar. Ma’lumki, adabiy tilda tinch, notinch, osoyishta, jim, bezovta, betoqat, betinch, halaq
tabiat va jamiyatdagi turli xil tinch va notinch holatlarni, predmetlarning holati, insonga xos bo’lgan xar xil ruhiy o’zgarishlarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan: Go’zal, sokin oqshom cho’kmoqda / Tebranadi yelda chiroqlar / Daraxtzor ham sokin sollanar (A.Oripov); Osuda kechalar ko’k toqin o’rab / SHamdek unib turgal milliard yulduzlar (E.Vohidov); Kimga zavq bermadi shu tayloqlarning / Farog’at qo’ynida uxlashlari tinch! / Sokin kechalarda oshiq yoshlarning / Ishqiy qo’shiqlari bermasmi sevinch! (SHukrullo) Keltirilgan misollarda qo’llanilgan sokin, osuda, tinch kabi SLlar «tinchlik», «osoyishtalik», «xotirjamlik» semalarini ifodalashga xizmat qilmoqda. Poetik
70
nutqida tinch yoki notinch holatlarni bildiruvchi SLlarning qanday semalarni anglatishi ular qo’llanilgan matnning mazmun-mohiyati bilan bevosita bog’liqdir. Masalan: Balki men shoir bo’lardim / Bo’lsa edi osuda zamon (E.Vohidov). Tinch-notinch holatlarni ifodalovchi SLlarning yonma-yon qo’llanilishi ular bildiradigan ma’noni yanada ko’chaytirish uchun xizmat qiladi:- Xayrli kech - faraxli tuning / Osoyishta« tinch bo’lsan demak (E.Vohidov). Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling