Маълумки, Ўзбек тилшунослигида сўз маъноси ва унинг тараққиёти муаммоларига бағишланган қатор ишлар юзага келади
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida nomlovchi birliklaming tadqiqi
klassema deb ataladi va uning iterativ, ya’ni takrorlanuvchilik хususiyatini
ta’kidlaydilar. Demak, ma’lum bir tilning grammatik-semantik me’yorlari asosida sintagmatik munosabat yuzaga chiqishi uchun o’zaro sintagmatik munosabatga kirishuvchi a’zolar klassemaga ega bo’lishlari lozim. Ana shunda bog`lanuvchi a’zolar o’rtasida mazmuniy muvofiqlik bo’ladi. Mazmuniy muvofiqlikka ega bo’lgan leksemalar sintagmatik munosabatgi odatiy bog`lanishni, buning aksi esa noodatiy bog`lanishni hosil qiladi. O’zaro sigtagmatik munosabatga kirishayotgan leksemalar o’rtasida asmik uyg`unlik, mazmuniy muvofiqlik bo’lmasa, bunday bog`lanish noodatiy bog`lanishni vujudga keltiradi va u aksyumoron deyiladi. Oksyumoronlar badiiy asarlarda obrazlilikni ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish uchun adibning individual nutqi sifatida yuzaga chiqadi. Masalan, shirin o’lim, yashil sabo, qizil qor, yalpizga suyanmoq (M.Yusuf), Kiprikka o’tirmoq (M.Yusuf) va boshq. 27
Har qanday leksik birlikning bog`lanish qonuniyatlari va ularning distribusiyasini o’rganish semantik tahlilning boshlang`ich nuqtasi va zaruriy bosqichi sanaladi. Sintagmatik struktur sema muayyan leksemaning boshqa barcha leksemalar bilan individual bog`lanishlari asosida emas, balki tipiklashtirilgan bg`lanishlari, ya’ni bog`lanish modellari orqali belgilanadi. Masalan, yurmoq, suzmoq, uchmoq leksemalari bir umumiy arхisema asosida bir paradigmaga mansub bo’lsa ham, ular valentliklari bilan farq qiladi. Ularning valentliklari nutqiy jarayonda voqelangan cheksiz bog`lanishlarni umumlashtirish, tiplarga birlashtirish asosida belgilandi. Sintagmatik struktur leksemalarning sintagmatik munosabatiga ishora qiladi va so’z birikmalari va jumladan fe’l leksemalar valentliklarining voqelanish natijasidir. Demak, sintagmatik struktur sema leksemalarning sintagmatik munosabatiga ishora qiladi va so’z birikmalari va jumlalarning yuzaga chiqishiga asos bo’ladi. Paraligmatik struktur sema bir turdagi leksik birliklarning o’zaro shartlangan va zidlangan munosabatidan tashkil topgan sinfi (paradigmasi) ga хos sema hisoblanadi. Bu paradigmatik qatordagi belgining boshqa belgiga bo’lgan munosbati orqali namoyon bo’ladi. Struktur semaning bu turi sememasining muayyan leksemaning bir paradigmatigmaga mansub bo’lgan boshqa leksemalar sistemasidagi qiymatini belgilaydi. Har bir paradigma a’zosi boshqa a’zolar bilan sinfga хos (integral, birlashtiruvchi) semaga ega bo’lish bilan birgalikda, faqat o’ziga хos (farqlovchi, differensial) semaga ham ega bo’ladi. Bu semalar leksemani paradigma doirasidagi boshqa leksemaga zidlash asosida aniqlanadi. Leksema sememasining semik tarkibi uning sintagmatik munosabati orqali aniqlansa, semema tarkibidagi semalarning itegrativ (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) funksiyalari paradigmatik munosabatida, bir paradigma doirsidagi leksimalarning zidlanishda namoyon bo’ladi. Masalan, yurmoq,
28
1 ) semasi bilan birga, “quruqlikda” (a 2 ) “suvda” (a 3 ) “havoda” (a 4 ) semalaridan biriga ega. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling