2.3. Nomlovchi birliklarning pragmatik vazifasi
So’zlovchining belgiga bo’lgan munosabati, to’g`rirog`i, so’zlovchining
belgi orqali ifodalanayotgan ob’yektga bo’lgan munosabati pragmatik sema
sanaladi. Denotativ va signifikativ semalar qatorida pragmatik semaning ajratilishi
Ch.Morris tomonida semnotikaning semantika, sintoktika va pragmatikaga
bo’linishi bilan bog`liqdir. Pragmatik sema ko’pincha leksema mazmuniy
mundarijasidagi baho semasi orqali namoyon bo’ladi. Masalan, gapirmoq,
so’zlamoq, do’ng`illamoq, shang`imoq, vaysamoq, g`ingshimoq singari
leksemalar “nutqiy faolyait ko’rsatish” semasi bilan bir umumiy paradigmaga
birlashsa ham, lekin ular nutq faoliyati ko’rsatayotgan sub’ektga so’zlovchi
sub’ektning sub’ektiv munosabati, ijobiy yoki salbiy baho semasining mavjudligi,
yoki bu semaga betarafligi bilan bir biridan farq qiladi. Dastlabki ikki leksema bu
semaga betarafligi qolganlari esa salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi.
Ayrim mualliflar tomonidan (хususan, T.G.Vinokur, M.I.Konika toomnidan
Do'stlaringiz bilan baham: |