Маълумки, Ўзбек тилшунослигида сўз маъноси ва унинг тараққиёти муаммоларига бағишланган қатор ишлар юзага келади
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida nomlovchi birliklaming tadqiqi
deydi barchasi (U.Nosir); Hamma xursand negadir / Xursand bo’lmadi Qodir
(E.Vohidov). R.Jabborova va S.Fiyosov o’z ishlarida xursandlik holatini ifodalovchi hursand va shod leksemalarining semalar tarkibini quyidagicha belgilagan edi: Xursand - baho + ijobiy + jonli predmet nomlari bilan birikadi+ emotsionallik anglatadi + belgi darajasini ifodalashi neytral+belgi darajasini katta (kuchaytirib) ifodalashi jihatidan neytral + belgi darajasini eng katta (kuchaytirib) ifodalashi jihatdan neytral stilistik buyog’i jihatdan neytral; SHod — baho + ijobiy + jonli predmet nomlari bilan birikadi + jonsiz predmet nomlari bilan birikish xususiyati ham bor + emotsionallik anglatadi + belgi darajasini katta (kuchaytirib) ifodalaydi + ekspressiv. 63
Umuman, «ruhiy holat» deyishning o’zidan bunday sifatlar «kishiga atalgan» belgisiga, xususiyatiga ega ekanligi tushuniladi. Agar «ruhiy holat» belgisi konkretlashtirilsa, «kayfiyat» semasi haqida gapirish mumkin bo’ladi. Kishidagi kayfiyat esa, odatda, emotsiya bilan belgilanadi. Kishi organizmining turli-tuman omillarga emotsional reaktsiyasi ijobiy ham, salbiy ham bo’lishi mumkin. SHundan kelib chiqib, ruhiy holat ifodalovchi SLlarning semantik strukturasi tahlilida «emotsiyaning ijobiy-salbiyligi» semasini ham ajratish zarur. Emotsional reaktsiya kishi organizmi holati bilan bog’liq holda chuqur yoki yengil-elpi bo’lishi ham mumkin. SHunga asoslanib, SLlar tahlilida «emotsiyaning kuchli- kuchsiz kechishi» semasi ham ajratiladi. Emotsiya, odatda, inson organizmida uzoq davom etmaydi, ana shu asosda biz o’rganayotgan SLlar semantik strukturasida «ma’lum
muddat davom etish» semasi ham ajratiladi. Poetik nutqda kishining xursandlik ruhiy holatini ifodalashda xushnud, chog’ so’zlari ham faol qo’llaniladi. Barcha xushnud, dillar chin edi / Tovus kabi aylab xiromon / Raqsga tushdi bir go’zal jonon (E.Vohidov); Lekin qarshingizda fojia emas /Xushnud odamlarning surati turar (A.Oripov); Barcha xurram, faqat unda g’am / Oppoq ro’mol boshida/ Suvga chiqdi bir dilrabo qiz (E.Vohidov). Shodmon, xushchaqchaq so’zlari ham xursandlik holatini ifodalashga xizmat qiladi:
Sevilgan qalb - Yog’duli osmonga o’xshaydi / Osmon kabi /navolar ichra /SHodmon yashaydi (M.Ali); Sen dilbar qiz eding, hushchaqchaq lobar / Topdingmi munosib bir yor? (M.Ali). Poetik
usulda
nutqda ba’zan xursandlik ruhiy holatini ifodalovchi SLlar
faqat kishilarga nisbatan emas,
balki predmet
va mavhum
tushunchalarni ifodalovchi otlarga nisbatan ham qo’llanilishi kuzatiladi: Qarangki, quyosh Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling