Jumladan,
-mahalladagi yoshlar yetakchisi va umumiy o‘rta ta’lim maktablari
direktorlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, har kuni soat
16:00 dan
24:00 ga
qadar dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng kutubxona,
sport zal, kompyuter
xonalari va tadbirlar zali doimiy ishlashi ta’minlanib, maktablar mahalla uchun
“Ma’naviyat maskani”ga aylantirildi va tumandagi barcha maktablarda mahalla
yoshlari uchun shart-sharoitlar yaratib berildi.
-farzand tarbiyasi borasida ota-onalar ayniqsa otalar mas’uliyatini oshirish
maqsadida har chorak yakunida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tizimli
ravishda
“Otalar yig‘ilishi”ni o‘tkazish joriy qilindi.
Shu jumladan tumanda
jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida turli xil ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlar barcha ta’lim muassasalarida muntazam tashkil etilmoqda.
-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning samaradorligi
7 ta indikatorlar yordamida baholanib, har 6 oyda
reytingi belgilandi va
“qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratildi.
-tumandagi
1 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘ziga yaqin bo‘lgan
hududdagi
24 ta maktablarga biriktirilib,
14 turdagi sport to‘garaklari tashkil
etildi va ularga
1392 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.
-o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab tumandagi maktablarda
58 ta
baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik, badiiy havaskorlik
yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etilib, ularga
604 nafar o‘quvchilar
qamrab
olindi.
-o‘tgan o‘quv yilida maktablarda
61 ta to‘garaklar tashkil etilib,
ularga
28 264 nafar (73,6 foiz) o‘quvchilar jalb etildi.
-mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 5 ta muhim tashabbus
to‘garaklari uchun zarur bo‘lgan jami
217 mln. so‘m mablag‘ evaziga
100 mln.
so‘mlik 4 turdagi
sport jihozlari, 117 mln. so‘mlik
3 turdagi
musiqa asboblari
sotib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: