Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 21-apreldagi 109-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha Andijon davlat universiteti Axborot-resurs markazi faoliyatini o‘rganish yuzasidan
MA’LUMOT
I. Oliy ta’lim muasssaslari Axborot-resurs markazlari faoliyati.
1. Axborot-resurs markazi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi, markazning umumiy fondi (nashriy, elektron, brayl, audio, badiiy adabiyotlar soni) va xodimlar tarkibi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetiga 1931-yilda asos solingan. Shunda bu oliygoh Farg‘ona pedagogika institutining Andijon filiali sifatida tashkil etilib, 1939-yilga qadar kechki pedagogika instituti maqomida faoliyat ko‘rsatgan.
Istiqlol sharofati bilan O‘zbekistan Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A. Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi farmoniga asosan 15-martdan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universiteti maqomiga ega bo‘ldi.
Universitetda bakalavriatda 47 ta ta’lim yo‘nalishi, magistraturada 13 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Universitetda jami 21127 nafar talabalar tahsil olib, shundan, bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida 9255 nafar, sirtqi ta’limda 10972 nafar, magistraturada mutaxasissligida 348 nafar, sirtqi 2-mutaxassislik bo‘yicha 552 nafarni tashkil etadi. Ularga 693 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Fan doktorlari 40 nafar, fan nomzodlari (PhD) 205 nafarni tashkil etadi.
Ilmiy salohiyat 35 %.
O‘rganish jarayonida universitet Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda – ARM deyiladi) faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lib, (Axborot-resurs markazi xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi, 2022/2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi hamda universitetning Axborot-resurs markazi faoliyatini tartibga soluvchi Nizom (2022-yil 2-dekabrda tasdiqlangan) asosida ish yuritilib kelinmoqda.
Hozirgi kunda Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim mavjud bo‘lib, ushbu bo‘limlarda jami 45 nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. ARM xodimlarning 100 % mutuxassislik diplomlariga ega. Barcha xodimlarni faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
ARM ning umumiy kitob fondi 2023 yil holatiga:
Do'stlaringiz bilan baham: |