Ma’lumot uzatishda tarmoq kabellari turlarini taqqoslash jadvalini shakllantirishdan iborat
Download 11.73 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot uzatishda tarmoq kabellari turlarini taqqoslash jadvalini shakllantirish’’
- Mashg‘ultoning maqsadi
- Adabiyot Topshiriqda foydalanilgan qismi uchun qisqa ta’rifi
- Nazariy ma’lumot. Tarmoq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “MA’LUMOTLAR KOMUNIKATSIYASI” fanidan “Ma’lumot uzatishda tarmoq kabellari turlarini taqqoslash jadvalini shakllantirish’’ mavzusidagi 1-AMALIY MASHG’ULOT ISHI Bajardi: DTF002-1 - guruh talabasi Boltayev Mirzobek Qabul qildi: Temirov Azizbek Toshkent 2022 Mashg‘ultoning maqsadi: Ma’lumot uzatishda tarmoq kabellari turlarini taqqoslash jadvalini shakllantirishdan iborat. Adabiyotlar tahlili. Ushbu amaliy mashg‘ulotni tayyorlash mobaynida 1- jadvalda keltirilgan adabiyotlardan foydalangan holda bajarildi.
Nazariy ma’lumot. Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi. Metall yoki shishadan yasalgan tarmoq kabeli tarmoq ichida ma'lumot uzatish uchun ishlatilishi mumkin. Odatda uchta ishlatiladigan tarmoq kabeli mavjud: o'ralgan juftlik, koaksial kabel va optik tolali kabel. 1. Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o‘xshash.. Asosan bino ichidagi tarmoqni xosil qilishda foydalaniladi. Bunday kabel to’rt qatlamdan tashkil topgan bo’ladi: uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Bu izolyatsiya bilan o’ralgan bo’lib, u 2-qatlamini tashkil kiladi. 3-qatlam izolyatsiyasi yupqa metall ekran bilan qoplangan bo’ladi. To’rtinchi qatlam plastik qatlamdan iborat bo’lib, u uchta katlamni qoplaydi.Keyingi paytda keng rivojlangan kabel televideniyasida ishlatiladigan sim koaksial simdir. Kabel televideniyasi yordamida bir qancha kanallar orqali ko’rsatuvlar berilishining sababi xam koaksial simlar orqali bir paytda bir qancha turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda har bir signal turiga bittadan kanal mos keladi. Har bir kanal o’z chastotasida ishlaydi, shuning uchun ular oraliqda bir-biridan mustaqil xisoblanadi.Koaksial simlarning afzalligi ularning turli tashqi qarshiliklarga chidamliligi va nisbatan uzoq masofalarga ma’lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir. Afsuski, bu simlarni to’g’ridan-to’g’ri kompyuterga ulab bo’lmaydi. Buning uchun qo’shimcha bog’lovchi sifatida BNC bog’lovchisidan foydalaniladi.Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya’ni uning yordamida deyarli barcha turdagi: tovush, video va xokazo signallarni uzatish mumkin. 2. O’rama juftli kabellari (tvisted pair – vitaya para) telefon simini eslatadi. Asosan bino ichidagi tarmoqni xosil qilishda foydalaniladi.Lokal kompyuter tarmoqlari ingichka (Ethernet) koaksial sim yoki vitaya para bazasida ko‘riladi. Odatda koaksial simlar yordamida tashkil kilingan tarmoq umumiy shina (sim) orkali birlashtiriladi. Bu esa ma’lum noqulayliklarga olib keladi. Masalan, koaksial simning biror joyida uzilish bo’lsa, tarmoq kompyuterlari ishlamay qoladi. Sim uzilgan joyni topish masalasi esa amrimaxol bo’lib koladi. Shuning uchun xozirda lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish strukturalash prinsipiga asoslanadi. Bunda har bir struktura aloxida «vitaya para» simlari bilan ulangan bir necha kompyuterlar tarmok adapteri (moslovchisi) orkali kompyuter bilan boglangan shaklda tuziladi. Bunda har bir struktura aloxida «vitaya para» simlari bilan bir necha kompyuterlarning tarmoq adapterlari orqali kompyuterlarga ulangan xolda bo’ladi. Tarmoqni kengaytirish uchun unga yangi shunday struktura qo’shiladi xolos. «Vitaya para» prinsipida tarmoq tuzishda qo’shimcha joylar (yangi kompyuterlar olinganda) tashkil qilish uchun qo’shimcha simlar tortiladi. Natijada yangi foydalanuvchini tarmoqqa qo‘shish bir yoki bir necha panellarda kommutatsiyani o’zgartirishga olib keladi xolos. 3.Optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig‘i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo‘llaniladi. O‘tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. Optik-tolali deyilishiga sabab, yorug’lik quvvatidan tolalar orqali boshqa energiya turiga aylantirilishidir. Bunday simlarning diametri bir necha mikron buladi. Ular qattiq qatlam bilan, tashqaridan esa ximoyaviy qoplam bilan qoplangan ko’rinishda buladi. Birinchi optik-tola simlar shisha materialidan tayyorlangan edi. Xozir esa uning o’rniga plastik tolalar ishlatiladi.Optik-tolali simlarning afzalliklari: har qanday tashki qarshiliklarga chidamliligi, ma’lumotlarni uzok masofalarga o’zgartirishsiz va tez uzatilishi (avvalgilariga nisbatan xatto 10 barobar tez). Uning kamchiligi LKT (lokal kompyuter tarmogi)ni xosil qilishda simlarni ulashning nisbatan qiyinligi, ularga xizmat ko’rsatishning qimmatligi va qiyinligidadir. Bundan tashkari, optik-tola simlarining keng tarqalmaganligiga sabab, yetarlicha tajribaga ega bo’lgan mutaxassislarning yo’qligi xam deyish mumkin. 2-jadval.Kabellarning taqqoslash jadvali.
Download 11.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling