MA’lumotlar almashinuvining yangi erasi: tcp/ip va ipv6


Download 41.5 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi41.5 Kb.
#143802
Bog'liq
MA’LUMOTLAR ALMASHINUVINING

MA’LUMOTLAR ALMASHINUVINING

YANGI ERASI:TCP/IP va IPv6


Bu maqolamda kompyuter foydalanuvchilariga (user) internetga ulanishni ta’minlab beradigan internet protokoli TCP/IP va uning so’nggi versiyasi haqida so’z boradi.



Internet protokollarisiz kompyuterlarni internetga bog’lab (ulab) bo’lmaydi. Internet protokollari bizga ma’lumotlar almashinuvini ta’minlab berishga hizmat qiladi. Ko’pchilik foydalanuvchilar TCP/IPni bitta programma deb o’ylashadi. Aksincha, u tarmoqning bir vaqtning o’zida ma’lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o’zaro bog’lanish qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo’lib, u TCP/IP oilasidagi har bitta qism ma’lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elektron pochtalarni yuborish, sistemaga olis masofalardan kirishni ta’minlash, fayllarni manzillarga jo’natish, xabarlarga yo’l ko’rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish. TCP/IP Internet global tarmog’ida keng foydalaniluvchi qaydnomalardir. U ham yirik korporativ tarmoqlarda, shuningdek, kompyuterlar soni oz bo’lgan lokal tarmoqlarda ham qo’llaniladi. Bir qarashda juda sodda tuzilgan g`oya deb o’ylashimiz mumkin chunki intеrnеt orqali dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi kompyutеr bilan ma'lumot almashish imkonini bеradi: axborot yoki xabar pakеtlar dеb ataluvchi bo`laklarga ajratib chiqiladi, bu pakеtlar kеrakli manzilga yеtkaziladi va u еrda pakеtlar qayta yig`ilib, jo`natilgan axborot yoki xabar tiklanadi lekin bu g’oya internet olamida tub burilishga olib keldi. Bu g’oyaning vazifasini Intеrnеtning ikkita o`ta muhim protokoli Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) larga yuklatilgan. Bu protokollar ko`pincha birgalikda TCP/IP dеb ham ataladi. TCP – ma’lumotlarni paketlarga ajratadi va ularni qayta yig’adi , IP – esa paketlarni yuborilayotgan manzilga yetkazib beradi. Internet tarmog’ining ishlash prinsipi TCP/IP (Transmisssion Control Protocol/Internet Protocol) - (ma’lumotlarni uzatish qaydnomasi/Internet qaydnomasi)dan foydalanishga asoslangan. TCP/IP protokollaridan foydalanilganligi uchun ham Intеrnеt pakеtlarni ulovchi tarmoq dеb ataladi. Bunda jo`natuvchi va qabul qiluvchi kompyutеrlar bеvosita ulanmaydi. Buning o`rniga jo`natilayotgan ma'lumot pakеtlarga bo`linib, boshqa pakеtlar bilan birgalikda ko`pgina turli marshrutizatorlar orqali uzatiladi va oxirgi manzilda pakеtlar qayta yig`iladi. Misol uchun yuqoridagidan farqli ravishda, tеlеfon tizimi liniyalarni ulovchi tizim bo`lib, qo`ng`iroq bo`lganda qo`ng`iroq qiluvchi va uni qabul qiluvchi abonеntlar orasidagi liniyalar bu qo`ng`iroq tugagunicha butkul band qilinadi. Boshqacha aytgandi, tеlеfon qo`ng`irog`i liniyani monopol egallaydi, intеrnеt esa liniyadan boshqalar bilan birgalikda foydalanadi. Shu sababli, intеrnеt tеlеfon liniyalaridan foydalansa-da, intеrnеt orqali bog`lanish qo`ng`iroq qilishdan bir nеcha o`n marta arzonga tushadi. Intеrnеt imkoniyatlaridan to`liq foydalana olish uchun kompyutеrlar TCP/IP protokolini tushunadigan dasturiy vositalarga ega bo`lishi kеrak. Bugungi kunda bu narsa muammo emas, Windows opеratsion tizimi tarkibiga Winsock dеb ataluvchi dastur kiradi. Bu dastur TCP/IP protokolini qo`llab quvvatlaydi, hamda intеrnеt va PC orasida vositachi bo`lib xizmat qiladi.

Demak, TCP/IP qaydnomalari Internet global tarmog’ida ham, shuningdek boshqa ko’pgina local tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Albatta, Internetdan foydalanuvchilarga TCP/IP qaydnomalari haqida hech qanday maxsus bilim talab qilinmaydi, biroq umumiy xarakterdagi, yechilishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish uchun asosiy ishlash prinsiplarini tushunish, xususan elektron pochtalar sistemasini joylashtirish (sozlash)ni bilish kerak. Shuningdek, TCP/IP qaydnomalari Internetning boshqa bazali qaydnomalari FTP va TelNet qaydnomalari bilan uzviy bog’langan, Nihoyat, Internetning qator asosiy kompensatsiyalarini bilish, sizga ushbu sistemaning murakkablik darajasini baholash imkonini beradi.



TCP/IPv4 bu TCP/IP oilasiga mansub bo’lib, hozirgi kunda dunyoda keng qo’llaniladiga internet protokollarining to’rtinchi avlodi hisoblanadi. Bu protokolga qisqacha to’xtalsak, internetga ulanishni standart protokoli hisoblanadi, dunyoning barcha internet foydalanuvchilari bu protokoldan foydalanishadi va ular bilan ma’lumot almashish imkoniyati keng,bu protokol manzili 32 bitdan tashkil topadi va 32 bitlik manzillar sxemasida 4 milliarddan ortiq ip manzillarni tuzish mumkin lek hozirgi kunda bu ko’rsatkich keskin kamayib bormoqda. Bunga sabab TCP/IP ning oltinchi avlodi IPv6 ning dunyoga kelishidir.

Internet protokollarining eng so’nggi versiyasi bu TCP/IPv6 internet protokoli hisoblanib, bu protokol bir biriga o’xshamaydigan lekin bir biriga bog’liq bo’lgan turli xil tarmoqlarni bog’lashni ta’minlab beradi (Misol uchun bu protokol Ethernet tarmog’i uchun bir qator qulayliklarga ega). IPv6 paketi ma’lumotlarni yoki axborotlarni paketlarga ajratadi (bo’laklarga ajratilgan holda) va uni zaruriy manzilga yetkazuvchi, bu jo’natilgan foydali paketni talab qilingan manzilda qayta yig’ilib va yuborilgan ma’lumotlar yoki axborotlar to’liq tiklovchi va axborotlarni boshqaruvchilardan tuzilgan. Axborotlarni boshqaruvchi asosan mavjud ma’lumotlarni doimiy ravishda sarlovha bo’yicha saralab boradi. Bu protokolning manzillar soni deyarli cheksiz ya’ni har bir yer yuzida yashovchi uchun 5*1028 ta manzil to’g’ri keladi.Bunday katta manzillar kosmik ierarxik manzillar uchun joriy etildi (bu marshrutizator ishini osonlashtiradi). IPv6— yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega. IPv6 internet protokoli 128bit dan tashkil topgan bo’ladi. IPv6 ning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: “fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf ” manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu ip manzillar facebook.com, google.com, microsoftbing.com, yahoo.com va shunga o’xshash mashxur saytlarga o’rnatilgan va korporativ tarmoqlar ham IPv6 ga o’tishmoqda. Biz manzillarni o’nlik sanoq tizimida ishlatganimiz bilan tarmoq interfeyslari IP manzillarni ikkilik ko’rinishi bilan ishlaydi. Shunda IP manzilning har-biri 8bitdan iborat bo’lgan to’rtta oktetlardan tashkil topgan sonlar to’plami bo’ladi. Undagi har-bir bit o’z qiymatiga ega bo’ladi. IP adres kiritilishini quyidagi turlari mavjud. 1.Statik 2. Dinamik Statik ip adreslar foydalanuvchiga o’zgarmas ip adres beradi. Masalan sayt yoki biron bir server va hakozolarning egasi bo’lsangiz. Dinamik ip adreslar esa o’zgaruvchan ip adreslar deganidir. Bu esa o’z navbatida ip manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo’lib qolishidan ximoyalaydi. Yana bir afzalligi shundaki IPv6ni tarmoqda juda ham katta joy egallaydigan, hajmi 4 GB gacha bo’lgan paketni yuqori tezlikda jo’nitsh imkoniyati yaratilganligidir. Eng muxim esa jo’natilayotgan ma’lumotlarni xavsizligini ta’minlash bo’lib, istalgan ma’lumotni IPSec protokoli orqali himoyalash mumkin (IPSec protokoli IPv6 internet protokoli bilan ishlaydi va u SSL va TLS protokollaridan ancha yahshiroqdir).
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling