Ma’lumotlar bazasi” fanidan mustaqil ish mavzu: Bilimlarni tasvirlash modellari: mantiqiy
Download 66.66 Kb.
|
Ma’lumotlar bazasi” fanidan mustaqil ish mavzu Bilimlarni tasvi
1. Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, ruf, rl va boshqalar).
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi. Buni quyidagi sxema misolida ko'rib chiqamiz. Agar talabalar darsga muntazam qatnashib, darsni tinglab yoki konspekt yozib turmasa, uyda muntazam shug'ullanmasa, u holda ular 30 soat darsni zoye ketgazgan hisoblanadi. Bilimlarni tasvirlaydigan tizimlar mahsuliy produksion tizimlar deb nom oldi. Ekspert tizimlarining qo'llanishi bo'yicha mahsulotlarni «vaziyat-->harakat», «holat→ yechimini qabul qilish», «jo'natish — xulosa» tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi uchun o'ziga xoslik — bu «jo'natish-xulosa» ko'rinishda talqin qilinadi. Bu jo'natishlar va xulosalar — aksioma va teoremalarni, mahsulotlarni o'zi esa xulosa qoidalarni ifodalaydi. Xulosa chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3 xil bo'ladi ;
To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish. Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish. Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar . Masalan, to'g'ri yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar yordamida kasallik alomatlariga ko'ra kasallik aniqlanadi. Teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi farazlardan (taxmin qilingan kasallikdan) bu farazni isbotlovchi yoki isbotlay olmaydigan dastalabki ma'lumotlarga asta boramiz. Yuqorida ko'rib chiqilgan misollar xulosani to'g'ri yo'l bilan chiqaruvchi usuliga mos keladi. Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda ikkita jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita oladigan hamda qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro munosabatlarni aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar modulini qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi. Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi. Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi.
Download 66.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling