Ma`lumotlar bazasi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1053659
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Malumotlar bazasi amaliy ish 555



TATU Farg’ona filliali 680-21guruh talabasi Xadjayeva Mohizodaning 
“Ma`lumotlar bazasi ” fanidan 
AMALIY MASHG’ULOT 
Mavzu:C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish 
Ishdan maqsad: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratishni 
o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish. 
Masalani qo`yilishi: C++ builder 6 dasturining ma`lumotlar bazasi bilan 
ishlaydigan komponentalarni o`rganish va ular ishtirokida ma`lumotlar bazasi 
ma`lumotlari bilan oddiy interfeys yaratish. Ma`lumotlar bazasi sifatida Oracle va 
interfeys sifatida C++ builder 6 dasturlari o`rtasida aloqa o`rnatish. Uslubiy 
ko`rsatmalar: C++ dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan ADO, 
DataAccess, DataControl va Express kabi component bo`limlari mavjud. Ular 
orqali ma`lumotlar bazasi ustida amallar bajarilishi mumkin. 
Interfeysda ma`lumotlar bazasini chaqirish uchun ADO Connection, ADO 
Query va Data Source komponentalaridan foydalanish kifoya. Ma`lumotlar 
bazasidagi ob`yektni aks ettirish uchun esa DB Grid komponentasidan 
foydalaniladi. DB Grid komponentasi jadvallarni aks ettiradigan komponenta 
hisoblanadi. 
ADO Connection komponentasi ADO bo`limida joylashgan bo`lib, u 
ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishga xizmat qiladi. ADO Query 
komponentasi ham ADO bo`limida joylashgan bo`lib bog`langan ma`lumotlar 
bazasiga so`rovlar yozishda ishlatiladi. 


C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi 
C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi keltirilgan bo`lib, ma`lumotlar bazasi 
bilan aloqa o`rnatishda ADO va DataAccess bo`limlaridan foydalaniladi. Avvalo 
bu uchta komponentani ishga tushirish kerak bo`ladi. Bu komponentalar dastur 
ishga tushganda ko`rinmaydi. Ular forma osti komponentalari hisoblanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling