Ma`lumotlar bazasi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Malumotlar bazasi amaliy ish 555
- Bu sahifa navigatsiya:
- C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi
TATU Farg’ona filliali 680-21guruh talabasi Xadjayeva Mohizodaning “Ma`lumotlar bazasi ” fanidan AMALIY MASHG’ULOT Mavzu:C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish Ishdan maqsad: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratishni o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish. Masalani qo`yilishi: C++ builder 6 dasturining ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan komponentalarni o`rganish va ular ishtirokida ma`lumotlar bazasi ma`lumotlari bilan oddiy interfeys yaratish. Ma`lumotlar bazasi sifatida Oracle va interfeys sifatida C++ builder 6 dasturlari o`rtasida aloqa o`rnatish. Uslubiy ko`rsatmalar: C++ dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan ADO, DataAccess, DataControl va Express kabi component bo`limlari mavjud. Ular orqali ma`lumotlar bazasi ustida amallar bajarilishi mumkin. Interfeysda ma`lumotlar bazasini chaqirish uchun ADO Connection, ADO Query va Data Source komponentalaridan foydalanish kifoya. Ma`lumotlar bazasidagi ob`yektni aks ettirish uchun esa DB Grid komponentasidan foydalaniladi. DB Grid komponentasi jadvallarni aks ettiradigan komponenta hisoblanadi. ADO Connection komponentasi ADO bo`limida joylashgan bo`lib, u ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishga xizmat qiladi. ADO Query komponentasi ham ADO bo`limida joylashgan bo`lib bog`langan ma`lumotlar bazasiga so`rovlar yozishda ishlatiladi. C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi keltirilgan bo`lib, ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishda ADO va DataAccess bo`limlaridan foydalaniladi. Avvalo bu uchta komponentani ishga tushirish kerak bo`ladi. Bu komponentalar dastur ishga tushganda ko`rinmaydi. Ular forma osti komponentalari hisoblanadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling