Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasini
yaratish texnologiyalari Access
Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tishkil qiladi
va ular obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar:
«Jadvallar» – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;
«Tablitsalar» – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o’zgarishlar
kiritish uchun xizmat qiladi;
«Formalar» – ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;
«Sahifalar» – HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular Access
ma’lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida ko’rish uchun ishlatiladi;
«Xisobotlar» – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini
beradi;
«Makroslar» – bir yoki bir qancha operasiyalarini avtomatik ravishda
bajaradi.
Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har
qanday ma’lumot jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari yozuvlar deb,
ustunlari esa maydonlar deb ataladi.
So’rovlar jadvallardan ma’lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar
(ko’rsatgichlar) asosida tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir
yoki bir nechta bo’lishi mumkin.
Access MBBTni ham barcha dasturlar kabi ish stolining «Пуск» tugmasi
yordamida ishga tushirish mumkin.
Bu dastur ishga tushganidan so’ng ekranda hosil bo’lgan oynada
ma’lumotlar bazasini yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini
tanlash mumkin (4-rasm).
4-rasm. Microsoft Access MBBTning asosiy
oynasi
Ushbu oynadagi ko’pgina tugmachalar o’zini
ko’rinishi va mohiyati jihatidan matn muharriri
Word va jadval prosessori Excelning
tugmachalariga o’xshab ketadi. Haqiqatdan ham ular
xuddi Siz o’ylagandek ishlarni va funksiyalarni bajarish imkonini beradi.
Masalan, faylni ochish, matnni chop qilish, orfografiyani tekshirish, qaychi va
hokazolar. Boshqa tugmachalar esa ma’lumotlar bazasini tuzish va unda ishlash
bo’yicha maxsus aniqlanilgan masalalarni yechish uchun xizmat qiladi.
Access MBBTda ma’lumotlarni standart usul bilan olish imkoniyati amalga
oshirilgan. Ushbu imkoniyat mos drayverlar orqali xilma xil formatlardagi
axborot massivlari bilan ishlaydigan ma’lumot bazalari bilan ish olib borishga
qulay sharoitlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |