Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki
Download 406.05 Kb.
|
Ma\'lumotlar bazasi va banki haqida ma\'lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlar. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki deganda foydalanuvchilar
ma’lumotlarining bazalari, bu bazalarni shakllantirish, olib borishning texnik va dasturiy vositalari, tizimning faoliyat yuritishini ta’minlovchi mutaxassislar jamoasi majmuidan iborat bo’lgan tashkiliy-texnik tizim tushuniladi. Eng umumiy ko’rinishda ma’lumotlar bankining asosiy vazifalarini quyidagicha shakllantirish mumkin: muammo sohaning xuddi o’xshash axborotli aks ettirilishi, foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotlar saqlanishi, yangilanishi va berilishini ta’minlash. Har qanday ma’lumotlar bankining tarkibiy qismlari ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimi (MBBT), ma’lumotlar bazasining ma’muriyati, amaliy dasturiy ta’minlanishdan iborat bo’ladi. Bu 1- rasmda keltirilgan. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari Ma’lumotlar bazalari Amaliy dasturlar paketi Ma’lumotlar bazasi adminstatori 1-rasm. Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlar. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni SHK xotirasida saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan mantiqiy bo’linadi. Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, SHKning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, SHK xotirasida saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan. Muammo soha haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish qiyin va hozirgi vaqtda zamonaviy SHK xotirasi hajmining yetarlicha bo’lmasligi sababli amalda bajarish mumkin emas. Unga nafaqat ushbu omil to’sqinlik qiladi. Amalda ko’pgina ma’lumotlar bazalari ishlatishlarning cheklangan soni uchun loyihalashtiriladi. Bitta SHKda, qoidaga ko’ra, bir necha xildagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqt o’tishi bilan turdosh vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazalari, agar bu butun hisoblash majmuasining ish unumdorligini oshirishga ko’maklashsa, birlashtirilishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratilishi ma’lumotlarni integrasiyalashuvi va ma’lumotlarni markazlashgan holda boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. Download 406.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling