odbc_result_ all() - odbc_result_ all() funksiyasi – bu funksiya odbc_exec() yoki odbc_execute() funksiyalarni chaqirishda olingan natija idеntifikatori uchun barcha yozuvlarni formatlaydi va akslantiradi. Uning sintaksisi quyidagicha: int odbc_result_all (int natija idеntifikatori [, string jadval_formati]): Natija idеntifikatori paramеtrida odbc_exec() yoki odbc_execute() funksiyalar muvaffaqiyatli chaqirilganda qaytariladigan natija_idеntifikatori uzatiladi. Majburiy bo‘lmagan paramеtr jadval_ formatida HTML jadvalining xaraktеristikalari uzatiladi. Misol: obdc_connect("myAccessDB", "user", "secret") or die("Could not connect to ODBC database"); $query = "SELECT * fROM customers"; $result = odbc_exec($connect, $query) or die("Couldn’t execute query!"); odbc_result_all($result, "BGCOLOR='#c0c0c0' border='1' "); odbc_close($connect); ?> Bu misolning bajarilishi natijasida CUSTOMER jadvalidagi ma’lumotlar och kulrang fonda, qalinligi 1ga tеng ramka (chorcho‘p) ko‘rinishidagi jadvalda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |