1–mavzu. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi -6 soat. Mashg‘ulot turi: Ma’ruza. Tasvirlash vositalari


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1461786
  1   2   3
Bog'liq
2#039;ruza. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh


1–mavzu. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi -6 soat. 
Mashg‘ulot turi: Ma’ruza.
Tasvirlash vositalari: Moybo‘yoq, № 4, 8, 14 o‘lchamdagi mo‘yqalamlar, 75x60 
o‘lchamdagi tagromga tortilgan xolst, eritgich (razbavitel, skipidar), moybo‘yoq, 
bo‘yoq aralashtirish uchun palitra, yumshoq mato yoki salfetka, eritma uchun maxsus 
idish, mo‘yqalamlarni yuvish uchun idsh va uayt-spirit 
Reja: 
Amaliy ish va uni bajarish bosqichlari: 
1. Qiyofachi gavdasini yuzaga kompozitsion to‘g‘ri joylashtirish; 
2. Nisbatlarni aniqlash, xarakterli jihatlarini topish; 
3. Rang va tus munosabatlari va yoritilish xususiyatlarini hisobga olib rangtasvirni 
davom ettirish;
4. Ishni umumlashtirish va yakunlash
Izoh: tasvir 60x75 o‘lchamli xolstda bajariladi. 
Tayanch iboralar: Cheklangan ranglar, xolst, kompozitsiya, skipidar, rangli 
gruntovka, konstruktiv tuzilish, perspektiva, obraz, aralash texnika, rang surtmalari 
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
 
Moybo‘yoqda portret ishlash 
Uzoq muddatda quriydigan moybo‘yoqni kerakli rang tuslarini hosil qilish uchun 
xolst yuzasiga shoshmasdan rang surtmalarini qo‘yib borish mumkin. Aynan sekin 
qurishi uning afzal tomonlaridan biri hisoblanadi. Bo‘yoqning bu xususiyati 
boshlovchi rassomning unda bemalol ishlash imkoniyatini beradi. Moybo‘yoq hali 
qurimasdan ustidan yangi rang surtmalari qo‘yib, yoki ortiqcha bo‘yoq qatlamini 
skipidarga botirilgan mato yordamida olib tashlab bo‘yoq surtmalari rangini 
o‘zgartirish mumkin. 
Qurish, 
joylashtirish 
Shakl, hajm 
nisbatlarini 
to‘g‘ri topish 
Soya–yorug‘ 
munosabalar
ini 
to‘g‘ri 
topish 
Tus 
nisbatlarini 
topish 
Umumlashtir
ish, 
yaxlitlash, 
yakunlash 
ishlari 
Jami 
ball 
ball 
ball 
ball 
ball 
ball 
ball 








Portretni ishlar ekan rassom doimiy ravishda qo‘shimcha rang surtmalari yordamida 
odam tanasi rangini o‘zgartirib boradi, shuning uchun tayyor portret ko‘rinishida 
yashil, jigarrang, pushti, sariq va zarg‘aldoq rang tuslarini ko‘rish mumkin. 
Asosdagi oq rang kuchini yumshatish uchun portretni ishlashni boshlashdan oldin, 
rangtasvir ustalari xolstni rangli grunt bilan yopib chiqishni maslahat berishadi. 
Bunday xolis tusli fonda och va to‘q kontrast tuslarni aniqlash oson kechadi. 
Bu portretning yuz qismi rangtasvirning aralash texnikasida ishlangan. Portretni 
erkin chiziqli qoralama bilan boshlab, keyin esa tusda podmalyovka ishlarini amalga 
oshiramiz. Keyin yana yuzning xarakterli jihatlarini topish uchun yana chiziqlar 
yordamida suratga ishlov beriladi va quyuq rang surtmalarida ishni tugatiladi. 
Palitra 
Moybo‘yoqda ishlashdan oldin palitrada bir necha bo‘yoq ranglarini aralashtirib 
ranglarni tayyorlanadi. Undan keyin kerakli rang tusni topish uchun har doim yangi 
eksperimentlar qilishning hojati qolmaydi. Portret ustida ishlashda qo‘llaniladigan 
ranglarni aralashtirish yo‘llari ko‘rsatib boriladi. Palitraning pastki qismida sariq 
kadmiy bilan qo‘shib asta-sekin inson tanasi rangining kerakli tusini ifodalash uchun 
yashil va karmin bo‘yog‘i qo‘yilgan. 
Kerakli moybo‘yoq ranglari: 
Tabiiy siena, kuydirilgan siena, oxra, 
krappmaren pushti, kobalt ko‘k, umbra 
jjenaya, titan oqi, maysarang yashil, sariq 
kadmiy, qora, karmin.
Asosni xolis rang bilan tuslab chiqiladi.
Moybo‘yoqda portret ishlash, birinchi 
bosqich. 
Paxtadan to‘qilgan matoni skipidarda 
ho‘llang va siena bo‘yog‘ini surkab 
chiqing. Agar kerak bo‘lsa bo‘yoq qatlami 
och va shaffof rang hosil qilishi uchun yana 
ozgina skipidar qo‘shish mumkin.
1. Ikkinchi bosqich 


№4 o‘lchamdagi mo‘yqalam bilan naturalnaya siena 
rangida qiyofachi yuzi va yelka qismi suratini chizib 
chiqing. Yuz qismida alohida bo‘laklarining o‘zaro 
munosabatlariga sinchiklab e’tibor bering. Bu 
kщrinishda burunning uch qismi bo‘yinning yelka 
bilan uchrashgan joyi bilan bitta chiziqda yotganini 
kuzatish mumkin.
2. Uchinchi bosqich. Podmalevka 
kuydirilgan 
siena, tabiiy 
siena va sariq 
oxrani 
aralashtirib yuzning soya qismiga rang berib 
boshlang. 
Aralashmaga 
yana 
ozgina 
kuydirilgan sienani qo‘shib burun ostidagi 
chuqur soyaga ishlov bering. Ozgina pushti 
rang qo‘shib peshanadagi oraliq tusini 
ifodalang. Yana ozgina pushtirang qo‘shib 
o‘ng chakkasi va labiga ishlov bering.
Kobalt ko‘k, kuydirilgan umbra va oq 
bo‘yoqda № 13 o‘lchamdagi mo‘yqalamda 
kartinaning orqa planiga podmalevka bering.
3. To‘rtinchi bosqich. Soyalarni bo‘yash 
O‘sha aralashma bilan ko‘ylakka ham rang 
bering, keyin yana yuz qismiga ishlashga 
o‘tiladi. № 6 o‘lchamdagi mo‘yqalamda sariq 
oxra, tabiiy siena va kuydirilgan siena 
aralashmasida yuzning soya qismini ishlab 
chiqing. Iyak va burun ostida oq va pushti 
ranglar 
aralashmasida 
bir 
necha 
rang 
surtmalarini qo‘ying, keyin bo‘yinga maysarang 
yashil 
bilan 
aralashtirilgan 
yupqa 
rang 
surtmasini qo‘ying. Endi rang-tus o‘yinlarini 
ifodalash vaqti keldi, u yuzning xarakterli 
xususiyatlarini aniq ifodalashga yordam beradi. Vaqtincha orqa plan haqida 
o‘ylamay turing, 


u birinchi berilgan dastlabki rang bilan tura turadi, 
chunki portretda asosiy maqsad faqat yuz bo‘lishi 
kerak.
4. 
Yuzning 
yoritilgan 
qismini 
ishlashni 
boshlaymiz
Kobalt ko‘k va maysarang yashil bo‘yoqlar 
aralashmasida shakl va hajmni ifodalay boshlaymiz. 
Sariq oxra, sariq kadmiy va ko‘proq miqdordagi oq 
bo‘yoqni aralashtirib yorug‘lik tushib turgan o‘ng 
ko‘z ustidagi peshana qisminiga ishlov beramiz.
5. To‘q tuslarga ishlaymiz 
To‘q tusli qismlarni belgilash 
uchun 
ishlayotgan 
portret 
yuzini 
sinchiklab 
kuzating. Undan keyin 
qora 
bo‘yoqqa 
ozgina 
kuydirilgan 
umbra 
qo‘shing va iyak tagidagi 
soyaga ishlov bering. 
Boshning o‘ng tomonidagi 
soch 
bo‘laklarini 
belgilab 
chiqing. 
Keyin 
aralashmaga 
ozgina 
kuydirilgan umbra qo‘shib 
portretdagi qosh, burun 
chiziqlari va labga ishloa 
bering.
Karkasli qoralama 
Portretni ishlashni boshlashdan oldin, boshqa tasvirlash vositasida qoralamalar qilib 
qo‘l va ko‘zingizni mashq qildiring. Masalan, geliyli ruchka yordamida bosh va yuz 
shaklini ifodalaydigan karkasli qoralama bajaring. Peshana bo‘yicha o‘tadigan egri 
chiziqlarni o‘rganing, ular na tus va na mayda bo‘laklarni, balki boshning bu qismi 
aylana shakllarini ifodalaydi.
6. Tuslarni aniqlaymiz 
Kuydirilgan umbraga ozroq qora bo‘yoqni 
qo‘shing va iyak shaklini yana chizib chiqing. 
Undan keyin ko‘ylakning rang berilmagan 
qismlarini yopib chiqing. Karmin va sariq 
kadmiy aralashmasida portret peshanasidagi 
har xil tusli alohida qismlarga ishlang. 
Yuzning soya tomonidagi to‘q qismini 
ifodalash uchun aralashmaga ozroq tabiiy 
siena qo‘shing.
7. 
Yorug‘ tushib turgan qismini ishlashga 
o‘tamiz 
Oq va ozgina sariq kadmiyni aralashtirib 
yuzning o‘ng tomonidagi yorug‘ tushib turgan 
qismiga ishlashni boshlaymiz. Eng och joylar bu yerda ko‘zning ustki va pastki 
qismi, burunning yontomoni hamda iyaklar atrofida joylashganligini ko‘ramiz.


8. Och tuslarda 
ishlaaymiz 
Oq 
bo‘yoqning 
kamroq 
pushti 
ranglar 
bilan 
aralashmasida 
quloqni 
yopib 
chiqamiz. Keyin 
esa oq bo‘yoqda 
oxra 
va 
sariq 
kadmiyni 
aralashtirib 
yorug‘ 
tushib 
turgan peshana hamda bo‘yin qismlariga ishlov 
bering. Ko‘ylakning yorug‘ tushib turgan qismiga toza oq rangda rang surtmalari 
qo‘yib chiqing. Oq bo‘yoqqa oz miqdorda kobalt ko‘k rangni qo‘shib orqa planga 
ishlov bering. 
Mushtabeldan foydalanamiz 
Mushtabel (uzun mustahkam yog‘och planka) moybo‘yoqda ko‘pincha katta 
kartinalar ustida ishlashda foydalaniladigan asbob. Bir qo‘lda mushtabelning bir 
uchidan ushlab, ikkinchi uchini xolst chekkasiga qadaymiz. Hosil bo‘lgan bu 
“ko‘prik”ka tayangan holda xolstdagi hali qurimagan bo‘yoqlarni chaplab 
yuborishdan qo‘rqmasdan ishni davom ettirishingiz mumkin.
9. 
Iyak shakliga ishlaymiz 
Ko‘k kobalt va oq bo‘yoqlarni aralashtirgan holda 
ko‘ylakning soyadagi qismini ishlaymiz. №6 
o‘lchamdagi 
kuraksimon 
mo‘yqalamni 
olib 
maysarang yashil bilan oq rang aralashmasida iyak 
shakliga ishlov bering. Bu aralashmaga ozgina 
kuydirilgan umbrani qo‘shing va ko‘z soqqasi 
atrofidagi kulrang tuslarga ishlov bering.
10. 
Mayda bo‘laklarga ishlov berish 
Kuydirilgan umbra bo‘yog‘i yordamida og‘iz va 
yuqori 
lab 
burmalaridagi 
chegaralarni 
aniqlashtiramiz. 
Sariq 
kadmiy 
va 
karmin 
aralashmasida yoqaning chekkasiga ishlaymiz. Quloq bo‘shlig‘ini ishlash uchun 
oqqa pushti rangni qo‘shib rang tayyorlang. № 13 o‘lchamdagi mo‘yqalam bilan 
yonoq va ko‘z ustidagi shu’la tushib turgan joylarni aniqlashtiring.
11. Tushib turgan soyalarni chuqurlashtiramiz 


Oq bo‘yoqqa oxrani aralashtiring, bo‘yinning iliq tuslarda orqa tomondan yoritilgan 
qismiga rang surtmalari qo‘ying. 
Oxra, sariq kadmiyning karmin 
bilan aralashmasidagi yoqadan 
bo‘yinga tushib turgan soyasiga 
ishlov bering. Keyin kobalt 
ko‘kni qora bilan aralashtirib 
ko‘ylakdagi to‘q qismlarga rang 
surtmalarini qo‘ying.
Oxirgi shtrixlar 
12. 
Sochga och ranglardan 
qo‘shamiz 
To‘q rangli sochlarga tushib turgan yorug‘lik ajoyib sariq va och jigarrang rang 
tuslarini beradi. Oxra, maysarang yashil va tabiiy sienaning turli miqdordagi 
aralashmalari yordamida bu shu’lalarni ifodalang.
13. Tuslarni aniqlaymiz 
Tabiiy siena, karmin, sariq kadmiy va pushti 
ranglarni 
aralashtiramiz. 
№ 6 o‘lchamdagi 
kuraksimon mo‘yqalam yordamida peshana va chap 
yonog‘ining soyadagi qismiga qizg‘ish tuslar 
beramiz. Rang surtmalari peshana shakliga mos 
bo‘lishiga e’tibor bering. Keyin yoqadan bo‘yinga 
tushib turgan soya kuchini aniqlang. Va nihoyat 
bo‘yin qismidagi quloq tagigacha bo‘lgan och sariq 
tuslarni uzaytiring. 
Bosqichma-bosqich moybo‘yoqda portret ishlash 
natijasi 


A - tana rangi 
Portretning alohida qismlarida qizg‘ish tusdagi tana rangi yaxshi bilinib turibdi. 
Shunday qilib tasvirlanayotgan portretdagi oftobda pishgan teri rangini ifodaladik.
B - tuslar yordamida “hajmni qurish”
Bo‘rtib chiqqan shakllar – masalan, peshana – har biri rang va tus jihatdan farq 
qiladigan kichik-kichik alohida tekisliklar ko‘rinishida ifodalangan. 
V – ortiqcha mayda bo‘laklarsiz 
Ko‘ylak naqshini chizishga intilmadik, balkim, ko‘ylakka tushib turgan yorug‘likni 
ifodaladik. Mana shunday kompozitsiya qoidalariga e’tibor natijasida tomoshabin 
nigohi alohida mayda bo‘laklarga emas, balki portetning asosiy g‘oyasi bo‘lgan yuz 
qismiga yo‘naltiriladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling