Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash. Ochiq ma’lumotlar bazasi aloqasi (ODBC) interfeysi. XML da ma’lumotlar bazasini tasvirlash
Reja:
1. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash.
2. Ochiq ma’lumotlar bazasi aloqasi (ODBC) interfeysi.
3. XML da ma’lumotlar bazasini tasvirlash.
1. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash.
SQL muhitida xar bir foydalanuvchi maxsus identifikatsiton nom, murojjat identifikatoriga (ID) ega. Ma’lumotlar bazasiga yuborilgan komanda ma’lum foydalanuvchi bilan yoki boshqacha aytganda maxsus murojaat identifikatori bilan bog‘lanadi. Imtiyozlar Har bir foydalanuvchi SQL ma’lumotlar bazasida nima qilish mumkinlgini ko‘rsatuvchi imtiyozlarga egadir. Bu imtiyozlar vaqt o‘tishi Bilan o‘zgarishi ya’ni eskilari o‘chirilib yangilari qo‘shilishi mumkin. SQL imtiyozlar bu ob’ekt imtiyozlaridir. Bu shuni bildiradiki foydalanuvchi berilgan komandani ma’lumotlar bazasining biror ob’ekti ustida bajarishi mumkin. Ob’ekt imtiyozlari bir vaqtning o‘zida foydalanuvchilar va jadvallar bilan bog‘liq. Ya’ni imtiyoz ma’lum foydalanuvchiga ko‘rsatilgan jadvalda, asos jadvalda yoki tasavvurda beriladi. Ixtiyoriy turdagi jadvalni yaratgan foydalanuvchi shu jadval egasidir. Bu shuni bildiradiki foydalanuvchi bu jadvalda hamma imtiyozlarga ega va imtiyozlarini shu jadvalning boshqa foydalanuvchildariga uzatishi mumkin. Foydalanuvchiga tayinlash mumkin bo‘lgan imtiyozlar:
SELECT
INSERT
jadvalda UPDATE komandasini bajarishi mumkin
UPDATE
jadvalda DELETE komandasini bajarishi mumkin
DELETE
jadvalning ustunidan (yoki ustunlaridan) ajdod kalit sifatida foydalanuvchi tashqi kalit aniqlashi mumkin. Bu imtiyozni ayrim ustunlar uchun berishingiz mumkin
REFERENCES
Do'stlaringiz bilan baham: |