Ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari
Download 26.35 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Tizimli tahlil
Kutubxonachilar kitob fondini tizimlashtirish, ya'ni kitoblarni turli kataloglarga taqsimlash, yangi kitoblar haqidagi ma’lumotlarni qo'shish va eski kitoblarlarini hisobdan chiqarish, kitoblarning berilishi va qaytarilishi hisobini yuritish, kutubxonaga yangi kitobxonni ro'yxatga olish yoki kitobxon abonentini yopish imkoniyatlariga ega bo'lishi kerak.
Kitobxon kitob kataloglarini bo'limlar, mualliflar va kitoblar bo'yicha ko'rib chiqish, shuningdek, kitobning mavjudligi va uni olish imkoniyati haqida ma'lumot olishi imkoniga ega bo'lishi lozim. Ma’muriyat yo‘qolgan kitoblar uchun yo‘qolgan kitob qiymatining 5 baravari miqdorida pul undirish maqsadida qarzdor kitobxonlar, eng ko‘p yoki kam ommalashgan kitoblar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Avtomatlashtirilgan tizimning vazifalari quyidagilardan iborat: 1) kitobxonni kutubxonaga ro'yxatdan o'tkazish; 2) kitobxon uchun kitoblarni izlash va ularni berishni qayd etish; 3) kitobxon tomonidan qaytarilganligini qayd etish; 4) kitobxon abonentini yopish; 5) kitob fondini to'ldirish; 6) kitoblarni kataloglar bo‘yicha tizimlashtirish; 7) kitoblarni hisobdan chiqarish; 8) bo'limlar bo'yicha kitoblar ro'yxatini tayyorlash; 9) mualliflari bo'yicha kitoblari haqida ma'lumot tayyorlash; 10) undirish miqdorini ko'rsatgan holda qarzdor kitobxonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni tayyorlash; 11) hisobdan chiqariladigan kitoblar ro'yxatini tayyorlash; 12) kutubxonaga xarid qilinadigan kitoblarni zarur miqdorini ko‘rsatilgan ro‘yxatini tayyorlash. Ushbu tizimning asosiy obyektlarini va ularning xossalarini aniqlaymiz. 1. KITOB: - kitobning noyob raqami (ISBN); - nomi - mualliflar familiyalari; - nashriyot; - nashr etilgan shahar; - nashr etilgan yil; - kitob sahifalari soni; - kitob narxi - kutubxonadagi nusxalar soni; - ushbu kitob tegishli bo'lgan bilim soha raqami. 2. KITOBXON: - kutubxon bileti raqami; - familiyasi, ismi, otasini ismi; - tug'ilgan sanasi; - uy manzili; - ish joyi; - telefon raqami va boshqalar. 3. NUSXALAR: – kitobning yagona inventar raqami; - kutubxonadagi joylashuvi (qator, javon); – ushbu nusxadan foydalangan kitobxonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan kitobxon (abonent) bileti: kitobxon bileti raqami, kitob berilgan sana va qaytarilgan sana. Bu PS tavsifining faqat bir namunasi; bu real sharoitda batafsilroq bo'lishi lozim. Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling