Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish
Talablarni tahlil qilish: ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash
Download 385.57 Kb.
|
1.3 mavzu
1. Talablarni tahlil qilish: ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash
Dasturchi sifatida yaratilayotgan dasturiy taʼminot, unda saqlanadigan maʼlumotlar va ularga qoʻyilgan talablarni tushunish maʼlumotlar bazasini loyihlashda ishingizni bir muncha osonlashtiradi. Maʼlumotlar bazasiga har tomonlama qarashni unutmang. Masalan, onlayn doʻkon uchun baza yaratganda, bazaga mijoz sifatida, yoki sotuvchi sifatida qarashingiz mumkin va bu ikkisi uchun bir hil maʼlumotlar turli koʻrinishda koʻrsatilishi kerakligini hisobga oling. Talablar va maqsdalarni aniqlash uchuh quyidagi qadamlarni bajarish mumkin: Bazani ishlatadigan odamlardan intervyu oling Hisob-fakturalar, ish jadvallari, so’rovnomalar kabi biznes hujjatlarni tahlil qiling Mavjud ma’lumotlar tizimlarini oʻrganing (shu jumladan jismoniy va raqamli fayllar) Mavjud maʼlumotlar istalgan koʻrinishda boʻlishi mumkin Navbat ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak bo’lgan barcha maʼlumotlarni yig’ib, ularni turlarga ajratish: shaxslar, joylar, buyumlar, talabalar, fanlar, hodisalar va hokazo. Har bir turdagi maʼlumotlarning attributlarini ham aniqlab oling: Xaridorlar Ism Manzil Shahar, tuman, viloyat E-pochta manzili Telefon raqami Mahsulotlar Nomi Narxi Zaxiradagi miqdori Buyurtma miqdori Buyurtmalar Buyurtma ID Buyurtmani qabul qilgan sotuvchi Sana Mahsulotlar Miqdor Narx Jami Keyinchalik bu ma`lumotlar bevosita MB jadvallarini shakllantirishda ishlatiladi. Maʼlumotlarni imkon qadar mayda boʻlaklarga boʻling. Misol uchun, manzilni shahar, tuman, viloyat qilib ajratsangiz, kelajakda MBdagi foydalanuvhchilarni tuman, shahar yoki viloyat boʻyicha ajratib olishingiz qulay boʻladi. Yana bir muhim jihat, bitta maʼlumotni bir nechta jadvalda qayta saqlashdan ogoh boʻling. Tasavvur qiling, sizda foydalanuvchilar va mijozlar degan jadvallar mavjud va siz biror shaxs haqidagi maʼlumotlarni ikkalasida ham saqlayabsiz. Agar bu shaxsning maʼlumotlari bitta jadvalda yangilansa (masalan telefon raqam oʻzgarsa), siz ikkinchi jadvalni ham yangilashingizga toʻgʻri keladi. Bu esa ortiqcha ish. Buning oldini olish uchun foydalanuvchilar uchun bitta jadval yaratib, bu foydalanuvchi mijoz yoki yoʻqligini attribut sifdatida koʻrsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasi qaysi turdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi, bu ma’lumotlar qayerdan olinishi va ulardan qanday foydalanilishini oʻrganganingizdan soʻng, siz haqiqiy ma’lumotlar bazasini rejalashtirishga tayyor bo’lasiz. Download 385.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling