Ma‘lumotlar bazasini rejalashtirish, loyihalashlash va administratorlash
Ma’lumotlar bazasini administratori imkoniyatlari va vazifalari
Download 1.19 Mb.
|
mbleksa1ded
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malumotlar bazasi administratori
Ma’lumotlar bazasini administratori imkoniyatlari va vazifalari.
MB korxonaning umumiy axborot resursi sifatida doimo ish holatida bo'lishi kerak. U muhim ahamiyatga ega bo'lgan resurs sifatida, alohida boshqarishni talab qila boshladi. Ko'pgina hollarda uning kundalik ishlashini, korxonaning o'sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlanishini ta'minlash zarur edi. Bundan tashqari, ma'lumotlar bazasi va uni rivojlantirish texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirilib turar edi va ma'lumotlar bazasiga aylangan ancha murakkab ob'ekt uchun yuqori darajadagi maxsus bilimlar talab qilinardi. Bunnan kelib chiqib MB ni boshqarish funktsiyasi "Ma'lumotlar bazasini administratorlash" deb nomlandi va uni boshqaruvchi shaxs "Ma'lumotlar bazasi administratori (ma'muri)" deb nomlana boshladi. Ma'lumotlar bazasini administratorlash (boshqarish) - bu ma'lumotlar bazasini boshqarish funktsiyasi. Ma'lumotlar bazasini boshqarish uchun mas'ul shaxs "Ma'lumotlar bazasi administratori" (MBA) yoki “Database Administrator” (DBA) deb nomlanadi. Ma'lumotlar bazasi administratori (MBA) yoki Database Administrator (DBA) - ma'lumotlar bazasiga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish, uni loyihalashtirish, amalga oshirish, samarali foydalanish va saqlash, shu jumladan ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilari qaydlarini boshqarish va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun mas'ul shaxsdir. MBA ning yanada muhim vazifasidan biri bu - ma'lumotlar bazasining yaxlitligini ta'minlashdir. Foydalaniladigan MBBT turiga qarab MBA vazifalari biroz farq qilishi mumkin, ammo asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi: MBAlari orasida turlari bo'yicha qat'iy hujjatli farqlash mavjud emas. Ammo ularga yuklangan vazifalarga qarab MBAning bir nechta umumiy turlari mavjud:
1.Ma'lumotlar bazasini rejalashtirish nima? a) Ma'lumotlar bazasini qurish b) Ma'lumotlar bazasidan ma'lumotlarni olish c) Ma'lumotlar bazasini tuzilma va talqinlarni belgilash d) Ma'lumotlar bazasini serverni o'z ichiga olgan tarmoqda ishlatish 2.Loyihalashlash nima uchun muhim? a) Ma'lumotlar bazasini o'zgartirish b) Ma'lumotlarni qidirish c) Ma'lumotlar bazasini rejalashtirish va yangilash d) Serverni yangilash va qo'shimcha xizmatlarni qo'shish 3.Ma'lumotlar bazasi administratori qanday vazifalarni bajaradi? a) Ma'lumotlarni o'chirish va qo'shish b) Ma'lumotlarni saqlash uchun serverni konfiguratsiya qilish c) Ma'lumotlar bazasini monitoring qilish va muammo hal qilish d) Barcha foydalanuvchilarga ma'lumotlarga kirish huquqini taqdim etish 4.Ma'lumotlar bazasini rejalashtirish nima uchun kerak? a) Ma'lumotlarni o'chirish b) Foydalanuvchilarga kirish huquqini taqdim etish c) Ma'lumotlar bazasini monitoring qilish d) Tarmoqni yangilash 5.Ma'lumotlar bazasi administratorining asosiy vazifalari qanday? a) Ma'lumotlarni saqlash uchun serverni konfiguratsiya qilish b) Foydalanuvchilarga ma'lumotlarga kirish huquqini taqdim etish c) Barcha foydalanuvchilarga ma'lumotlarni o'chirish va qo'shish huquqini berish d) Serverni tahlil qilish va ma'lumotlarni yedirish Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling