17. MBni loyihalash bosqichlarini keltiring. MBni loyihalashda konseptual loyihalash jarayonini tavsiflang
Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog‘onaga bo‘lish maqsadga muvofiq:
-kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
-axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
-predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual sxemasin loyihalashtirish.
Kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish kerak:
- foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish (kontseptsial talablar);
- MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud masalalarini aniqlash (tadbiqni tahlil qilish);
- kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni tahlil).
- tahlil natijalarini hujjatlashtirish
18.MBni loyihalash bosqichlarini keltiring. MBni loyihalashda mantiqiy loyihalash jarayonini tavsiflang
Ma’lumotlar bazasini datalogik yoki mantiqiy loyihalash jarayonini o‘rgatish talabalarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi:
- taqdim etilgan ma'lumotlar modelini tahlil qilish va model shaklini aniqlash;
- ma'lumotlar bazasi mohiyatlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash ko‘nikmasi.
Ma’lumki, ma’lumotlar bazasining ierarxik, tarmoqli va relyasion turlari mavjud. Ko‘pgina zamonaviy MBBT relyasion MBBT bo‘lib, ma’lumotlarni jadval shaklida tashkil etish tushunish va ishlash uchun eng qulay bo‘lganligi sababli, talabalar ularni tanlashga taklif qilinadi. Bundan tashqari, ma’lumotlarning tarmoq yoki ierarxik tashkillatirishdan osongina relyasion modellarga o‘tish mumkin. SHu sababli, keyinchalik bu relyatsion ma’lumotlar bazalari (RMB), ER modelidan relyasion modelga o‘tish, o‘tish qoidalari, RMB bilan ishlashda asos bo‘lgan matematika va RMBning asosiy terminologiyasi batafsil o‘rganiladi. Ushbu terminologiyaga ko‘ra, masalan, RMBdagi jadval munosabatlar deb ataladi. Shundan "Relyasion ma’lumotlar bazalari" nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |