Ma`lumotlar bilan ishlash Kombinatorikaga doir masalalarni yechish


Download 6.64 Kb.
Sana08.10.2023
Hajmi6.64 Kb.
#1695340
Bog'liq
Ma`lumotlar bilan ishlash Kombinatorikaga doir masalalarni yechi-fayllar.org


Ma`lumotlar bilan ishlash Kombinatorikaga doir masalalarni yechish

Ma`lumotlar bilan ishlash
Kombinatorikaga doir masalalarni yechish

1. Kutubxonachi sizga 5 ta turli kitobni o`qishni taklif qildi. Siz shulardan 3 tasini tanlab


olmoqchisiz. Bu ishni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?
A) 15 B) 2 *C) 10 D) 8
2. Aylanada 20 ta turlicha nuqta belgilandi. Uchlari berilgan nuqtalarda yotuvchi

uhcburchaklar sonini hisoblang.


A) 1240 *B) 1140 C) 1200 D) 600

3. Aylanada 20 ta turlicha nuqta belgilandi. Uchlari berilgan nuqtalarda yotuvchi qavariq to`rtburchaklar sonini hisoblang.


*A) 4845 B) 4800 C) 3200 D) 1600

4. Sinfda 30 nafar oʻquvchisi bor. Fan olimpiadasida qatnashish uchun 3 nafar


oʻquvchidan iborat jamoani tanlab olishimiz kerak. Buni necha usulda amalga oshirish mumkin?

*A) 4060 B) 900 C) 10 D) 9000

5. Sardor, Rahmonjon, Sanobar, Javlon, Barno va Baxtiyor a`lo baholarga oʻqiydi. Maktab ma`muriyati a`lochilar uchun sovgʻa tarzida konsertga 4 ta chipta olib keldi. Shu chiptalalar a`lochilar oʻrtasida necha usulda taqsimlanishi mumkin?

*A) 15 B) 24 C) 20 D) 18

6. Oshxonada birinchi taom sifatida karam shoʻrvani, qaynatma shoʻrvani, no`xat shoʻrvani, ikkinchi taom sifatida garnirli goʻsht, baliq, tovuqni, uchinchisiga esa choy va sharbatni buyurish mumkin. Birinchi, ikkinchi va uchinchi taomdan iborat tushlikni nechta usulda buyurish mumkin?

*A) 18 B) 54 C) 8 D) 27

7. 3 ta tovuq, 4 ta o`rdak va 2 ta g`oz bor. Uchta parrandani shunday tanlab olingki, ular ichida

tovuq, o`rdak va g`oz bo`lsin. Shunday tanlashlar soni nechta bo`ladi?

A) 9 B) 12 *C) 24 D) 18

8. “Makro” supermarketining “Hammasi uy uchun” bo`limida 5 xil piyola, 6 xil taqsimcha, 4 xil choy qoshiq bor. Nargiza xola turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U bu ishni necha xil usulda amalga oshirishi mumkin?


A) 120 *B) 74 C) 64 D) 15

9. 3 ta oq, 2 ta qizil va 4 ta sariq atirgul bor. Uchta har xil guldan iborat guldastani necha usulda tuzish mumkin?


*A) 24 B) 9 C) 18 D) 21

10. Seyfning shifrli kodi 5 xonali sondan iborat. Kodlashtirganda nechta turli kombinatsiya tuzish mumkin?

A) 10000 *B) 100000 C) 9999 D) 9998

11. To`rtta turli xatni to`rtta konvertga necha xil usul bilan joylash mumkin?

A) 56 B) 196 C) 24 *D) 256

12. Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo’nalishining birinchi kursida 9 ta fan o’qitiladi va har kuni 4 xil dars o’tiladi. Kunlik dars necha usul bilan taqsimlab qo’yilishi mumkin?

*A) 15120 B) 1260 C) 12600 D) 1512
Ehtimollik va statistika
1. Qaysi qatorda hodisaning yig'indisiga to`g`ri ta`rif berilgan?
a) ikkala voqea bir vaqtning o'zida sodir bo'lishidan iborat bo'lgan yangi voqea hodisaning yig`indisi deyiladi
*b) birinchi yoki ikkinchi, yoki ikkalasida ham sodir bo'lgan yangi voqea hodisaning yig`indisi deyiladi
c) birinchi yoki ikkinchida sodir bo'lgan yangi voqea hodisaning yig`indisi deyiladi
d) To`g`ri javob berilmagan
2. Yashikda o‘lchamlari va og‘irligi bir хil bo‘lgan uchta ko‘k, sakkizta qizil va to‘qqizta oq shar bo‘lib, sharlar yaхshilab aralashtirilgan. Yashikdan tavakkaliga 1 ta shar tanlab olingan. Тanlangan sharning yoki ko‘k, yoki qizil, yoki oq chiqish ehtimolliklarini toping
*a) 0.15; 0.4; 0.45 b) 0.10; 0.4; 0.45 c) 0.15; 0.45 d) 0.15; 0.4; 0.2
3. Ikkita o‘yin kubigi tashlanganda tushgan ochkolar ko‘paytmasi 12 ga teng bo‘lish ehtimolligini toping.
a) 1/8 * b)1/9 c) 1/12 d) 1/63
4. Тomoni 6 ga teng bo‘lgan kvadratga aylana ichki chizilgan. Тasodifiy ravishda kvadratning ichiga tashlangan nuqta aylana ichiga tushish ehtimolligini toping
a) *π/4 b) π/9 c) π/6 d) π/3
5. Ikki do‘st soat 9 bilan 10 orasida uchrashmoqchi bo‘lishdi. Birinchi kelgan kishi do‘stini 15 minut davomida kutishi avvaldan shartlashib olindi. Agar bu vaqt mobaynida do‘sti kelmasa, u ketishi mumkin. Agar ular soat 9 bilan 10 orasidagi iхtiyoriy paytda kelishlari mumkin bo‘lib, kelish paytlari ko‘rsatilgan vaqt mobaynida tasodifiy bo‘lsa va o‘zaro kelishib olingan bo‘lmasa, bu ikki do‘stning uchrashish ehtimolligi qanchaga teng?
a) 3/10 b) 7/10 *c) 7/16 d) 1/3
6. Amalga oshishi bir хil imkoniyatli bo‘lgan hodisalar …………..hodisalar deyiladi.
a)* teng imkoniyatli b) turli imkoniyatli c) imkoniyatsiz d) tengmas imkoniyatli
7. Tashish vaqtida 20 000 ta tarvuzdan 60 tasi yorilgan. Yorilgan tarvuzning nisbiy chastotasini toping.
*a) 0.003 b) 0.03 c) 1.2 d) 0.006
8. Firma 2 ta yirik A va B korxonalardan 2 ta buyurtma olishga harakat qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, A korxonadan buyurtma olish ehtimoli 0,45 ga teng. Agar firma A korxonadan buyurtma olsa, u holda B korxonadan ham buyurtma olish ehnimoli 0,9 ga teng. Firmaning ikkala buyurtmani ham olish ehnimolini toping.
*a) 0,405 b) 0,45 c) 0,415 d) 0,4005
9. Gulzorda 25 ta qizil, 35 ta binafsha rang va 40 ta oq rangli astra ochilgan. Agar kech tushgandan so’ng bitta gul uzilgan bo’lsa, uning qizil yoki binafsha rang bo’lish ehtimolini toping.
a) 0,4 *b) 0,6 c) 0,5 d) 2/3

10. 1- va 2- to’pdan otilganda, nishonga tegish ehtimoli mos ravishda 0,6 va 0,9 ga teng. Ikkala to’pdan bir vaqtda o’q otilganda hech bo’lmaganda bittasining nishonga tegish ehtimolini toping



a) 0,4 b) 0,94 *c) 0.96 c) 0.92
http://fayllar.org
Download 6.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling