- @Name – massiv yoki uning birinchi elementi adresi,
- Sizeof(Type) – massivning bitta elementini saqlash uchun zarur bo’ladigan xotira hajmi.
- S = k* Sizeof(Type), k – massiv uzunligi.
- 3-ta’rif: Aniq turga tegishli qiymatlarning chekli sondagi tartibsiz majmuasi – to’plam deyiladi.
- Bu tuzilma matematikadagi to’plam ob’ektini tadbiq qilishda qo’llaniladi. Dasturlash tillarida to’plamlar ustida bajariladigan standart amallar qaraladi.
- 4-ta’rif: Qiymati har xil turga tegishli bo’lgan, maydon deb ataluvchi chekli sondagi elementlardan tashkil topgan tuzilma yozuv deyiladi.
- 5-ta’rif: Yozuvning chekli majmuasi jadval deyiladi.
6-Ta’rif. Elementlari o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuasiga ro’yxat deb ataladi. - Izoh: Umuman olganda ro’yxat elementlari turli turlarga tegishli bo’lib, uning tashkil etuvchi elementlar soni chegaralangmagan bo’lishi mumkin.
Ro’yxatning umumiy ko’rinishiga misol: E1, E2, ........, En,... n>1 bo’lib n fiksirlanmagan. - Ro’yxat elementlari soni dastur bajarilishi davomida o’zgarib turishi mumkin.
Ro’yxatlar haqida tushuncha Ro’yxatning 2 ko’rinishi mavjud: - 1. Ro’yxat elementlari orasidagi bog’liqlik noaniq (oshkormas).
- 2. Ro’yxat elementlari orasidagi bog’liqlik aniq (oshkor).
Ro’yxatning oshkor ko’rinishida uning tashkil etuvchi elementlarga qo’shimcha maydon kiritilib, bunda ro’yxatning boshqa elementlari bilan bog’liqligini, ya’ni elementning ro’yxatda o’zidan oldin yoki keyin keluvchi element bilan aloqasini ko’rsatuvchi ko’rsatgich kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |