Ma’lumotlar tuzilmasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN SAYTLAR VA ADABIYOTLAR https://en.wikipedia.org/wiki/MySQL
9 - AMALIY ISH
Mavzu: Standart funksiyalardan foydalanib so‘rovlar yaratish Ishdan maqsad: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidan foydalanib standart funksiyalardan foydalanib so‘rovlar yaratishni o`rganish. Masalani qo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasi shakllantirilgandan so`ng ob`yektlardagi ma`lumotlar ustida o`zgartirishlar qilish uchun standart funksiyalardan foydalanib ishlash mumkin. Uslubiy ko`rsatmalar: Standart funksiyalar: LOWER - satrni kichik harfga o'zgartiradi UPPER - satrni katta harfga o'zgartiradi RPAD – O'ng qatorni ma'lum bir uzunlikdagi boshqa qator bilan bog'laydi REPLACE – Satr ichidagi barcha substringlarning o'rnini yangi pastki satr bilan almashtiradi UCASE – Satrni katta harfga o'zgartiradi REVERSE – Satrni o'zgartiradi va natijani qaytaradi FORMAT - Raqamni "#, ###, ###. ##" kabi formatga, o'nlik kasrlarning aniqlangan soniga qadar aylantiradi. INITCAP - ifodaning sonli turga mansubligini aniqlaydi (MySqlda bu buyruq bajarilmaydi) LPAD - funktsiyasi satr boshiga to'ldirilgan belgilar qo'shib asl satrdan olingan belgilangan uzunlikdagi satrni qaytaradi (agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan kam bo'lsa yoki "ortiqcha" belgilarni bekor qilish agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan ko'p bo'lsa). RPAD -funktsiyasi satr boshiga to'ldirilgan belgilar qo'shib asl satrdan olingan belgilangan uzunlikdagi satrni qaytaradi (agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan kam bo'lsa yoki "ortiqcha" belgilarni bekor qilish agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan ko'p bo'lsa). LENGTH- Qator uzunligini qaytaradi (baytda). LTRIM - qator boshidagi bo’sh joylar (probel)larni o’chiradi. RTRIM -funksiyasi satr oxiridagi bo'sh joyni olib tashlash orqali asl nusxadan olingan satrni qaytaradi. LEFT -funktsiyasi asl satrning boshlang'ich satrini qaytaradi RIGHT- funktsiyasi belgilangan sondan tashkil topgan pastki qatorni qaytaradi. Ishni bajarish tartibi Maktab nomli jadvalga yuqorida ko`rsatilgan buyruqlarini tadbiq qiling. So`rov: Select * from maktab; Natija: 9.1 – rasm. Maktab jadvalidagi ma’lumotlarni ko’rish 2. So`rov: Select LOWER(fan) from maktab; Natija: 9.2 – rasm. Lower() funksiyasining qo’llanishi 3. So`rov: Select UPPER(fan) from maktab; Natija: 9.3– rasm. Upper() funksiyasining qo’llanishi 4. Initcap-ifodaning sonli turga mansubligini aniqlaydi(MySqlda bu buyruq bajarilmaydi); 5. Lpad (' So`rov: Select LPAD(fan,6,’fizika’) as newarea from maktab; Natija: 9.4 – rasm. LPAD() funksiyasining qo’llanishi 6. Rpad (' So`rov: Select RPAD (fan,7,’algebra’) as qisqartirma from maktab; Natija: 9.5 – rasm. RPAD() funksiyasining qo’llanishi 7. Length (' So`rov: select Length(fan) from maktab; Natija: 9.6– rasm. Length() funksiyasining qo’llanishi 8. LTRIM, RTRIM - Satrning chap va ong tomonidagi probellarni olish. So`rov: Select id, fish, fan, LTRIM(fan), RTRIM(fan) from maktab; Natija: 9.7– rasm. LTRIM(), RTRIM() funksiyalarining qo’llanishi 9. LEFT(qator,miqdor) – qatorning chap tomonidan, ko’rsatilgan miqdordagi belgilarni qaytaradi. So`rov: Select Left(fan,6) as fan from maktab; Natija: 9.8 – rasm. Left() funksiyasining qo’llanishi 10. RIGHT(qator, miqdor) - qatorning o’ng tomonidan, ko’rsatilgan miqdordagi belgilarni qaytaradi; So`rov: Select Right(fan, 8) as fan from maktab; Natija: 9.9 – rasm. Right() funksiyasining qo’llanishi Xulosa Ushbu amaliy ish mashg’ulotlarida UNION, INTERSECT va MINUS standart buyruqlaridan foydalanish, Bir nechta jadvallar birlashtirish, “Join” lar bilan ishlash va standart funksiyalardan foydalanib so‘rovlar yaratish ko’rsatib o’tildi. FOYDALANILGAN SAYTLAR VA ADABIYOTLAR https://en.wikipedia.org/wiki/MySQL 1. В.П. Базы данных. Книга 2 распределенные и удаленные базы данных: учебник.// Москва ИД «ФОРУМ» - ИНФРА-М. – 2018. – С 261. 2. Голицына О.Л. Базы данных: учеб. Пособие // – 4-е изд., перераб. И доп. – М.: ФОРУМ: ИНФРА-М, 2018. – 400 с. 3. Мартишин С.А. Базы данных. Практическое применение СУБД SQL –и NoSQL – типа для проектирования информационных систем: учеб. Пособие // - Москва: ИД «ФОРУМ» - ИНФРА-М, 2019, – 368 с. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling