}
var items = [1, 2, 3, 4, 5, 7, 8, 9];
console.log(binary_Search(items, 1));
console.log(binary_Search(items, 5)); Saralash algoritmlari. Tanishuv
Tasavvur qilaylik sizda telefon raqamlari saqlanadigan daftarchasi bor (hali qo’l telefonlari ommalashmagan vaqtni eslang) va undagi nomlar tartibsiz holda yozilgan. Siz, aytaylik, Nodir ismli do’stingizning raqamini topishingiz uchun bu daftarchani boshidan boshlab axtarib chiqishga majbur bo’lasiz, bu esa ko’p vaqtni oladi. Lekin, agar ular alifbo tartibida saralab qo’yilgan bo’lsa, siz to’g’ri N harfiga o’tib izlashni boshlaysiz va vaqtdan bir necha barobarga yutasiz. (Chiziqli va Ikkilik saralash mavzularini eslang)
Biz bu bo’limda saralash deganda, eng oddiy bo’lgan arraydagi ma’lumotlarni saralashni nazarda tutamiz va bu kabi saralash algoritmlarining olti xilini ko’rib chiqamiz:
Selection sort (Tanlab saralash)
Bubble sort (Pufakchali saralash)
Insertion sort (Joylashtirib saralash)
Quick sort (Tezkor saralash)
Merge sort (Qo’shib saralash)
Radix sort
Ularning deyarli hammasi (6-sidan tashqari) ma’lumotlarni taqqoslab ko’rish orqali saralaydi va tayyor saralangan arrayni javob sifatida beradi. Birinchi 3 ta algoritm O(n²) vaqtda ishlasa, 4–5 lari O(nlogn) vaqtda ishlaydi. Algoritmlar bir xil ishni bajarsa va ularning aksariyatining ishlash vaqti ham bir xil bo’lsa, unda ularning hammasi nimaga kerak degan haqli savol tug’iladi.
Algoritm xilma-xilligiga ikkita asosiy sabab keltirish mumkin:
Algoritmlarning ishlash vaqtlari har doim ham bir xil bo’lmaydi va ularning ishlashi qandaydir ma’lum holatlarda o’zgarib turadi. Ya’ni, umumiy holatda biror algoritmdan yomonroq ishlovchi boshqa bir algoritm, aynan, qandaydir holat uchun undan ko’ra yaxshiroq ishlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |